Kompaniya yangiliklari
Matbuot xizmati
Ucell Academiyasidan yangi trening
22OKT2019

Ucell Academiyasidan yangi trening



2019 yil 15 va 16 oktyabr kunlari Ucell Akademiyasi tarkibida Kompaniyaning ichki murabbiylari uchun "Samarali taqdimot ko'nikmalari"  treningi bo'lib o'tdi. Loyihaning muallifi va treneri –Nazokat Rashidova, yangi obunachilarni jalb qilish bo'yicha faoliyatni rivojlantirish bo'limi boshlig'i.

Taqdimot – bu g'oya, mahsulot va echimni ommaga yetkazishga qaratilgan aloqa shakli. Yaxshi taqdimot g'oyalarni keltirib chiqaradi, qiziqish uyg'otadi va ilhomlantiradi.

Korporativ trening xodimlarda quydagi qobiliyat va ko'nikmalarini rivojlantirish maqsadini oldiga qo'ygan:
 ma'lumotlarni aniq va dadil uzatish; tinglovchilarni ijobiy harakatlar qilishga undash;
 Power Point dasturida samarali taqdimotni yaratish;
 omma oldida qo'rquvsiz taqdimot qilish;
 mavzuga qiziqishni uyg'otish.

Mashg'ulot kattalar uchun samarali ta'lim jarayonini tavsiflovchi Devid Kolb uslubi bo'yicha tashkil etildi.

Uslub to'rtta asosiy bosqichga asoslanadi:
• Muayyan tajriba.
• Olingan saboqlarni tahlil qilish.
• Kontseptualizatsiya.
• Faol tajriba.

Ushbu jarayon o'quvga tizimli yondoshishga, olingan bilimlarni tezda o'zlashtirish va mustahkamlashga yordam berdi.
Yakuniy bosqichda har bir mutaxassis jamoasi o'z taqdimotlarini namoyish etdilar.

Larisa Boldireva, shikoyatlar bilan ishlash bo'limi boshlig'i:
- Trening qiziqarli va mazmunli o'tdi. Taqdimot yaratish jarayonidagi xatolarni esladim, shuningdek Power Point-da ishlashning ba'zi bir sirlarni bilib oldim, masalan, litsenziyalangan shablonlarni qidirish mumkin bo'lgan saytlarning nomlarini. Nazokat, shuningdek, omma oldiga chiqganimizda paydo bo'luvchi xayajon va qo'rquvni yengishga yordam beruvchi "Maqsad-natija" auditotiya bilan ishlash uslubi bilan tanishtirdi. Shu qatorda, hamkasblar bilan suhbatlashish va ular bilan ertasi kundagi master-klassda qatnashish maroqli bo'ldi. Ishonchim komilki, trening har bir xodim uchun foydali bo'ladi. 


Ushbu tadbir ichki murabbiylar tomonidan ijobiy baholandi. Ucell Academiyasi doimiy ravishda Kompaniya xodimlari uchun ushbu korporativ treningni o'tkazishni rejalashtirmoqda.


 
Yangiliklar

Kompaniya hayotidan olingan voqea va hodisalar

Karyera

Katta oilaning bir qismi bo'ling!

Ofislarimiz va dilerlarimiz manzillari

Ucellning barcha ofislari Sizning xizmatingizda!

Firibgarlikning oldini olish va Speak-up tarmog‘i

Sifatli aloqa va raqamingiz xavfsizligi!

Biz bilan bog'lanish

Ucell bilan bog'lanish

Ushbu saxifada sizga ko'rsatilayotgan xizmatlar sifati borasida o'z fikr va muloxazalaringizni bildirish, hamda sizni qiziqtirayotgan savollarga javob olishingiz mumkin.

Ko'p so'raladigan savollarga javoblarni www.ucell.uz, saytida va «FAQ» bo'limida ham topishingiz mumkin.


Sizlardan Kompaniyaga murojaat etganingizda muloqotda axloq me’yorlariga amal qilishingizni so‘raymiz. Aks holda Kompaniya bunday murojaatlarni ko‘rib chiqmaslik huquqiga ega bo‘ladi.

Xabar qoldiring:

* bilan belgilangan joylar to’ldirilishi shart
Parolni olish uchun kiritilgan telefon raqamidan *233# raqamiga qo’ng’iroq qiling va ushbu yerga kiriting
Xabar uzunligi - 512 simvol.

Diqqat!

  • O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga binoan, zarur bo'lgan vaqtda, xizmat ko'rsatish, aloqa qamrovi va qo'shimcha xizmatlarga tegishli bo'lgan murojaatlarni ko'rib chiqish vaqti 30 kalendar kunigacha yetishi mumkin;
  • “Ucell bilan bog'lanish” formasi yordamida bir kun ichida maksimal murojaat etishlar soni 5 tagacha cheklagan;
  • “Ucell bilan bog'lanish” formasidan barcha Internet foydalanuvchilari foydalanishlari mumkin.