Kompaniya yangiliklari
Matbuot xizmati
Ishonchli va yillar davomida mijozlar mehrini qozongan kompaniya (video)
25SEN2020

Ishonchli va yillar davomida mijozlar mehrini qozongan kompaniya (video)



Xabar.uz saytining «Ucell» mintaqaviy filiallariga media-tur tashrifi davom etadi. Navbatdagi lavhamiz bir millionga yaqin abonent ishonchini qozongan «Ucell-Samarqand» mintaqaviy filialidan tayyorlandi. «Ucell» aloqa kompaniyasining uyali aloqa bozorida yuqori pog‘onani egallab kelayotgani ko‘pchilikka ma’lum. Albatta, bu yangi texnologiyalarni joriy etish, abonentlarga individual yondashish hamda tinimsiz mehnat natijasidir.

— Biz mamlakatimizning har bir hududi, jumladan, eng chekka joylarida ham sifatli aloqa xizmatlarini ko‘rsatishga harakat qilamiz. Muhandislar bilan birga aloqa sifatini o‘rganish uchun aholi bilan uchrashuvlar ham o‘tkazdik va bu 2020-2022 yillarda tarmoqni rivojlantirishning batafsil rejasini tuzishimizga xizmat qildi, —  deydi «Ucell-Samarqand» mintaqaviy filiali direktori Kamol Muhamadiyev.



Muhimi, karantin davrida kompaniya o‘z faoliyatini to‘xtatgani yo‘q. Ayni paytda ham ijtimoiy masofani saqlash, tibbiy niqoblarni taqish talablari saqlanib kelmoqda. Ish joyida barcha xodimlar shaxsiy himoya vositalari bilan ta’minlangan. Bundan tashqari, har kuni to‘rt marotaba dezinfeksiya tadbirlari ham o‘tkaziladi.

— Men Samarqand viloyatidagi abonentlarga xizmat ko‘rsatish guruhida rahbar bo‘lib ishlayman, — deydi Abonentlar bo‘limi rahbari Venera Xvan. — «Ucell-Samarqand» mintaqaviy filialimizda abonentlarga xizmat ko‘rsatuvchi ikkita ofis mavjud. Bular Samarqand va Kattaqo‘rg‘on. Ularda 12 nafar operator ishlaydi va biz kuniga o‘rtacha 300 ga yaqin abonentga xizmat ko‘rsatamiz. «Ucell» kompaniyasining O‘zbekiston Respublikasi bo‘ylab 8 millionga yaqin abonenti bo‘lsa, shundan 1 millionga yaqini Samarqand viloyatidan.



Bugungi kunda ofisga tashrif buyurgan har bir abonentning harorati o‘lchanib, qo‘llariga antiseptik vositalar bilan ishlov beriladi. Karantin davrida kompaniya rahbariyati tomonidan xodimlarning ishga va uyga maxsus transportda kelib-ketishi to‘liq yo‘lga qo‘yildi. Shuningdek, Samarqand mintaqaviy filiali abonentlar uchun haftasiga 7 kun tushlik va dam olishsiz xizmat ko‘rsatadi.

— Samarqand viloyati aholisiga 280 ta antenna xizmat ko‘rsatadi. Texnik guruhimizning asosiy vazifasi — avariya holatlarida tezkor chora ko‘rish va elektr ta’minoti bor-yo‘qligidan qat’i nazar, aloqa ta’minotini uzluksiz ta’minlab berish, — deydi filial muhandisi Sherzod Suleymanov. — Ushbu maqsadda joylardagi antennalarimizga mobil va statsionar generatorlar hamda quyosh akkumulyatorlari o‘rnatilgan.



Ha, bu kabi sharoit va qulayliklarning barchasi aholiga sifatli va ishonchli xizmat ko‘rsatish uchun ekanligi kundek ravshan. Karantin davrida sim kartalarni uygacha yetkazib berish tizimining tashkil etilgani esa yana bir yutug‘idir.

— Men «Ucell-Samarqand» mintaqaviy filiali bilan uch yildan beri hamkorlik qilaman. Bugunga kelib dilerlik nuqtamizda 5 nafar xodim faoliyat olib bormoqda, — deydi diler Javohir Melikov.  — Ushbu uyali aloqa operatorini bejiz tanlamaganman. Kompaniya ishonchli va ko‘p yillar davomida mijozlar mehrini qozonib kelmoqda. Kompaniya muntazam qiziqarli tariflar va xizmatlarni taqdim etadi. Karantin davrida taklif etilgan yangi tariflar esa bunga yaqqol misoldir. Kompaniya — sohada har doim yetakchi, bozorda birinchilardan bo‘lib aynan «Ucell» 4G va 5G texnologiyalarini amaliyotga tatbiq etdi. U har yili yangidan-yangi xizmatlarni taklif etish ustida ishlaydi.

«Ucell-Samarqand» mintaqaviy filiali barchani samimiyat bilan o‘z ofisida kutib qoladi.
 

Yangiliklar

Kompaniya hayotidan olingan voqea va hodisalar

Karyera

Katta oilaning bir qismi bo'ling!

Ofislarimiz va dilerlarimiz manzillari

Ucellning barcha ofislari Sizning xizmatingizda!

Firibgarlikning oldini olish va Speak-up tarmog‘i

Sifatli aloqa va raqamingiz xavfsizligi!

Biz bilan bog'lanish

Ucell bilan bog'lanish

Ushbu saxifada sizga ko'rsatilayotgan xizmatlar sifati borasida o'z fikr va muloxazalaringizni bildirish, hamda sizni qiziqtirayotgan savollarga javob olishingiz mumkin.

Ko'p so'raladigan savollarga javoblarni www.ucell.uz, saytida va «FAQ» bo'limida ham topishingiz mumkin.


Sizlardan Kompaniyaga murojaat etganingizda muloqotda axloq me’yorlariga amal qilishingizni so‘raymiz. Aks holda Kompaniya bunday murojaatlarni ko‘rib chiqmaslik huquqiga ega bo‘ladi.

Xabar qoldiring:

* bilan belgilangan joylar to’ldirilishi shart
Parolni olish uchun kiritilgan telefon raqamidan *233# raqamiga qo’ng’iroq qiling va ushbu yerga kiriting
Xabar uzunligi - 512 simvol.

Diqqat!

  • O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga binoan, zarur bo'lgan vaqtda, xizmat ko'rsatish, aloqa qamrovi va qo'shimcha xizmatlarga tegishli bo'lgan murojaatlarni ko'rib chiqish vaqti 30 kalendar kunigacha yetishi mumkin;
  • “Ucell bilan bog'lanish” formasi yordamida bir kun ichida maksimal murojaat etishlar soni 5 tagacha cheklagan;
  • “Ucell bilan bog'lanish” formasidan barcha Internet foydalanuvchilari foydalanishlari mumkin.