COSCOM MChJ (Ucell savdo belgisi) Kompaniyasi hukumat tomonidan koronavirus tarqalishiga qarshi kurashish bo'yicha barcha choralarni diqqat bilan kuzatib kelayotganingizga amindir.
Bosh vazir Abdulla Aripov boshqaruvida "Covid-19" kirib kelishi va tarqalishining oldini olish bo'yicha respublika maxsus komissiyasi faoliyat ko'rsatmoqda.
Profilaktika maqsadida, Ucell rasmiy xizmat safarlari cheklandi, favqulodda holatlardan tashqari. Shu munosabat bilan abonentlar bilan uchrashuvlar ham vaqtincha to'xtatiladi. Biz sizning e'tiboringizga o'tgan haftada, karantin choralari joriy etilishidan oldin, Andijon, Navoiy va Namangan viloyatlariga o′tkazilgan uchrashuvlar haqida ma′lumotlarni taqdim etamiz.
Andijon viloyatida abonent, Zokirjon Toshpo'latov, Internetga ulanish sifatini yaxshilashni so'rab murojaat qildi. Manzil: Shaxrixon tumani, "Qorabuy" mahallasi. Xodimlar "Ucell-Andijon" mintaqaviy direktori Baxtiyorjon Turdiev boshchiligida kelib, masalani o'rganib chiqdilar.
Navoiy shahri, “Tinchlik” qishloq fuqorolar yig′inida istiqomat qiluvchi abonent Jasur Amrullaev ham Internetga ulanish tezligini oshirishni so'rab Kompaniyaga murojaat qildi. Uning so′rovnomasini "Ucell-Navoiy" mintaqaviy ofisida qabul qilishdi va viloyat direktori Alisher Gapparov bilan birgalikda aloqa vaziyatni batafsil o'rganish uchun keldilar.
Namangan viloyatining ikkinchi mikrorayonida Jasurbek Xoldarov yashaydi. Ushbu abonent ham tarmoqqa ulanish tezligini oshirishni so'radi. Uchrashuvga “Ucell-Namangan” mintaqaviy direktori Davron Tojiboev boshchiligida bir guruh mutaxassislar keldilar.
Abonentlarga har bir hududda amalga oshirilayotgan ishlar to'g'risida ma'lumot berildi va aholi punktlari tarmog'ini modernizatsiya qilish rejalariga kiritildi.
Biz Ucell Kompaniyasi tomonidan joriy etilayotgan zamonaviy texnologiyalar yordamida hayotning eng sifatli tarafi har yerda har bir inson uchun mavjud bo’lib, foyda keltirishiga intilamiz.