Kompaniya yangiliklari
Matbuot xizmati
Kompaniya xodimlari o'rtasida tennis musobaqasi
24OKT2019

Kompaniya xodimlari o'rtasida tennis musobaqasi



Sir emaski, sport mashg'ulotlari hayotga zavq bag'ishlaydi, immunitetni mustahkamlaydi, raqobat ruhini uyg'otadi va ba'zi ma'lumotlarga ko'ra, u miyadagi metabolik jarayonni yaxshilaydi va uning faol ishlashiga hissa qo'shadi. Xodimlarga g'amxo'rlik bilan, "COSCOM" MChJ (Ucell savdo belgisi) tez-tez sport tadbirlarini o'tkazib turadi. Kecha, M. Lomonosov nomidagi Moskva Davlat Universiteti zalida xodimlar o'rtasida stol tennisi musobaqalarining final bosqichi bo'lib o'tdi, g'oliblar aniqlandi.

Turnir haqidagi yangilik tezda Kompaniya tarmog'iga tarqalib, 40-dan ortiq xodimlarni ishtirokchi arizasini to'ldirishga ilhomlantirdi. Musobaqa 21 va 23 oktyabr kunlari 35 yoshgacha bo'lgan ayollar va 35 yoshgacha va 35 yoshdan katta erkaklar o'rtasida ikki bosqichda bo'lib o'tdi. Birinchi kuni ishtirokchilar teng miqdordagi 6 ta guruhga bo'lingan holda o'zaro bellashdilar. Har bir jamoaning eng yaxshi o'yinchisi final bosqichiga yo'llanma oldilar.

Final musobaqasi paytida sport zali haqiqiy tennis janglarining maydoniga aylandi. O'yin nafaqat epchillik, balki tezkorlik va zukkolikni talab etdi. 35 yoshgacha bo'lgan ayollar o'rtasida birinchi o'rinni Kamilla Shamsutdinova, mahsulot va xizmatlar operatori bo'limi muhandisi, egalladi. 35 yoshgacha bo'lgan erkaklar o'rtasida Nodirxon Alautdinov, maxsus loyihalar guruhining mutaxassisi, 35 yoshdan kata erkaklar toifasida – Vyacheslav Tsoy, paketli aloqalarni ekspluatatsiya qilish guruhi rahbari birinchilikni egalladilar.



Nodirxon Alautdinov:
– Maktabning orqa hovlisida temir stol bo'lar edi. Biz raketka o'rniga yog'och taxtani olib, darsdan keyin o'ynardik. Menimcha, ayanan o'sha payt stol tennisiga bo'lgan qiziqishim paydo bo'lgan. Keyin, Xitoyda almashinuv dasturi bo'yicha magistraturada tahsil olgan vaqtlarim chet ellik talabalar bilan stol tenisi o'ynab, kuchimni sinash imkoniyati bo'lgan. O'shanda mahoratimni oshirgan edim. Menga bu sport har doim yoqardi, lekin hech qachon professional darajada u bilan shug'ullanmaganman. G'alaba kutilmagan, ammo yoqimli bo'ldi.


Kamilla Shamsutdinova:
- Men ushbu musobaqada hamkasblarim bilan birga ishtirok etganimdan juda xursandman. Kelajakda ko'proq odam ishtirok etishini va ayollar o'rtasida raqobat kuchayishini istardim. Bunday tadbirlar tashkilotimizda o'tkazilishi shubhasiz samarali. Faol hordiqdan keyin ishlash ham yoqimli. Kompaniyani shahar bosqichida namoyish etish men uchun katta sharafdir.


Tadbir yakunida g'oliblar tantanali ravishda taqdirlandilar. Ularga faxriy diplomlar va qimmatbaho sovg'alar topshirildi.
Kamilla Shamsutdinova va Nodirxon Alautdinov noyabr oyida uyali aloqa operatorlari xodimlari o'rtasidagi tanlovning shahar bosqichida ishtirok etadilar.

"Ucell" xodimlari ishdan tashqari vaqtlarini ana shunday maroqli va foydali o'tkazishadi.


 

Yangiliklar

Kompaniya hayotidan olingan voqea va hodisalar

Karyera

Katta oilaning bir qismi bo'ling!

Ofislarimiz va dilerlarimiz manzillari

Ucellning barcha ofislari Sizning xizmatingizda!

Firibgarlikning oldini olish va Speak-up tarmog‘i

Sifatli aloqa va raqamingiz xavfsizligi!

Biz bilan bog'lanish

Ucell bilan bog'lanish

Ushbu saxifada sizga ko'rsatilayotgan xizmatlar sifati borasida o'z fikr va muloxazalaringizni bildirish, hamda sizni qiziqtirayotgan savollarga javob olishingiz mumkin.

Ko'p so'raladigan savollarga javoblarni www.ucell.uz, saytida va «FAQ» bo'limida ham topishingiz mumkin.


Sizlardan Kompaniyaga murojaat etganingizda muloqotda axloq me’yorlariga amal qilishingizni so‘raymiz. Aks holda Kompaniya bunday murojaatlarni ko‘rib chiqmaslik huquqiga ega bo‘ladi.

Xabar qoldiring:

* bilan belgilangan joylar to’ldirilishi shart
Parolni olish uchun kiritilgan telefon raqamidan *233# raqamiga qo’ng’iroq qiling va ushbu yerga kiriting
Xabar uzunligi - 512 simvol.

Diqqat!

  • O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga binoan, zarur bo'lgan vaqtda, xizmat ko'rsatish, aloqa qamrovi va qo'shimcha xizmatlarga tegishli bo'lgan murojaatlarni ko'rib chiqish vaqti 30 kalendar kunigacha yetishi mumkin;
  • “Ucell bilan bog'lanish” formasi yordamida bir kun ichida maksimal murojaat etishlar soni 5 tagacha cheklagan;
  • “Ucell bilan bog'lanish” formasidan barcha Internet foydalanuvchilari foydalanishlari mumkin.