Kecha, texnik ofisda, "COSCOM" MChJ (Ucell savdo belgisi) Kompaniyasining xodimlarning bolalari uchun Yangi yil tomoshalarini tashkil qilish va o'tkazishda ishtirok etgan volontyorlarni tantanali taqdirlash marosimi bo`lib o`tdi.
Barcha yoshdagi 1400 o'g'il va qiz bolalar uchun tantanani tashkil etishda Kompaniyaning turli bo'limlaridan 50 nafar ko'ngillilar ishtirok etishdi.

Volontyorlarni Xodimlarni boshqarish departamenti direktori Aziz Karimov kutib oldi:
— Moliyaviy jihatdan kelib chiqgan holda volontyor bo`lmaydilar va bu qiymati baland ish. O'tgan yili biz bir nechta aktsiyalarini o'tkazdik: "Donor kuni", ikkita daraxt ko'chatlarini ekish bo`yicha "Ucelldan 40ta chinor", "Bolalar uchun Yangi yil". Birinchi marotaba viloyat filiallarida ham bolalar uchun yangi yil bayramlari tashkil etildi. Bularning barchasi siz va harakatlaringiz tufayli. Kompaniyada bunday xodimlar borligidan xursandman. Siz maqtovga loyiqsiz!
Har bir ishtirokchi bayramni tashkil etishdagi ulkan hissasi uchun: eng yaxshi, eng yorqin, eng botir, eng samimiy, volontyor-fotograf, eng mehnatsevar va boshqalar uchun “Ucell volontyori” faxriy yorliqlari bilan taqdirlandilar.
Bu yil yanada ko'proq aksiyalar kutilmoqda, ularda barcha istak bildirganlar ishtirok etishi mumkin.
