Kompaniya yangiliklari
Matbuot xizmati
Telekommunikatsiya infratuzilmasini yanada rivojlantirib, aholiga sifatli xizmatlar ko‘rsatishni yaxshilash bo‘yicha topshiriqlar berildi
20SEN2022

Telekommunikatsiya infratuzilmasini yanada rivojlantirib, aholiga sifatli xizmatlar ko‘rsatishni yaxshilash bo‘yicha topshiriqlar berildi




Bugun, 20-sentabr kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi markaziy apparati, tizimdagi korxona, tashkilot va ta’lim muassasalari rahbarlari ishtirokida Vazirlik Hay’atining kengaytirilgan majlisi bo‘lib o‘tdi.
 
Kengaytirilgan majlisda Prezidentning “2022–2023-yillarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasini yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori ijrosini ta’minlash va u bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar ijrosi ko‘rib chiqildi.
 
Hay’at yig‘ilishini Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri, Hay’at raisi Sh. Shermatov olib bordi.
 
Yig‘ilishda birinchi navbatda O‘zbekiston Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari ijrosini ta’minlash yuzasidan amalga oshirilayotgan va bajarilishi lozim bo‘lgan ishlar to‘g‘risida hisobotlar berildi.
 
Yigilish davomida “O‘zbektelekom” AK bosh direktorining telekommunikatsiya infratuzilmasini yanada rivojlantirish, sohaga investitsiyalarni kengroq jalb etishni ta’minlash yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar xususida hisoboti tinglandi.
 


 

Shu bilan birga, “UMS” MCHJ, “Unitel” MCHJ, “Coscom” MCHJ kompaniyalari vakillarining ham hisoboti eshitilib, amalga oshirilgan va yil yakuniga qadar rejalashtirilgan ishlar to‘g‘risida ham ma’lumotlar berildi.
 
Shuningdek, joylarda telekommunikatsiya tarmoqlarini sifatli va barqaror ishlashi, aholini hamda davlat tadbirlari o‘tkaziladigan davrlarda ularning uzluksizligini ta’minlashi qay darajada amalga oshirilayotgani aytib o‘tildi.
 
Vazirlik Hay’atining kengaytirilgan majlisida ko‘tarilgan masalalar yuzasidan vazirlikning tegishli hududiy boshqarmalar rahbarlarining fikr-mulohazalari ham tinglandi.
 
Bundan tashqari, yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi faoliyatini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2022-yil 26-iyuldagi Farmonida joriy etilgan yangi tartib va talablar hamda ijro intizomini mustahkamlashda rahbar va xodimlarning masʼuliyatini oshirish masalalari ham ko‘rib chiqildi.
 
Shu bilan birga, AKT vaziri Sh. Shermatov Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida joriy yil 19-sentabr kuni bo‘lib o‘tgan mamlakatimizning ichki va tashqi turizm salohiyatini yanada oshirish chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yig‘ilishida turizmni rivojlantirish bo‘yicha berilgan topshiriqlarini ham aytib o‘tib, HoReСa yo‘nalishida aholi va yurtimizga tashrif buyurgan turistlarga qulayliklar yaratish uchun uzluksiz internet bilan ta’minlash borasida bir qancha topshiriqlar berdi.
 
Kun tartibidagi masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.
 
Manba: Axborot xizmati 
Yangiliklar

Kompaniya hayotidan olingan voqea va hodisalar

Karyera

Katta oilaning bir qismi bo'ling!

Ofislarimiz va dilerlarimiz manzillari

Ucellning barcha ofislari Sizning xizmatingizda!

Firibgarlikning oldini olish va Speak-up tarmog‘i

Sifatli aloqa va raqamingiz xavfsizligi!

Biz bilan bog'lanish

Ucell bilan bog'lanish

Ushbu saxifada sizga ko'rsatilayotgan xizmatlar sifati borasida o'z fikr va muloxazalaringizni bildirish, hamda sizni qiziqtirayotgan savollarga javob olishingiz mumkin.

Ko'p so'raladigan savollarga javoblarni www.ucell.uz, saytida va «FAQ» bo'limida ham topishingiz mumkin.


Sizlardan Kompaniyaga murojaat etganingizda muloqotda axloq me’yorlariga amal qilishingizni so‘raymiz. Aks holda Kompaniya bunday murojaatlarni ko‘rib chiqmaslik huquqiga ega bo‘ladi.

Xabar qoldiring:

* bilan belgilangan joylar to’ldirilishi shart
Parolni olish uchun kiritilgan telefon raqamidan *233# raqamiga qo’ng’iroq qiling va ushbu yerga kiriting
Xabar uzunligi - 512 simvol.

Diqqat!

  • O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga binoan, zarur bo'lgan vaqtda, xizmat ko'rsatish, aloqa qamrovi va qo'shimcha xizmatlarga tegishli bo'lgan murojaatlarni ko'rib chiqish vaqti 30 kalendar kunigacha yetishi mumkin;
  • “Ucell bilan bog'lanish” formasi yordamida bir kun ichida maksimal murojaat etishlar soni 5 tagacha cheklagan;
  • “Ucell bilan bog'lanish” formasidan barcha Internet foydalanuvchilari foydalanishlari mumkin.