Kompaniya yangiliklari
Matbuot xizmati
Ucellni tanlaganingiz uchun minnatdormiz
08APR2020

Ucellni tanlaganingiz uchun minnatdormiz



Bir necha kun oldin Ucell abonentidan O'zbekiston Respublikasi Prezidentining virtual qabulxonasiga xat kelib tushdi. 25 yillik tajribaga ega o'qituvchi Tabassum Kadirovna Alimova, arzon narxlar, foydali tarif va xizmatlar uchun Kompaniyaga minnatdorchilik bildirdilar. COSCOM MChJning (Ucell savdo belgisi) katta oilasi ishonchlari va tanlovlari uchun samimiy minnatdorchilik bildirdi. Quyida xatning qisqacha mazmuni bilan tanishib chiqishingiz mumkin:

“Assalomu alaykum muhtaram Prezidentimiz Shavkat Miromonovich.
Men Respublikamizdagi turli hil telefon kompaniyalaridan foydalanib kelaman. Shu komapaniyalarning ichida alohida Ucell kompaniyasini ish faoliyatini yuqori saviyada yuritishmoqda. Ayniqsa ular tomonidan xalk uchun sodda, oddiy va qulay tariflar, internet paketlaridan foyladalanish to‘g‘ri tashkillashtirilgan. Ayniqsa operatorlar o‘z zimmasiga yuklatilgan vazifalarini vijdondan bajarishyapti. Buni yaqqol misolda kuni kecha karantin sharoitida meni yaxshi muomila bilan qabul qilib olganligi. Yecha olmagan muammolarimni zudlik bilan hal qilib berdilar.
U yerdagi Ucell mijozlari operatorlardan mamnun bo‘lib ketishyaptganlarini guvohi bo‘ldim. Men aslida u yerda raxbar bilan gaplashib o‘z minnatdorchiligimni bildirmoxchi edim. Afsuzki, karantin bo‘lgani sababli ular bilan uchrasha olmadim. Shuning uchun men minnatdorchiligimni hamda ularning ish faoliyatini na'munali tashkillashtirilganligini guvohlashga qaror qildim.
Muxtaram Prezident Shavkat Miromonovich, men sizdan iltimos qilar edim shu kompaniya rahbari va xodimlarini alohida belgilangan tartibda Faxriy yorliq bilan rag‘batlartinsangiz. Sababi ular mening muammoimni 15-daqiqada hal qilib berishdi. Xalq uchun qulayliklari juda ko‘p.

Hurmat va ehtirom ila 25-yillik ona tili va adabiyot o‘kituvchisi, Xalq ta'lim vazirligida metodist, “O‘zbekiston iqtisodiy axborotnomasi” jurnalida jurnalist, musahhih bo‘lib ishlagan hozirda 2-guruh nogironligini olgan Alimova Tabassum Qodirovna”.

Javlon To'ychiev, front-ofis guruhining operatori:
— Abonentlar bilan kundalik aloqada ularni tinglash va muammolarni tezda hal qilish juda muhimdir. Ish paytida operatorlar yuzlab abonentlarga xizmat ko'rsatishadilar. Front ofisida ikki yil ish faoliyatim davomida men bebaho muloqot tajribasiga ega bo'ldim.
Yurtimizda karantin ekan, ko'pchilik front-ofislarga tashrif buyurmay, to′g′ri call-markazga qo′ng′iroq qilmoqda. Shuning uchun biz u yerdagi operatorlarga yordam beryapmiz. Barcha kelgan abonentlarga, agar savollar yuzaga kelsa, masofadan turib hal qilish mumkinligini tushuntiramiz: call-markaziga murojaat qilib yoki kompaniyaning rasmiy veb-saytida ma'lumot toppish mumkin. Agar kerak bo'lsa, SIM-kartani ham bepul etkazib beramiz. Bu ularga juda maqul. Tabassum opani yaxshi eslayman. Ular tarif rejasini o'zgartirish uchun ofisga kelgan edilar. Biz samimiy suhbatlashdik va oxirida yangi xizmatlarni ulab berdik, telefonga bir nechta foydali dasturlarni o'rnatishga yordam berdik. Hozir Kompaniyada ko'plab masalalar soddalashtirdi va endi abonentlar yonida pasport bo'lishi shart emas, boshqa shaxsni tasdiqlovchi guvohnoma kifoya. Mana Tabassum Kadirovnaga, biz pensiya daftarchasi asosida xizmat ko'rsatdik.

Kompaniya rahbariyati operator Javlon To'ychievni faxriy diplom va pul mukofoti bilan taqdirladi.

Har kuni Ucell mutaxassislari jamoasi innovatsion texnologiyalarni mamlakatimizning har bir burchagiga etkazish uchun ishlaydi. Ucell hayotning eng yaxshi sifati hamma uchun foydali va har yerda mavjud bo′lishiga intiladi.

Ucell Kompaniyasining faoliyati va barcha yangiliklar haqida batafsilroq ma'lumotni rasmiy veb-saytda "Kompaniya yangiliklari" bo'limida topishingiz mumkin.
 
Yangiliklar

Kompaniya hayotidan olingan voqea va hodisalar

Karyera

Katta oilaning bir qismi bo'ling!

Ofislarimiz va dilerlarimiz manzillari

Ucellning barcha ofislari Sizning xizmatingizda!

Firibgarlikning oldini olish va Speak-up tarmog‘i

Sifatli aloqa va raqamingiz xavfsizligi!

Biz bilan bog'lanish

Ucell bilan bog'lanish

Ushbu saxifada sizga ko'rsatilayotgan xizmatlar sifati borasida o'z fikr va muloxazalaringizni bildirish, hamda sizni qiziqtirayotgan savollarga javob olishingiz mumkin.

Ko'p so'raladigan savollarga javoblarni www.ucell.uz, saytida va «FAQ» bo'limida ham topishingiz mumkin.


Sizlardan Kompaniyaga murojaat etganingizda muloqotda axloq me’yorlariga amal qilishingizni so‘raymiz. Aks holda Kompaniya bunday murojaatlarni ko‘rib chiqmaslik huquqiga ega bo‘ladi.

Xabar qoldiring:

* bilan belgilangan joylar to’ldirilishi shart
Parolni olish uchun kiritilgan telefon raqamidan *233# raqamiga qo’ng’iroq qiling va ushbu yerga kiriting
Xabar uzunligi - 512 simvol.

Diqqat!

  • O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga binoan, zarur bo'lgan vaqtda, xizmat ko'rsatish, aloqa qamrovi va qo'shimcha xizmatlarga tegishli bo'lgan murojaatlarni ko'rib chiqish vaqti 30 kalendar kunigacha yetishi mumkin;
  • “Ucell bilan bog'lanish” formasi yordamida bir kun ichida maksimal murojaat etishlar soni 5 tagacha cheklagan;
  • “Ucell bilan bog'lanish” formasidan barcha Internet foydalanuvchilari foydalanishlari mumkin.