O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning muntazam ravishda davlatimizning turli shaharlariga tashrif buyurish bilan bog’liq bo’lgan ibratga sazovor harakatlariga tayanib, shuningdek davlat rahbarining ko’rsatmalarini amalda bajarish maqsadida, “COSCOM” MChJ (“Ucell” savdo belgisi) rahbariyati doimiy ravishda Kompaniya abonentlari bilan yaqindan muloqot qilish, iste’molchilarning ehtiyojlari, talab va takliflarini o’rganish uchun hududlarga tashrif buyuradi.
Yaqindagina Kompaniya Bosh direktori Vladimir Kravchenko Buxoro viloyati Qorako’l tumaniga bordi. Ucell abonentlari, ya’ni tuman aholisi bilan yuzma-yuz bo’lgan muloqot, fikr almashish, mobil aloqani yaxshilash borasida kiritilgan takliflarni inobatga olish juda foydali va samarali bo’ldi.
Qorako’l tumanining ajoyib hamda xayrixoh aholisi mehmonlarni iliq kutib oldi.
Diqqatga sazovor tomoni shundaki, rahbariyatning Buxoro viloyatiga qilgan safari davomida Qo’rako’l tumanida uskunalarni zamonaviylashtirish bilan bog’liq ishlar yakunlangan edi.