Bugungi kunda “COSCOM” MChJ (“Ucell” savdo belgisi) turli 15 xildagi tariflarni va turli-tuman qo’shimcha xizmatlarni taklif etadi. Eng maqbul yechimni aniqlab, tanlash uchun har bir mahsulot haqida bilimga ega bo’lishni talab etadi. Kompaniyaning 135 nafar xodimi haftasiga 6 kun davomida abonentlarga eng mos xizmatlar to’plamini tanlash borasida yordam berishga tayyor.
Kompaniyaga tegishli ofislar mamlakatning har bir viloyatida ochilgan. Jami 26 ta ofis mavjud. Ularning har biri mobil xizmatlarni taqdim etish bilan bog’liq barcha masalalar yechimini topishda yordam berishga safarbar qilingan. Ularning orasida elektron navbat tizimi o’rnatilgan va qulay kutish uchun mo’ljallangan joylar bilan jihozlangan 14 ta markaziy ofislar mavjud.
Kompaniya barcha front ofislarda taqdim etilayotgan xizmatlar sifatini doimiy ravishda nazoratga olgan. Xizmatlar taqdim etilganidan so’ng, fikr-mulohazalarni shakllantirish uchun abonent o’zaro faol SMS-so’rovnoma olishi mumkin. Shu bilan birgalikda, abonent muammolar haqida ma’lum qilishi yoki xodimlar ishiga baho berishi mumkin.
Asosiy faoliyatidan tashqari, front ofis har xil turdagi aksiyalarni o’tkazish uchun maydoncha vazifasini o’tashi mumkin. Navro’z bayramini nishonlash vaqtida Kompaniya xodimlari abonentlarga sumalak tarqatishdi. Toshkent ofisida esa xalqaro quchoq ochish kuni nishonlandi. Shuningdek, yaqinda abonentlar o’z savollari bilan o’zbek estrada yulduzi Lola Yo’ldoshevaga murojaat qilishlari mumkin edi
(batafsil ma’lumot uchun:
https://www.instagram.com/p/ByATB1jBZmK/?igshid=a7oxdtwaq79l)
