Kompaniya yangiliklari
Matbuot xizmati
Karantin xronikasi. 6 aprel
06APR2020

Karantin xronikasi. 6 aprel



Kompaniyada


Barcha bo'limlar Kompaniyaning faoliyatini quvvatlab turibti. Xodimlarning aksariyati: masofaviy ish tarziga o′tkazilgan.

B2B, B2C obuna xizmatlarini ko′rsatuvchi barcha ofislarining ishi davom etmoqda.
Toshkent, Nukus, Qarshi, Buxoro va boshqa bir qator shaharlarda, hatto shahar ichida transport harakati cheklangan.
Shunga qaramay, barcha masalalar joylardagi rahbarlar, direktorlar va menejerlar tomonidan tezda hal qilinmoqda.

Koronavirus COVID-19: O'zbekiston bo'yicha statistika

4 aprel soat 10:15da 241 kishi kasallikga chalingan bo′lsa, 6 aprel' soat 10:00 gacha O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi aniqlangan holatlar soni 390 nafarni tashkil etmoqda.
Ushbu kasallikdan butunlay sog‘ayganlar soni 30 nafarni tashkil etmoqda.



Xayrli ishlar


Pandemiyaga javoban butun dunyoda ko'ngillilar harakati shakllandi. Ular yordamga muhtoj bo'lgan har bir kishiga qo′l uzatishga tayyor. O'zbekiston aholisi ham chetda qolmadi.
Ijtimoiy tarmoqlarda minnatdorchilik xatlarini uchratgandirsiz.

Ko'ngillilarga yordamni shahar va tuman hokimliklari, biznes vakillari ko'rsatmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi (https://t.me/mahallavaoilainfo)  huzurida Xayriyalarni muvofiqlashtirish markazida amalga oshirilayotgan ishlar doirasida Toshkent shahri bo‘yicha 2020 yil 5 aprel kuni bo‘yicha ma'lumot.

Markazda doimiy tarzda O‘zbekiston yoshlar ittifoqining 100 dan ziyod volonterlari (ko‘ngilli yoshlar) ixtiyoriy asosda faoliyat olib bormoqdalar.

Aholini murojaatlari bilan tizimli ishlash va manzilli yordam ko‘rsatish maqsadida ochilgan “Call-markaz” ning  1197 qisqa raqami soat 9:00 – 17:00 oralig‘ida muntazam ishlamoqda.

Bugungi kunga kelib aholi tomonidan “Call-markaz”ga jami 6081 ta murojaat kelib tushgan bo‘lib (1 kunda - 787 ta, 2 kunda – 1 190 ta, 3 kunda – 2057 ta, 4 kunda – 2047 ta), ushbu murojaatlar elektron dastur orqali har bir tuman bo‘yicha tuzilgan ishchi guruhlarga yuborildi.



Nazorat kerak


5 aprel, bir kun davomida yo'l-patrul xizmati, Milliy gvardiya va SES Toshkent yo'llarida 814 ta yo'l harakati qoidalarini buzish holatlari aniqlandi. Bundan tashqari, haydovchilar shahar bo'ylab tegishli ruxsatnomasiz harakatlanayotgan 230 ta mashina jarima maydonlariga joylashtirildi.

7 aprel' soat 06:00dan e'tiboran, avtotransport vositalari uchun berilgan stikerlardan maqsadli foydalanish ustidan nazorat-reyd tadbirlari boshlanadi.
Adliya vazirligidan ma'lum qilishlaricha, nazorat-reyd tadbirlari Toshkent shahar IIBB YXHB va Toshkent shahar Davlat xizmatlari markazlari hamkorligida tashkil etiladi.

Velosipedlarni ham zaruriyatsiz haydash tavsiya etilmaydi.
Iloji boricha profilaktika tavsiyalariga rioya qiling.



Ucell xodimlari tomonidan olingan va ochiq manbalardan olingan rasmlardan foydalanildi.

Sog'lom bo'ling.
Birgalikda biz ushbu sinovlardan munosib ravishda o'tamiz.
 
Yangiliklar

Kompaniya hayotidan olingan voqea va hodisalar

Karyera

Katta oilaning bir qismi bo'ling!

Ofislarimiz va dilerlarimiz manzillari

Ucellning barcha ofislari Sizning xizmatingizda!

Firibgarlikning oldini olish va Speak-up tarmog‘i

Sifatli aloqa va raqamingiz xavfsizligi!

Biz bilan bog'lanish

Ucell bilan bog'lanish

Ushbu saxifada sizga ko'rsatilayotgan xizmatlar sifati borasida o'z fikr va muloxazalaringizni bildirish, hamda sizni qiziqtirayotgan savollarga javob olishingiz mumkin.

Ko'p so'raladigan savollarga javoblarni www.ucell.uz, saytida va «FAQ» bo'limida ham topishingiz mumkin.


Sizlardan Kompaniyaga murojaat etganingizda muloqotda axloq me’yorlariga amal qilishingizni so‘raymiz. Aks holda Kompaniya bunday murojaatlarni ko‘rib chiqmaslik huquqiga ega bo‘ladi.

Xabar qoldiring:

* bilan belgilangan joylar to’ldirilishi shart
Parolni olish uchun kiritilgan telefon raqamidan *233# raqamiga qo’ng’iroq qiling va ushbu yerga kiriting
Xabar uzunligi - 512 simvol.

Diqqat!

  • O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga binoan, zarur bo'lgan vaqtda, xizmat ko'rsatish, aloqa qamrovi va qo'shimcha xizmatlarga tegishli bo'lgan murojaatlarni ko'rib chiqish vaqti 30 kalendar kunigacha yetishi mumkin;
  • “Ucell bilan bog'lanish” formasi yordamida bir kun ichida maksimal murojaat etishlar soni 5 tagacha cheklagan;
  • “Ucell bilan bog'lanish” formasidan barcha Internet foydalanuvchilari foydalanishlari mumkin.