Ko’rgazmaning eng oxirgi kunida Ucell ko’rgazma stendida birvarakayiga yettita bahs-musobaqalar tashkillashtirildi. Tashrif buyurganlar QR-qvestda, ijodiy va sport musobaqalarida, savol-javob va lotereya o’yinida ishtirok eta olishdi.
Keyinchalik stend maydonida “NAPA Edu Hub” IT akademiyasidan ma’ruzachi Umid Abdusattorov so’zga chiqdi. U o’z bilimlari bilan bo’lishdi va IT sanoatida o’z faoliyatni nimadan boshlash kerakligi haqida maslahatlarini berdi.
Shuningdek, kun davomida 5G simulyatorlar va robotlar namoyishi bo’lib o’tdi. O’zaro faol simulyatorlar beshinchi avlod tarmog’ining avzalliklarini yaqqol ko’rsatib berdilar. Robotlar esa mustaqil ravishda tashrif buyurganlar bilan suhbatlashib, Kompaniyaning yangi tariflari haqida so’zlab berishdi.
Ko’rgazma kunlarini sarhisob qilganda shuni aytish mumkinki, bu yil ko'rgazma axborot va mobil texnologiya sohasida yorqin voqea ko’rinishida bo’lib o’tdi. Metroda ilg’or 5G texnologiyasini, mobil aloqa hamda internetni joriy etilishi, IT sohasida malakali mutaxassislar chiqishi – bularning barchasini Ucell va ICTWEEK 2019 taqdim etdi.
