Ucell xodimlarning sport qiziqishlari va faolligini saqlashga intiladi. O'tgan yili kompaniya sport zalini jihozladi, dam olish va piyoda sayohatlarni tashkil etdi, stol tennisi bo'yicha turnir o'tkazdi va boshqa kuni voleybol musobaqasi yakunlandi.
Ilhomlantiruvchi o'yin, harakatning portlovchi tabiati, o'yin-kulgi. Bularning barchasi voleybol haqida. Shuning uchun Ucell xodimlar o'rtasida musobaqani o'tkazish uchun ushbu jamoaviy o'yinni tanladi.
Musobaqalar Lomonosov nomidagi Moskva davlat universitetining Toshkent filialidagi sport zalida bo'lib o'tdi. Turnirda oltita departamrntning terma jamoalari ishtirok etishdi:
• Texnologiyalar
• Mijozlarga masofaviy xizmat ko’rsatish
• Savdo va biznes segmentga xizmat ko’rsatish
• Xodimlarni boshqarish
• Xaridlar bo’yicha
• Moliya
Baxtinur Tursunov, Jarayonlar va sifat menedjmenti tizimi bo'yicha boshqarmasi eksperti, Xodimlarni boshqarish departamrnti:
— Qizig'i shundaki, bundan oldingi voleybol musobaqalari to'qqiz yil oldin Kompaniyada o'tkazilgan edi. An'analarni qayta tiklash yaxshi deb o`ylayman. Bunday jamoaviy o'yinlar xodimlarni birlashtiradi, korporativ ruhiyatni ko'taradi va zavq baxsh etadi. Barcha tashkilotchilarga rahmat.
Final o'yinlari natijalariga ko'ra Texnologiyalar departamenti birinchi o'rinni egalladi. Ikkinchi o'rinda Xodimlarni boshqarish departamenti. Uchinchi o'rin — Moliya departamenti jamoasi.
Tadbir yakunida g'oliblar tantanali ravishda taqdirlandilar. Ular faxriy yorliq va sovg'alar topshirildi. Kasaba uyushma qo`mitasi raisi Nusrat Ishoqovga alohida minnatdorchilik.