“Ucell-Buxoro” mintaqaviy ofisi 20 yoshga to`ldi. Tantanali sana munosabati bilan Toshkent va Buxorodan jurnalistlar va blogerlar ishtirokida press-sayohat amalga oshirildi.
Mehridin Muxamedov, "Ucell-Buxoro" mintaqaviy direktori v.b.:
– Ucellning Buxorodagi birinchi filiali 2000 yil 2-fevralda Bahouddin Naqshband ko'chasida ochilgan. O`sha vaqtlar ofisda atigi sakkiz nafar xodim ishlar va bitta asosiy signal qabul qiluvchi stantsiya (BTS) foydalanishga topshirilgan edi. Uni shahar hokimligi tomiga o'rnatganmiz. Bugungi kunda Buxoro filialida 40 nafar xodim ishlaydi, ulardan 19 nafari texnik xizmat ko'rsatuvchi xodimlardir. 2020 yilning boshida mintaqada 300 dan ortiq BTS va 160 savdo nuqtalari mavjud, ularning 30tasi – Ucell mono-brend punktlari. Abonentlar soni 430 mingdan ortiq.
Esdalik sanada xayriya aktsiyasini o`tkazish qaror qilindi va Buxoro viloyatidagi ayollar ijtimoiy moslashuv markazlariga Internetga ulangan 12 ta USB-modem sovg'a qilindi. “Baxt uyi” majmuasida joylashgan reabilitatsiya markazida bo'lib o'tgan marosimda Buxoro viloyati Xotin-qizlar qo'mitasining barcha tuman bo'limlari vakillari ishtirok etdi.
Modemlar Ucell SIM-kartalari bilan jihozlangan va ular orqali yuridik, axborot va maslahat xizmatlarini ko'rsatishga qaratilgan saytlar elektron kutubxonasiga kirish mumkin. Bu yolg'iz odamlar, kam ta'minlangan oilalar va ularning farzandlari, yolg'iz onalarni qo`llab quvvatlash va ularga o'z vaqtida yordam ko'rsatish uchun tashkil etilgan ijtimoiy reabilitatsiya markazlar ishini osonlashtirishi kerak.
Press-tur doirasida OAV vakillari Mekhtar Anbar ko`chasi, “Asia Bukhara” mehmonxonasining tomida joylashgan asosiy stantsiyasiga ham tashrif buyurishdi. "Ucell-Buxoro" kompaniyasining bosh muhandisi Firdavs Imamov asosiy stansiyarni ishga tushirish bo`yicha savollar va kompaniyaning kelgusi yil uchun rejalari haqida batafsil ma`lumot berdi.
Press-tur “Sabina Begim AIR” dilerlik kompaniyasiga tashrif bilan yakunlandi. Kompaniya rahbari Suxrob Po'latov 10 yildan beri Ucell bilan hamkorlik qilib kelmoqda. Po'latov – xalq deputatlari Buxoro shahar Kengashining deputati.
2020 yilda "COSCOM" MChJ (Ucell savdo belgisi) kompaniyasining barcha hududiy bo`limlariga media-turlar rejalashtirilgan. Oldinda filiallar hayotidan qiziqarli voqealar va yorqin lahzalar kutmoqda.
