Kompaniya yangiliklari
Matbuot xizmati
"Ucell Bloggerlar Akademiyasi" o’z ishini boshlandi
15FEV2021

"Ucell Bloggerlar Akademiyasi" o’z ishini boshlandi



O᾿tgan hafta “Ucell Blogerlar Akademiyasi”da birinchi darslar bo‘lib o‘tdi. Ramziy ochilish marosimida Kompaniya vakillari so‘zga chiqib, tanlovdan o‘tib tinglovchilar safiga qo‘shilgan ishtirokchilarimizga o‘z tilaklarini bildirdilar.

Mashhur bloger Feruzxon Yoqubxo‘jaev tomonidan o‘tkazilgan master-klassning dastlabki daqiqalaridanoq talabalarning chinakam qiziqishlari nomoyon bo‘ldi. Ular o‘zlarini qiziqtirgan savollarni berib, O‘zbekistonda ushbu ijodiy yo‘nalishning rivojlantirishi to‘g‘risida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdilar.



Georgiy Kim, “Ucell Bloggerlar Akademiyasi” loyihasi ishtirokchisi:


— Kirish darsi juda qiziqarli o'tdi. Taqdimotchi o'zining shaxsiy blog yuritish tajribasi bilan o᾿rtoqlahsdi, sifatli kontent tayyorlash, obunachilarni qiziqtirish usullari, ijod uchun to'g'ri platformani qanday tanlash haqida gapirib o᾿tdi. Loyiha tashkilotchilariga rahmat. Hursandman.



Yuliya Andryushaeva, COSCOM MChJ (Ucell savdo belgisi) Marketing kommunikatsiyalari bo'limi boshlig'i:


— Menga blog va blogerlar ijtimoiy hodisa sifatida juda qiziqarli. Kompaniya taqdim etgan ajoyib imkoniyatdan foydalanib, ushbu loyihaning bir qismiga aylanamoqchiman. Ushbu sohaning eng yaxshi amaliyotchilarini tinglaganimdan so'ng, tajribamni boyitaman va, ehtimol, O'zbekistonda bloggerlik shakllanishiga hissa qo'shaman degan umiddaman.



Timur Rajabov, Ucell Bloggerlar akademiyasi loyihasi ishtirokchisi:


— Pochta orqali "Ucell Bloggerlar Akademiyasida" ishtirok etish uchun taklifnomani olib, ekranning skrinshotini rafiqamga yubordim. Bir yarim soat o'tmay, ayolim ham menga taklifnoma bilan skrinshot yubormoqda. Bilmagan holda, ikkalamiz ham ishtirok etish uchun ariza topshirdik va ikkalamiz ham tanlovdan o'tdik. Bugun oilaviy trakibda darsda qatnashmoqdamiz.

Bizni hissiyotlar g'arq qilmoqda, chunki har bir tinglovchimizni naqadar qiziqarli narsalar kutayotganini bilamiz.

Yaxshi xabar: biron sababga ko'ra kechikkan va ro'yxatdan o'tishga ariza bermagan yoki saralash bosqichidan o'ta olmaganlar ushbu jarayonni mamlakatning istalgan nuqtasidan onlayn ravishda tomosha qilishlari mumkin.

Birinchi dars yuklandi: https://www.youtube.com/watch?v=wk3WlL0YqfM&feature=youtu.be

Umid qilamizki, har bir tinglovchi bizning o'quv dasturimizdan ilhomlanib, o'zlarining tematik bloglarini yuritishni boshlashadi.
 

Yangiliklar

Kompaniya hayotidan olingan voqea va hodisalar

Karyera

Katta oilaning bir qismi bo'ling!

Ofislarimiz va dilerlarimiz manzillari

Ucellning barcha ofislari Sizning xizmatingizda!

Firibgarlikning oldini olish va Speak-up tarmog‘i

Sifatli aloqa va raqamingiz xavfsizligi!

Biz bilan bog'lanish

Ucell bilan bog'lanish

Ushbu saxifada sizga ko'rsatilayotgan xizmatlar sifati borasida o'z fikr va muloxazalaringizni bildirish, hamda sizni qiziqtirayotgan savollarga javob olishingiz mumkin.

Ko'p so'raladigan savollarga javoblarni www.ucell.uz, saytida va «FAQ» bo'limida ham topishingiz mumkin.


Sizlardan Kompaniyaga murojaat etganingizda muloqotda axloq me’yorlariga amal qilishingizni so‘raymiz. Aks holda Kompaniya bunday murojaatlarni ko‘rib chiqmaslik huquqiga ega bo‘ladi.

Xabar qoldiring:

* bilan belgilangan joylar to’ldirilishi shart
Parolni olish uchun kiritilgan telefon raqamidan *233# raqamiga qo’ng’iroq qiling va ushbu yerga kiriting
Xabar uzunligi - 512 simvol.

Diqqat!

  • O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga binoan, zarur bo'lgan vaqtda, xizmat ko'rsatish, aloqa qamrovi va qo'shimcha xizmatlarga tegishli bo'lgan murojaatlarni ko'rib chiqish vaqti 30 kalendar kunigacha yetishi mumkin;
  • “Ucell bilan bog'lanish” formasi yordamida bir kun ichida maksimal murojaat etishlar soni 5 tagacha cheklagan;
  • “Ucell bilan bog'lanish” formasidan barcha Internet foydalanuvchilari foydalanishlari mumkin.