Kompaniya yangiliklari
Matbuot xizmati
Ucell Navro'zga 132 tup nastarin ko′chatini ekdi
16MAR2020

Ucell Navro'zga 132 tup nastarin ko′chatini ekdi



14 mart kuni Navro'z bahor bayrami oldi uyushtirilgan umumxalq hasharda ishtirok etib, COSCOM MChJ (Ucell savdo belgisi) 132 nastarin ko'chatlarini ekdi.

Nastarin bog′i Amir Temur 1-to′r ko′chasi, "Ucell-Plaza" bosh ofisi ning orqasida joylashdi.
O'tgan yili volontyorlar yordami bilan Ucell uchta daraxt ekish aksiyasini o'tkazdi.
2019 yil avgust oyida umumhalq hashar kuni xodimlar "Yashil shahar" daraxtlarini ekish bo'yicha birinchi ko'ngilli ommaviy aktsiyada ishtirok etdilar va 105 dona ko'chatni ekish jarayonida qatnashdilar.
Noyabr oyida "Ucelldan 40 chinor" mustaqil aksiyasi tashkil etildi. Shu munosabatda Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroporti yonida chinorlar qatori paydo bo'ldi.
Dekabr oyida Sergeli tumanida xodimlar Viktoriyaning 100ta Pavloniyasi va Ucellning 45ta chinoridan iborat kichik bog′ yaratishda yordam berdilar.
2020 yilning Navro'zini Ucell bahorning ramzi hisoblanmush nafis nastarin ko'chatlarini ekish bilan kutib olmoqda. Obodonlashtirish ishlariga ishchilarning oila a'zolari qo'shildi.



Toshkent obodonlashtirish bosh boshqarmasi mutaxassisi-agronomlari darxtlarni ekish qoidalari bo'yicha tushuncha berib o`tadilar. Ko′chatlar ekilgan joy sug'orish tizimi bilan jihozlangan va yaxshi tuproqqa ega. Yashil o′simliklarni keyingi parvarishi ham boshqaruv o'z zimmasiga oldi.

Vladimir Kravchenko, COSCOM MChJ (Ucell savdo belgisi) bosh direktori v.b.:
– Biz bobolarimizdan qolgan daraxtlar soyasida o'sganmiz. Insondan keyin yaxshi ishlar qolishi kerak. Ucell ekologik aktsiyalarining maqsadi go'zal shahrimizning xiyobonlari va bog'larini saqlashga hissa qo'shish. Bugun ko'chat – ertaga katta soyali daraxt. Nastarin ko′chasi poytaxtimizni yanada ko'rkam qiladi va ko'p yillar davomida shahar aholisini hursand qiladi degan umiddamiz. Bu 2020 yilga rejalashtirilgan qator ekologik tadbirlardan birinchisi.



Gulshan Akobirova, COSCOM MChJning Jamoatchilik bilan aloqalar bo'limi mutaxassisi:

– Daraxt ekishda qatnashgan bola tabiatni tushunishni va his qilishni, barcha tirik mavjudotlarni hurmat qilishni va qadrlashni o'rganadi. Ekologik aktsiyalar oila bilan faol dam olish, shaharni yanada obod va go'zal qilish uchun imkoniyat, bizning vaziyatimizda esa jamoaviy ruhni ko'tarish uchun ham ajoyib usul.

Ishtirokchilarda ishchanlik ruhini kuchaytirish uchun issiq ichimliklar va shirinliklar bilan kichik nonushta tashkil etildi. Shuningdek, shoshilinch tibbiy yordam xizmati ish jarayoni bo'ylab tayyor turdi.

Shanbaning quyoshli kuni ijobiy his-tuyg'ularga to'ldi. Shahar haqiqatan ham sayyoramizdagi eng qadimgi dehqonchilik bayramlaridan biri – Navro'zning arafasida ochilib ketdi.


 

Yangiliklar

Kompaniya hayotidan olingan voqea va hodisalar

Karyera

Katta oilaning bir qismi bo'ling!

Ofislarimiz va dilerlarimiz manzillari

Ucellning barcha ofislari Sizning xizmatingizda!

Firibgarlikning oldini olish va Speak-up tarmog‘i

Sifatli aloqa va raqamingiz xavfsizligi!

Biz bilan bog'lanish

Ucell bilan bog'lanish

Ushbu saxifada sizga ko'rsatilayotgan xizmatlar sifati borasida o'z fikr va muloxazalaringizni bildirish, hamda sizni qiziqtirayotgan savollarga javob olishingiz mumkin.

Ko'p so'raladigan savollarga javoblarni www.ucell.uz, saytida va «FAQ» bo'limida ham topishingiz mumkin.


Sizlardan Kompaniyaga murojaat etganingizda muloqotda axloq me’yorlariga amal qilishingizni so‘raymiz. Aks holda Kompaniya bunday murojaatlarni ko‘rib chiqmaslik huquqiga ega bo‘ladi.

Xabar qoldiring:

* bilan belgilangan joylar to’ldirilishi shart
Parolni olish uchun kiritilgan telefon raqamidan *233# raqamiga qo’ng’iroq qiling va ushbu yerga kiriting
Xabar uzunligi - 512 simvol.

Diqqat!

  • O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga binoan, zarur bo'lgan vaqtda, xizmat ko'rsatish, aloqa qamrovi va qo'shimcha xizmatlarga tegishli bo'lgan murojaatlarni ko'rib chiqish vaqti 30 kalendar kunigacha yetishi mumkin;
  • “Ucell bilan bog'lanish” formasi yordamida bir kun ichida maksimal murojaat etishlar soni 5 tagacha cheklagan;
  • “Ucell bilan bog'lanish” formasidan barcha Internet foydalanuvchilari foydalanishlari mumkin.