Har kuni sayyoramizdagi har bir kishi kuniga o'rtacha 17 daqiqa telefon orqali gaplashadi. "COSCOM" MChJ (Ucell savdo belgisi) O'zbekistonda 7,5 milliondan ortiq abonentlarga xizmat ko'rsatadi. Bu kuniga o'rtacha 2 million soat suhbatni tashkil qiladi. Kompaniyaning 2020 yildagi maqsadi — Respublikaning barcha burchaklarida uzluksiz aloqani ta'minlash. Shu munosabat bilan, Ucell rahbariyati doimiy ravishda abonentlar bilan aloqada turadi. Shu hafta Andijon viloyatida yana bir uchrashuv bo'lib o'tdi.
Murojaat Andijon viloyati, Izboskan tumani, “Taraqqiyot” qishloq fuqarolar yig'inida yashovchi Xotamjon Turg'unovdan keldi. Xotamjon aloqa sifatini takomillashtirishni va Internetga ulanish tezligini oshirishni so'raydi. Abonentning murojaatiga "Ucell-Andijon" mintaqaviy ofisida javob berdilar va viloyat direktori Baxtiyor Turdiyev boshchiligida yo'lga chiqdilar.
Uchrashuv davomida abonentga xabar berildi:
— Bugungi kunda Ucell barcha viloyatlarda baza stantsiyalarni rekonstruktsiya qilish, yangilash va o'rnatish bo'yicha keng ko'lamli ishlarni amalga oshirmoqda. Keyingi yilga Xitoyning ZTE va Huawei hamkorligida so'nggi texnologik baza stantsiyalarini yetkazib berish bo'yicha shartnoma imzolandi. Hududda aloqa albatta yo'lga qo'yiladi.
Abonent uchrashuv natijalaridan mamnun qo'ldi va xodimlarga minnatdorchilik bildirdi. Uchrashuv yakunida esdalik korporativ sovg'alar topshirildi.
Andijon viloyatida 700 mingdan ortiq faol Ucell abonentlari istiqomat qiladi. Ularning qulayligi uchun viloyatda 252 ta dilerlik punktlari mavjud, ulardan 25tasi mono-ofislardir. Viloyat bo'limida 25 xodim faoliyat ko'rsatadi.