
Korruptsiya va “tanish-bilish”ga qarshi kurashishning eng samarali yo’li bu korruptsiyani tashkil etuvchi qismidan foydalanishga yo’l qo’ymaslik.
Esingizda bo’lsa, biz Ucelldan “chiroyli raqamlar”ni endi birja orqali ochiq va oshkorona xarid qilishingiz mumkin deb aytgan edik?
https://ucell.uz/ru/myucell/beautiful_numbers_on_uzex_platform
Mana bugun ma’lum qilinishicha birja orqali umumiy 146 138 680 so’mlik 97 ta “chiroyli raqamlar” sotilgan.
Eng qimmat lot – 8,4 million so’m (raqam 6 ta nolni o’z ichiga oladi).
Eng arzon lot – 255 ming so’m (4 ta nol, 2 ta besh va bir).
Barcha xursand. Ham odamlar raqamga ega bo’lishdi, ham mamlakatimiz byudjeti ilgari kelib tushmagan mablag’lar bilan to’ldirildi.
Juda qiziq holat.
Agar Toshkent shahri umumiy raqamlar hajmidan 42 ta “chiroyli raqamlar”ni xarid qilish bo’yicha yetakchilik qilishi tamoman kutilgan hodisa bo’lsa, 16 ta raqamni sotilishi bilan Jizzah viloyati ikkinchi o’rinni egalladi va bu holat diqqatga sazovor.
Samarqand va Farg’ona viloyatlari 7 ta raqamni sotilishi bilan uchinchi o’rinni egalladi.