Karantin kunlarida abonentlar haqida qayg′urib, Ucell uyali aloqa operatori masofadan turib xizmat ko'rsatish imkoniyatlarini kengaytirdi. Yangi raqamni ulamoqchimisiz? Buning uchun uydan chiqib, o'zingizni ortiqcha xavf ostiga qo'yishingiz shart emas. Ucell xodimi SIM-kartani to'g'ridan-to'g'ri uyingiz yoki ofisingiz ostonasiga yetkazib beradi. Raqamni tanlash uchun yoningizda pasport yoki shaxsingizni tasdiqlovchi hujjat bo'lsa kifoya.
Masofaviy ulanish xizmatini ikki yo′l bilan amalga oshirish mumkin:
— Call-markaz operatorlari orqali. Qisqa raqamga qo'ng'iroq qiling (8123)
— Kompaniyaning korporativ veb-sayti orqali. Hammasi aniq, sodda va qulay.
https://ucell.uz/uz/subscribers/services2/subscribers_services/chosen_number
SIM-karta buyurtma olingan kundan boshlab 48 soat ichida etkazib beriladi.
Dam olish kunlari 72 soat ichida.
Eslatib o′tamiz: karantin vaqtida xizmat bepul taqdim etiladi.
SIM-kartani olgan abonentlar soni kundan kunda oshmoqda.
Yetkazib berish geografiyasi ham kengaymoqda.
Bular Toshkent shahridagi O'zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar milliy banki va Gulistondagi Sirdaryo viloyati pulmonologiya va ftiziologiya markazi, Qoraqalpog'iston Respublikasi Kegeyli tumani va Samarqand viloyatining Oqdaryo tumani.
Bu "Farg'onaazot" OAJ kabi kata korporativ mijoz, ular 30ta SIM-kartalarga buyurtma bergan va Namangan viloyatining Norin tumanidagi keksa buvijon, Ucell kuryeri bitta, ammo juda zarur bo'lgan SIM-kartani topshirish uchun bir soat yo′lda bo′lgan. Hamma muhim.
Ucellning har bir xodimi har doim, ayniqsa karantin kunlarida, abonentlarning ishonchini qadrlaydi va har doim yordam berishga tayyor.
