Kompaniya yangiliklari
Matbuot xizmati
Uсell Samarkand Marathon 2022’da
07NOY2022

Uсell Samarkand Marathon 2022’da



Kecha 6-noyabr kuni Kompaniyaning 35 nafar xodimi har yili o‘tkaziladigan xayriya yugurish marafoni - Samarkand Marathonda qatnashdi. Tadbir 40ta davlatdan 3300dan oshiq ishtirokchini birlashtirdi. Musobaqalar quyidagi masofalar bo‘yicha o‘tkazildi: marafon (42,195 km), yarimmarafon (21,0975 km), 10 km.ga yugurish, 2 km.ga yugurish va 5 km.lik skandinavcha yurish. Bir kun avval Kids Run’da yosh yengil atletikachilar 300 va 600 metrga yugurishdi. Malakaviy normativni bajargan yugurish marafonining har bir ishtirokchisi finishda medalga ega bo‘ldi.

Ucell yuguruvchilari boshqa ko‘plab havaskorlar kabi professional sportchilardan o‘zib keta olishmagan bo‘lsa-da, ofis hayoti sport musobaqalarida ishtirok etish uchun to‘siq emasligini isbotlashdi.

Suratda: Farhod Burxonov, hududlardagi biznes segmentiga xizmat ko‘rsatish bo‘limi operatori.

 «Ucellchilar» orasida 2 km.lik masofani bosib o‘tishda Kompaniyaning eng yaxshi ko‘rsatkichga ega yengil atletikachisi hududlarda biznes-segmentiga xizmat ko‘rsatish bo‘limi operatori, samarqandlik Farhod Burxonov bo‘ldi. Farhod 9 daqiqa 51 soniya ichida masofani bosib o‘tdi. Ucell’ning 2022-yildagi eng yaxshi yuguruvchisini nafaqat uning ismi, balki masofani bosib o‘tish vaqti ham o‘yib yozilgan maxsus Kubok bilan taqdirlashga qaror qilindi.

Suratda: Alisher Gapparov, “Ucell-Navoiy” viloyat filiali direktori
 
Yugurish musobaqasidan so‘ng hamkasblar "Ucell-Navoiy" hududiy bo‘limi direktori Аlisher Gapparovga u Navoiydan ataylab kelgani uchun minnatdorlik ramzi sifatida maxsus kubok taqdim etishga qaror qilishdi. Ehtimol finishda to‘xtatib qolishmaganda, Gapparov 42 kilometr masofani yugurib o‘tishi hech gap emasdi.


 
Har yili o‘tkaziladigan Samarkand Marathon xayriya yugurishida kompaniya nomidan quyidagi xodimlar ishtirok etishdi:
 
Аbduabbos Аbdurahimov, Аvaz Mirzayev, Аleksandr Dmitriyev, Аlisher Gapparov, Baxtiyor Nasimov, Burxon Muzaffarov, Diana Ismailova, Zarrina Rozikova, Zuxro Аskarova, Leyla Usmanova, Mohisitora Sharipova, Muzaffar Djalilov, Muhabbat Muslimova, Muhammadali Qosimov, Nigora Yermatova, Nikolay Basangov, Nodirjon Xotamov, Oleg Dimchak, Otabek Shukurbekov, Rustam Аzimov, Sabina Nigmatova, Sardor Yuldashev, Suhrob Umarbek, Tatyana Len, Timur Hasanov, Umar Аhmedov, Umida Niyozbekova, Fariz Safarov, Farhod Burxonov, Hamida Muxtorova, Shahnoza Аnorqulova, Sherzod Boltaev va, albatta, Emil Kurtnazarov.



Bu yilgi xayriya yugurishidan tushgan mablagʼlar muzeylarni ko‘r va ko‘zi ojiz insonlar uchun moslashtirish maqsadiga yo‘naltiriladi.
 
Barcha hamkasblarga Samarkand Marathon 2022 yugurish marafonida ishtirok etgani uchun minnatdorlik bildiramiz. Bizni yangi startlar kutmoqda.
 
Yangiliklar

Kompaniya hayotidan olingan voqea va hodisalar

Karyera

Katta oilaning bir qismi bo'ling!

Ofislarimiz va dilerlarimiz manzillari

Ucellning barcha ofislari Sizning xizmatingizda!

Firibgarlikning oldini olish va Speak-up tarmog‘i

Sifatli aloqa va raqamingiz xavfsizligi!

Biz bilan bog'lanish

Ucell bilan bog'lanish

Ushbu saxifada sizga ko'rsatilayotgan xizmatlar sifati borasida o'z fikr va muloxazalaringizni bildirish, hamda sizni qiziqtirayotgan savollarga javob olishingiz mumkin.

Ko'p so'raladigan savollarga javoblarni www.ucell.uz, saytida va «FAQ» bo'limida ham topishingiz mumkin.


Sizlardan Kompaniyaga murojaat etganingizda muloqotda axloq me’yorlariga amal qilishingizni so‘raymiz. Aks holda Kompaniya bunday murojaatlarni ko‘rib chiqmaslik huquqiga ega bo‘ladi.

Xabar qoldiring:

* bilan belgilangan joylar to’ldirilishi shart
Parolni olish uchun kiritilgan telefon raqamidan *233# raqamiga qo’ng’iroq qiling va ushbu yerga kiriting
Xabar uzunligi - 512 simvol.

Diqqat!

  • O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga binoan, zarur bo'lgan vaqtda, xizmat ko'rsatish, aloqa qamrovi va qo'shimcha xizmatlarga tegishli bo'lgan murojaatlarni ko'rib chiqish vaqti 30 kalendar kunigacha yetishi mumkin;
  • “Ucell bilan bog'lanish” formasi yordamida bir kun ichida maksimal murojaat etishlar soni 5 tagacha cheklagan;
  • “Ucell bilan bog'lanish” formasidan barcha Internet foydalanuvchilari foydalanishlari mumkin.