“COSCOM” MChJ (Ucell savdo belgisi) va “Apex Insurance” MChJ hamkorlik Memorandumini imzoladilar. Uchrashuv davomida nafaqat O’zbekiston bozorida, balkim yaqin xorij davlatlarida ham mavjud bo’lmagan zamonaviy texnologiyalar va innovatsion mahsulotlardan foydalangan holda o’zaro hamkorlik yo’llari muhokama qilindi.
Ma'lum bir vaqtgacha sug'urta innovatsiyalardan chetda bo'lgan, ammo so'nggi paytlarda ushbu sohaga e'tibor kuchayib bormoqda va bu bejiz emas. Sug'urta jarayonini barcha uchun ochiq va tushunarli qilish uchun, dunyo bo'ylab sohada yangi standartlar joriy etilmoqda. Bu kabi uchun hamkorlik O'zbekistonda birinchi marotaba tuzilmoqda.
Asosiy maqsad - innovatsion texnologiyalarni joriy qilgan holda sug'urta xizmatlarining hajmini va sifatini oshirish, odamlarni sug'urtaga nisbatan savodligini oshirish va soha bozorining tiniqligini ta'minlash.
Vladimir Kravchenko, “COSCOM” MChJ (Ucell savdo belgisi) bosh direktori vazifasini bajaruvchi:
— Har bir kompaniyada taxminan bir xil texnologik jihozlar va hattoki bir xil narx siyosatiga ega bo'lgan sharoitda, iste'molchilarning istaklarini o'rganish va yangi marketing tashabbuslarni yaratishga katta e'tibor beriladi. Shubhasiz, bugungi uchrashuvimiz o'zaro foydali salohiyatda asoslangan va mijozlar uchun qo'shimcha qulayliklar yaratadi.
Zamonaviy texnologiyalar yordamida Ucell hayotning eng yaxshi tarafi barcha uchun mavjud va foydali bo’lishiga intiladi va hamkorlikga ijobiy nuqtayi nazardan qaraydi.
