Kompaniya yangiliklari
Matbuot xizmati
Ucellda Alisher Navoiy tavalludining 580 yilligini nishonladi
09FEV2021

Ucellda Alisher Navoiy tavalludining 580 yilligini nishonladi



Mamlakatda buyuk mutafakkir va shoir, oʻzbek adabiy tilining asoschisi Alisher Navoiy tavalludining 580 yilligiga bag᾿ishlangan davom etmoqda. COSCOM MChJ (Ucell savdo belgisi) ham shu munosabat bilan bir qator tadbirlarni tashkil etdi.

Bugun Ucell-Plazaning bosh ofisida she'riy muhit hukm surmoqda: folklor ansambli Alisher Navoiyning g'azallarini ijro etmoqda, ofis xodimlari va mehmonlarini milliy libosdagi qizlar kutib olishmoqda.



Poytaxt markazidagi Ucell ofisi oldidan o'tayotganda ko'pchilik katta ekrandagi suratni ko᾿rgan bo᾿lsa kerak. Unda Toshkentdagi Alisher Navoiy haykallaridan biri tasvirlangan. Dunyoda Alisher Navoiyga bag'ishlangan bir qancha yodgorliklar mavjud: Moskva, Minsk, Boku, Tokio, Vashington, Shanxay va Dushanbeda. O'zbekistonda Navoiy yodgorligini barcha shaharda uchratish mumkin. Bir oy ichida Kompaniyaning hududiy filiallari shoir yodgorligidan fotosuratlarni yuborishdi. Har hafta korporativ pochta orqali xodimlar yodgorliklardan biri bilan tanishtirildi.

Alisher Navoiy nomidagi O'zbekiston Milliy kutubxonasining veb-saytidan shoir kitoblarining asl qo'lyozmalari rasmlari ko'chirilib, Ucell-Plazadagi ekranlarga namoyish etildi.



Sevara Latipova, jamoatchilik bilan aloqalar boshqarmasi mutaxassisi:
— Buyuk bobokalonimiz Alisher Navoiy merosi chuqur va ko'p qirrali: bu hayotning o'ziga xos ensiklopediyasi. Bolaligidanoq uning g'azal va ruboiylarini taniqli xonandalar ijrosida radio va televidenieda, kontsertlarda tez-tez eshitib turamiz. Uning ko'plab hikmatlari shu qadar ommabopki, ba`zida ular shoirga yoki xalqqa tegishli ekanligini bilmay qolasiz. Navoining asarlari bugungi kunda ham dolzarbdir. Uning qahramonlari hozirda ham ibratli. Ucell an'analari ruhida biz buyuk shoirning 580 yilligini keng nishonlashga, ofisda ijodiy muhit yaratishga, milliy ruhiyat va g'ururni ko'tarishga harakat qildik.


 
Yangiliklar

Kompaniya hayotidan olingan voqea va hodisalar

Karyera

Katta oilaning bir qismi bo'ling!

Ofislarimiz va dilerlarimiz manzillari

Ucellning barcha ofislari Sizning xizmatingizda!

Firibgarlikning oldini olish va Speak-up tarmog‘i

Sifatli aloqa va raqamingiz xavfsizligi!

Biz bilan bog'lanish

Ucell bilan bog'lanish

Ushbu saxifada sizga ko'rsatilayotgan xizmatlar sifati borasida o'z fikr va muloxazalaringizni bildirish, hamda sizni qiziqtirayotgan savollarga javob olishingiz mumkin.

Ko'p so'raladigan savollarga javoblarni www.ucell.uz, saytida va «FAQ» bo'limida ham topishingiz mumkin.


Sizlardan Kompaniyaga murojaat etganingizda muloqotda axloq me’yorlariga amal qilishingizni so‘raymiz. Aks holda Kompaniya bunday murojaatlarni ko‘rib chiqmaslik huquqiga ega bo‘ladi.

Xabar qoldiring:

* bilan belgilangan joylar to’ldirilishi shart
Parolni olish uchun kiritilgan telefon raqamidan *233# raqamiga qo’ng’iroq qiling va ushbu yerga kiriting
Xabar uzunligi - 512 simvol.

Diqqat!

  • O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga binoan, zarur bo'lgan vaqtda, xizmat ko'rsatish, aloqa qamrovi va qo'shimcha xizmatlarga tegishli bo'lgan murojaatlarni ko'rib chiqish vaqti 30 kalendar kunigacha yetishi mumkin;
  • “Ucell bilan bog'lanish” formasi yordamida bir kun ichida maksimal murojaat etishlar soni 5 tagacha cheklagan;
  • “Ucell bilan bog'lanish” formasidan barcha Internet foydalanuvchilari foydalanishlari mumkin.