Kompaniya yangiliklari
Matbuot xizmati
«Ucell-Qarshi» va «Ucell-Samarqand» abonentlar bilan uchrashuvda
12MAR2020

«Ucell-Qarshi» va «Ucell-Samarqand» abonentlar bilan uchrashuvda



"COSCOM" MChJ (Ucell savdo belgisi) Kompaniyasi doimiy ravishda abonentlar murojaatlari bo′yicha joylarda uchrashuvlar tashkil qilmoqda. Mart oyida ikkita uchrashuv Qashqadaryo va bitta Samarqand viloyatlarida bo'lib o'tdi. Har bir muroojat bo′yicha Kompaniyaning Qashqadaryo va Samarqand viloyatlarida tarmoqni rivojlantirish bo'yicha 2020 yilga mo'ljallangan chora va tadbirlar haqida qisqacha ma'lumot berildi.

Qashqadaryo viloyati. Chiroqchi tumani.
Birinchi uchrashuv "Shurbozor" mahallasida Sarvar Boratov bilan bo'lib o'tdi. Abonent bilan mintaqaviy director v.b. Malik Yusupov boshchiligida mutaxassislar guruhi suhbat olib bordi. Arizachi Internet sifatini yaxshilash uchun 3G baza stantsiyasini o'rnatishni so'radi. "Ucell-Qarshi" ofisining mintaqaviy muhandisi Nusrat Abdiev abonent istiqomat qiluvchu hududni ko'zdan kechirdi va tarmoqni sinovdan o'tkazdi. Ma'lum bo'lishicha, eng yaqin stantsiya qishloqdan 300-400 metr masofada joylashgan.



Shu kuni "Xarduri" mahallasi, “Yangi xayot” qishloq fuqarolar yig'inida yashovchi Ilhom Kamolov bilan uchrashuv bo'lib o'tdi. Abonent Internetning sifatini yaxshilash uchun 3G baza stantsiyasini o'rnatishni so'radi. Bugungi kunda eng yaqin stantsiya mahalladan 700-800 metr masofada joylashgan. Ikkala vaziyatda ham masofa optimal. Hududda ovozli qo'ng'iroqlar muammosiz o'tadi, ammo stantsiya faqat 2G ulanishlarini qo'llab-quvvatlaganligi sababli ulanish tezligi past.

Samarqand viloyati. Urgut tumani.
Shu kunlarda Samarqand viloyatidagi Katta Torinjak mahallasida ham uchrashuvlar bo'lib o'tdi. Abonent Sherali Umurov tarmoq sifatini yaxshilash bo′yicha murojaat yubordi. Kompaniya nomidan, “Ucell-Samarqand” mintaqaviy ofis direktori v.b. Kamol Muxamadiev boshchiligida mutaxassislar abonent bilan suhbatlashdilar.



Har kuni Ucell mutaxassislari innovatsion texnologiyalar barcha xonadonlarga yetib borishi uchun joylarga borib, reja tuzadilar, hududning geografiyasini o'rganadilar va eng optimal joylashuvni aniqlaydilar. Hech bir murojaat e’tiborsiz qolmaydi.

Biz Ucell Kompaniyasi tomonidan joriy etilayotgan zamonaviy texnologiyalar yordamida hayotning eng sifatli tarafi har yerda har bir inson uchun mavjud bo’lib, foyda keltirishiga intilamiz.

 

Yangiliklar

Kompaniya hayotidan olingan voqea va hodisalar

Karyera

Katta oilaning bir qismi bo'ling!

Ofislarimiz va dilerlarimiz manzillari

Ucellning barcha ofislari Sizning xizmatingizda!

Firibgarlikning oldini olish va Speak-up tarmog‘i

Sifatli aloqa va raqamingiz xavfsizligi!

Biz bilan bog'lanish

Ucell bilan bog'lanish

Ushbu saxifada sizga ko'rsatilayotgan xizmatlar sifati borasida o'z fikr va muloxazalaringizni bildirish, hamda sizni qiziqtirayotgan savollarga javob olishingiz mumkin.

Ko'p so'raladigan savollarga javoblarni www.ucell.uz, saytida va «FAQ» bo'limida ham topishingiz mumkin.


Sizlardan Kompaniyaga murojaat etganingizda muloqotda axloq me’yorlariga amal qilishingizni so‘raymiz. Aks holda Kompaniya bunday murojaatlarni ko‘rib chiqmaslik huquqiga ega bo‘ladi.

Xabar qoldiring:

* bilan belgilangan joylar to’ldirilishi shart
Parolni olish uchun kiritilgan telefon raqamidan *233# raqamiga qo’ng’iroq qiling va ushbu yerga kiriting
Xabar uzunligi - 512 simvol.

Diqqat!

  • O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga binoan, zarur bo'lgan vaqtda, xizmat ko'rsatish, aloqa qamrovi va qo'shimcha xizmatlarga tegishli bo'lgan murojaatlarni ko'rib chiqish vaqti 30 kalendar kunigacha yetishi mumkin;
  • “Ucell bilan bog'lanish” formasi yordamida bir kun ichida maksimal murojaat etishlar soni 5 tagacha cheklagan;
  • “Ucell bilan bog'lanish” formasidan barcha Internet foydalanuvchilari foydalanishlari mumkin.