Kompaniya yangiliklari
Matbuot xizmati
“Ucell-Farg‘ona” II chorak eng yaxshi bo’linmasi
03AVG2022

“Ucell-Farg‘ona” II chorak eng yaxshi bo’linmasi



Yil boshida Prezident qarori bilan uyali aloqa operatorlari uchun biznes yuritish shartlari sezilarli darajada yaxshilandi. Qabul qilinishi uchun O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan katta ishlar amalga oshirilgan hujjat telekommunikatsiya kompaniyalarining infratuzilmani kengaytirish bo‘yicha faoliyatini qo‘llab-quvvatlashni ta’minlaydi, xususan, aloqa operatorlari tomonidan olib kirilayotgan uskunalar, dasturiy ta’minot, materiallar va ehtiyot qismlar hamda O‘zbekistonga aloqa infratuzilmasini rivojlantirish uchun boj to‘lashdan ozod etildi.

Shu tufayli UceIl mamlakatning barcha hududlarida yangi tayanch stansiyalarini qurish va mavjudlarini modernizatsiya qilish bo‘yicha uzoq muddatli dasturni ishga tushirdi.

Farg‘ona vodiysining uchta hududida yuqori sifatli mobil aloqani ta’minlash borasida salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda. Masalan, Farg‘ona viloyatida “Ucell-Farg‘ona” hududiy bo’linmasi butun jamoasining muvofiqlashtirilgan mehnati natijasida Rishton, Buvayda, Beshariq, Furqat, Marg‘ilon, Toshloq, Qoʻqon, Fargʻona, Oltiariq, Sux, Sariqand, Oltiariq, Qoʻshtepa, Bagʻdod, Dangʻara, Quva, Oʻzbekiston, Uchkoʻprik tumanlarida tayanch stansiyalar modernizatsiya qilindi va yangilari barpo etildi. Abonentlarga yangi tarif rejalari taklif etildi.

Bularning barchasi “Ucell-Farg‘ona”ga “Flagman” motivatsion dasturi – Kompaniyaning hududiy bo’linmalari o‘rtasida o‘tkazilgan musobaqaning II choragida ishonchli g‘alabani qo’lga kiritishda yordam berdi.



G‘oliblarga esdalik sovg‘asi, faxriy yorliq, shuningdek, pul mukofoti topshirildi. Bo'lim xodimlari aytganidek: "Pul mukofoti yaxshi, lekin raqobat g'oyasi, g'alaba qozonish uchun ishlagan oylar ham juda maroqli!".
 
“Motivatsion dastur poygasidagi g'alaba “Ucell-Farg'ona” hududiy bo’linmasining har bir xodimining xizmatidir. O‘tgan yilning kuzidan buyon viloyatda tarmoqni modernizatsiya qilish bo‘yicha katta ishlar amalga oshirildi. Ikkinchi chorak davomida Farg‘ona viloyatida o‘nlab baza stansiyalari qurilib, efirga uzatilgani aloqa sifati va abonent bazasining o‘sishiga ta’sir ko‘rsatdi. Savdo vakillari, logistlar, front-ofis operatorlari va barcha xodimlarning yaxshi muvofiqlashtirilgan ishi o‘z samarasini berdi. May oyidan boshlab aloqalarni ko'paytirish birinchi o'rinda turadi. Har bir xodim biz qaysi yo'nalishda harakat qilayotganimizni va nimaga intilayotganimizni tushundi. Shunday jamoa bilan biz yanada ko‘proq yutuqlarga erishamiz, – deydi Ucell-Farg‘ona hududiy bo’linmasi direktori Sanjar Umarov.
 
Yangiliklar

Kompaniya hayotidan olingan voqea va hodisalar

Karyera

Katta oilaning bir qismi bo'ling!

Ofislarimiz va dilerlarimiz manzillari

Ucellning barcha ofislari Sizning xizmatingizda!

Firibgarlikning oldini olish va Speak-up tarmog‘i

Sifatli aloqa va raqamingiz xavfsizligi!

Biz bilan bog'lanish

Ucell bilan bog'lanish

Ushbu saxifada sizga ko'rsatilayotgan xizmatlar sifati borasida o'z fikr va muloxazalaringizni bildirish, hamda sizni qiziqtirayotgan savollarga javob olishingiz mumkin.

Ko'p so'raladigan savollarga javoblarni www.ucell.uz, saytida va «FAQ» bo'limida ham topishingiz mumkin.


Sizlardan Kompaniyaga murojaat etganingizda muloqotda axloq me’yorlariga amal qilishingizni so‘raymiz. Aks holda Kompaniya bunday murojaatlarni ko‘rib chiqmaslik huquqiga ega bo‘ladi.

Xabar qoldiring:

* bilan belgilangan joylar to’ldirilishi shart
Parolni olish uchun kiritilgan telefon raqamidan *233# raqamiga qo’ng’iroq qiling va ushbu yerga kiriting
Xabar uzunligi - 512 simvol.

Diqqat!

  • O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga binoan, zarur bo'lgan vaqtda, xizmat ko'rsatish, aloqa qamrovi va qo'shimcha xizmatlarga tegishli bo'lgan murojaatlarni ko'rib chiqish vaqti 30 kalendar kunigacha yetishi mumkin;
  • “Ucell bilan bog'lanish” formasi yordamida bir kun ichida maksimal murojaat etishlar soni 5 tagacha cheklagan;
  • “Ucell bilan bog'lanish” formasidan barcha Internet foydalanuvchilari foydalanishlari mumkin.