Kompaniya yangiliklari
Matbuot xizmati
Ucell bilan davlat xizmatlari yanada qulayroq bo'ladi
05APR2021

Ucell bilan davlat xizmatlari yanada qulayroq bo'ladi



2 aprel 2021 yil MChJ "COSCOM" va "Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi" davlat muassasasi o'zaro hamkorlik to'g'risida Memorandum imzolashdi.

Memorandumni imzolashning asosiy maqsadi abonentlarga va aholiga onlayn xizmatlar ko'rsatish uchun zarur ma'lumotlar almashish, axborot texnologiyalarining istiqbolli yo'nalishlari bo'yicha qo'shma loyihalarni amalga oshirishdir.

Tomonlarning hamkorligi Ucell ma'lumotlar bazalari va Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazining axborot tizmlarini integratsiyasini amalga oshirishga imkon beradi. Tizmlar abonentlarga xavfsiz xizmat ko'rsatishga, shuningdek elektron hukumat xizmatlaridan on-layn foydalanish imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan, bu pandemiya paytida ayniqsa muhimdir.

O'tkirxuja Rixsixujaev, Ucell kompaniyasi Bosh direktorning savdo bo'yicha o'rinbosari v.b.:
— Fuqarolar va hukumat o'rtasidagi munosabatlar qancha yaxshi bo'lsa, fuqarolarning davlat idoralariga ishonchi shunchalik yuqori bo'ladi. Elektron hukumat holati va davlatning rivojlanish darajasi o'rtasidagi bog'liqlikni har ikki yilda bir marta nashr etiladigan BMTning "Elektron hukumat" tadqiqotlari tasdiqlaydi. Bugungi kunda O'zbekistondagi ko'plab operatsiyalar uydan chiqmasdan amalga oshirilishi mumkin. Pandemiya yana bir bor onlayn jarayonlarni optimallashtirish muhimligini va zarurligini isbotladi. Ucell hamkorlik samarali bo’ladi deb umid qiladi.



Baxrom Ziyayev, "Elektron hukumat" loyihalarini boshqarish markazi rahbari:
— Raqamli texnologiyalar insoniyat kelajagi. Ushbu texnologiyalar inson va davlat hayotining barcha sohalarini rivojlantirishga hissa qo'shadi. Ma'lumotlarni raqamlashtirish ishlarni optimallashtiradi va mamlakatning rivojlanish ko'rsatkichlarini oshiradi. Bizning maqsadimiz elektron shaklda kafolatlangan va tezkor xizmatlar ko'rsatish orqali mamlakat aholisi hayotini iloji boricha engillashtirishdir, bu foydalanuvchilarga vaqt, pul va resurslarni tejashga imkon beradi. Biz davlat idoralarida raqamli rivojlanishni qo'llab-quvvatlaganlari uchun Ucellga  minnatdorchiligimizni bildiramiz.

Ucell joriy etilib kelinayotgan zamonaviy texnologiyalar yordamida hayotning eng yaxshi tarafi hamma joyda va barcha uchun foydali bo’lishiga intiladi va hamkorlik istiqbollariga katta optimizm bilan qaraydi.
 

Yangiliklar

Kompaniya hayotidan olingan voqea va hodisalar

Karyera

Katta oilaning bir qismi bo'ling!

Ofislarimiz va dilerlarimiz manzillari

Ucellning barcha ofislari Sizning xizmatingizda!

Firibgarlikning oldini olish va Speak-up tarmog‘i

Sifatli aloqa va raqamingiz xavfsizligi!

Biz bilan bog'lanish

Ucell bilan bog'lanish

Ushbu saxifada sizga ko'rsatilayotgan xizmatlar sifati borasida o'z fikr va muloxazalaringizni bildirish, hamda sizni qiziqtirayotgan savollarga javob olishingiz mumkin.

Ko'p so'raladigan savollarga javoblarni www.ucell.uz, saytida va «FAQ» bo'limida ham topishingiz mumkin.


Sizlardan Kompaniyaga murojaat etganingizda muloqotda axloq me’yorlariga amal qilishingizni so‘raymiz. Aks holda Kompaniya bunday murojaatlarni ko‘rib chiqmaslik huquqiga ega bo‘ladi.

Xabar qoldiring:

* bilan belgilangan joylar to’ldirilishi shart
Parolni olish uchun kiritilgan telefon raqamidan *233# raqamiga qo’ng’iroq qiling va ushbu yerga kiriting
Xabar uzunligi - 512 simvol.

Diqqat!

  • O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga binoan, zarur bo'lgan vaqtda, xizmat ko'rsatish, aloqa qamrovi va qo'shimcha xizmatlarga tegishli bo'lgan murojaatlarni ko'rib chiqish vaqti 30 kalendar kunigacha yetishi mumkin;
  • “Ucell bilan bog'lanish” formasi yordamida bir kun ichida maksimal murojaat etishlar soni 5 tagacha cheklagan;
  • “Ucell bilan bog'lanish” formasidan barcha Internet foydalanuvchilari foydalanishlari mumkin.