Kompaniya yangiliklari
Matbuot xizmati
Raqamli transformatsiya yo‘lida
02MAR2020

Raqamli transformatsiya yo‘lida



O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi 2020 yil 28 fevral kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida matbuot anjumani o‘tkazdi.
Matbuot anjumani O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 5 ta tashabbusi doirasida III-yo‘nalishi “Aholi va yoshlar o‘rtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanishni tashkil etish” masalalariga bag‘ishlandi.

Bugungi kunda mamlakatda ushbu sohada keng ko'lamli vazifalar bajarilmoqda.
Majlisda 2019 yilda amalga oshirilgan ishlar sarhisob qilindi.

Respublika bo‘yicha 24 ta Raqamli texnologiyalar o‘quv markazlari tashkil etildi, yilning ohirigacha ularning sonini 80ta yetkazishga rejalashtirilmoqda.
dasturlash asoslari, kompyuter grafikasi, robototexnika, veb va mobil ilovalar yaratishga oid jami 19 ta fan dasturlari ishlab chiqildi.
Mazkur markazlarda xozirgacha 5,0 ming nafar tinglovchi o‘quv kurslarini yakunladi.
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 1200 o‘rinli zamonaviy yangi binosi foydalanishga topshirildi.
Vazirlar Mahkamasining qaroriga asosan, Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki “IT-Park” tashkil qilindi.
Shu bilan birga yoshlarni ushbu sohaga yanada qiziktirish maqsadida, Birlashgan Arab Amirliklari bilan hamkorlik doirasida “Bir million dasturchilari” (One Million Uzbek Coders) loyihasi amalga oshirilmoqda.
Respublikada telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish orqali 2019 yil yakuniga qadar 3 433 ta umumta’lim maktablari, 1 836 ta maktabgacha ta’lim muassasalari va 1 127 ta sog‘liqni saqlash ob’ektlariga jami 4 150 km optik tolali aloqa liniyalari tashkil etilgan.

2021 yilda esa barcha ijtimoiy soha ob’ektlari yuqori tezlikdagi internet bilan ta’minlanadi hamda chekka olis hududlardagi aholi maskanlarida ham telekommunikatsiya xizmatlaridan foydalanish imkoniyati yaratiladi.

 
Yangiliklar

Kompaniya hayotidan olingan voqea va hodisalar

Karyera

Katta oilaning bir qismi bo'ling!

Ofislarimiz va dilerlarimiz manzillari

Ucellning barcha ofislari Sizning xizmatingizda!

Firibgarlikning oldini olish va Speak-up tarmog‘i

Sifatli aloqa va raqamingiz xavfsizligi!

Biz bilan bog'lanish

Ucell bilan bog'lanish

Ushbu saxifada sizga ko'rsatilayotgan xizmatlar sifati borasida o'z fikr va muloxazalaringizni bildirish, hamda sizni qiziqtirayotgan savollarga javob olishingiz mumkin.

Ko'p so'raladigan savollarga javoblarni www.ucell.uz, saytida va «FAQ» bo'limida ham topishingiz mumkin.


Sizlardan Kompaniyaga murojaat etganingizda muloqotda axloq me’yorlariga amal qilishingizni so‘raymiz. Aks holda Kompaniya bunday murojaatlarni ko‘rib chiqmaslik huquqiga ega bo‘ladi.

Xabar qoldiring:

* bilan belgilangan joylar to’ldirilishi shart
Parolni olish uchun kiritilgan telefon raqamidan *233# raqamiga qo’ng’iroq qiling va ushbu yerga kiriting
Xabar uzunligi - 512 simvol.

Diqqat!

  • O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga binoan, zarur bo'lgan vaqtda, xizmat ko'rsatish, aloqa qamrovi va qo'shimcha xizmatlarga tegishli bo'lgan murojaatlarni ko'rib chiqish vaqti 30 kalendar kunigacha yetishi mumkin;
  • “Ucell bilan bog'lanish” formasi yordamida bir kun ichida maksimal murojaat etishlar soni 5 tagacha cheklagan;
  • “Ucell bilan bog'lanish” formasidan barcha Internet foydalanuvchilari foydalanishlari mumkin.