Kompaniya yangiliklari
Matbuot xizmati
“Viktoriya bog’i” va “Ucell”dan yana 40 dona chinor”
16DEK2019

“Viktoriya bog’i” va “Ucell”dan yana 40 dona chinor”

 

O’tgan shanba, 14 dekabr kuni, Sergeli dahasida, Mirzo Tursunzade ko’chasida, yakunlanib borayotgan yilda daraxtlar ekish bo’yicha oxirgi jamoaviy aksiya bo’lib o’tdi.
100 dona Pavlovniya va 45 dona chinor ko’chatlari ekildi.

Tonggi musaffolik mamlakatida O’zbekistonlik Viktoriya ismli yosh qiz istiqomat qiladi. Uning bir orzusi bo’lgan edi, ya’ni 100 dona daraxtni o’z ichiga olgan kichkinagina maydonni o’zining ona shahriga tuhfa qilish. Buning uchun u 100 dona Pavlovniy ko’chatlarini xarid qilib olgan, “Yashil shahar” nomli faol ko’ngillilar harakatiga pul mablag’larini taqdim etdi.

- Avgust oyida “Ucell” Kompaniya ko’ngillilari  Maxtumquli ko’chasi bo’ylab 105 dona Lankariya akasiya ko’chatlarini ekish bo’yicha “Yashil shahar” aksiyasida ishtirok etishdi.
- Noyabr oyining boshida “Ucell” Kompaniya ko’ngillilari “Ucell”dan 40 dona chinor” aksiyasini o’tkazdi. “Yashil shahar” va Toshkentning obodonchilikni qo’llqab-quvvatlovchilar yordamida “Ucell”chilar o’zlari 40 dona uch-to’rt yoshli chinor ko’chatlarini xarid qilib, Islom Karimov nomidagi “Toshkent” Xalqaro Aeroporti hududida ekishdi.
- Viktoriyaning go’zal tashabbusi haqida bilib, “Ucell” Kompaniya ko’ngillilari o’z mablag’lari hisobiga 39 dona chinor ko’chatlarini, 19 ta qopda tuproq aralashmasini, 13 ta qopda  yog’och qipig’ini sotib olib, “Viktoriya maydoni”ni qo’shimcha ravishda to’ldirishga qaror qilishdi. Shu yo’sinda, ikkinchi marotaba “Ucell”dan 40 dona chinor” aksiyasi tug’ildi.
- Yana oltita ko’chat xayriya sifatida befarq qolmaganlar uchun sotib olindi.

Minglab safsatabozlar safsata bilan shug’ullanadi. Yuzlab tanqidchilar o’z tanqidini davom ettiradi.
Faqatgina faol insonlar harakat qilishadi.
Bu safar ham shunday bo’ldi. Qorli tongda Toshkentliklar, shu jumladan “Ucell” Kompaniya xodimlari shaharning turli burchaklaridan kelishdi.
Ko’ngillilarning sa’y-harakatlari bilan, “Landshaft.uz – O’zbekistondagi landshaft dizayn” guruhining katta hajmdagi tashkiliy faoliyati yordamida, Toshkent shahar Hokimiyati qoshidagi Obodonlashtirish bosh boshqarmasi hamda uning Sergeli bo’linmasining qo’llab – quvvatlashi evaziga, Tonggi musaffolik mamlakatidan kelgan yosh qizning orzusi joriy yilning 14 dekabr kuni ruyobga chiqdi.
Sergelining 5A hududida 145 dona daraxtni o’z ichiga olgan kichkinagina maydon paydo bo’ldi.

Shunchaki “Ucell” Kompaniya xodimlari va ko’ngillilari shahrimizni 2019 yilda 290 ta daraxt hisobiga boyitdi.
Bu ham kammi? Unda keling va bizga qo’shiling hamda shahrimiz va mamlakatimizni yanada obodonlashtiraylik.


 
Yangiliklar

Kompaniya hayotidan olingan voqea va hodisalar

Karyera

Katta oilaning bir qismi bo'ling!

Ofislarimiz va dilerlarimiz manzillari

Ucellning barcha ofislari Sizning xizmatingizda!

Firibgarlikning oldini olish va Speak-up tarmog‘i

Sifatli aloqa va raqamingiz xavfsizligi!

Biz bilan bog'lanish

Ucell bilan bog'lanish

Ushbu saxifada sizga ko'rsatilayotgan xizmatlar sifati borasida o'z fikr va muloxazalaringizni bildirish, hamda sizni qiziqtirayotgan savollarga javob olishingiz mumkin.

Ko'p so'raladigan savollarga javoblarni www.ucell.uz, saytida va «FAQ» bo'limida ham topishingiz mumkin.


Sizlardan Kompaniyaga murojaat etganingizda muloqotda axloq me’yorlariga amal qilishingizni so‘raymiz. Aks holda Kompaniya bunday murojaatlarni ko‘rib chiqmaslik huquqiga ega bo‘ladi.

Xabar qoldiring:

* bilan belgilangan joylar to’ldirilishi shart
Parolni olish uchun kiritilgan telefon raqamidan *233# raqamiga qo’ng’iroq qiling va ushbu yerga kiriting
Xabar uzunligi - 512 simvol.

Diqqat!

  • O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga binoan, zarur bo'lgan vaqtda, xizmat ko'rsatish, aloqa qamrovi va qo'shimcha xizmatlarga tegishli bo'lgan murojaatlarni ko'rib chiqish vaqti 30 kalendar kunigacha yetishi mumkin;
  • “Ucell bilan bog'lanish” formasi yordamida bir kun ichida maksimal murojaat etishlar soni 5 tagacha cheklagan;
  • “Ucell bilan bog'lanish” formasidan barcha Internet foydalanuvchilari foydalanishlari mumkin.