TED – bu taqdim etishga arziydigan g’oyalar haqidagi qisqa, odatda 20 daqiqadan ko’p bo’lmagan taqdimotlar. 2019 yil “COSCOM” MChJ (savdo belgisi UCELL) ushbu mashhur formatdagi sessiyalarni qayta joriy etdi.
21-avgust kuni Ucell xodimlari navbatdagi TED sessiyasida ishtirok etdilar. Bu safar “Escape to travel” mualliflik sayohatlar tashkilotchisi Feruza Askerova mehmon sifatida taklif etildi. Ma’ruzachi o’z hayotini o’zgartirishga va sarguzashtlar dunyosiga sho’ng’ishiga nima undaganligi haqida gapirib berdi. Ortiqcha harajatlarsiz istiqomat qilish sirlari hamma uchun tushunarli edi hamda mahalliy mobil ilovalardan foydalanib, transport harajatlarini qisqartirish mumkin. Shuningdek ma’lum darajada harajatlarni tejash uchun oldindan band etilgan aviabiletlardan foydalanish tavsiya etiladi.
Sessiyadan so’ng xodimlar qaxva ichish uchun tanaffusga chiqishdi va shu vaqt davomida ular ma’ruzachi bilan do’stona muhitda suhbatlashish imkoniyatiga ega bo’lishdi.
Ucellda birinchi TED sessiyasi 2015 yilda tashkil etilgan edi. Shu davr ichida 50 dan ortiq xodimlar o’z iste’dodlari va fikrlari bilan bo’lishishgan edi. Munosib g’oyalar bilan bo’lishish yaxshi an’anaga aylangan. Birinchi marotaba tashqaridan ma’ruzachini taklif qilib, Ucellda tashkillashtirilayotgan TED rivojlanish borasida yangi bosqichga ega bo’ldi.
