Ayollarga gul bering! Shubhasiz, har bir ayol, chiroyli, suyukli va qadrli bo'lishni istaydi. Buni tasdiqlashning eng yaxshi usuli — gul sovg′a qilish. Quvonchga to′la ko′zlar va yorqin tabassumlar bahor tongining timsoliga aylandi.
Jozibali ayollarni, shuningdek, bayramona dasturxon, issiq glintveyn va Jaz musiqa guruhining jonli ijrosi kutar edi.
Kun dasturi tadbirlarga boy bo'lib, qahva san'ati bo'yicha master-klassdan boshlandi. Tajribali barista mazali qahvani qanday tayyorlashni va unda naqshlarni yaratishni namoyish etdi. Maftunkor, xushbo'y va mazali faoliyat barchaga maqul keldi.
Gullarni nafaqat sovg′a sifatida qabul qilishni, balki go'zallikni o′z qo′llari bilan yaratishni yaxshi ko'radiganlar uchun floristika bo'yicha master-klass tashkil etildi.
Tezkor mesendjerlar va SMS-xabarlar paydo bo'lishidan oldin ma'lumotni uzatishning bir usuli gullar bo′lganini bilarmidingiz. Shunday qilib, qizil atirgul his-tuyg'ular, binafsha rangdagi gul esa yuborovchining betobligi haqida xabar berardi.
Mahorat darsida ishtirokchilar gullar, maxfiy ramzlar, ranglar kombinatsiyalari haqida qiziqarli ma′lumotlarga ega bo′ldilar va kayfiyatli guldastalr yaratdilar.
Foto bloger Evgeniya Rakhimova professional suratga olish sirlari bilan o'rtoqlashdi. Mahorat darsi har bir qiz uchun foydali bo'ldi. Evgeniya o'z tajribasi bilan o'rtoqlashdi va ekspozitsiya, kontrast, yorug'lik muvozanati nima ekanligi aytib berdi, selfini tiniqlashtirish usullarini o'rgatdi.
Qator tadbirlar aksessuarlarni yaratish bo`yicha master-klass bilan yakunlandi.
Frantsuz maqoliga ko'ra, har bir ayol hech narsadan janjal, shlyapa va salat qila oladi. Charlie.uz tomonidan tashkil etilgan master-klassda ishtirokchilar o'z qo'llari bilan qiziqarli aksessuarlarni yaratishni o′rgandilar.
Bosh ofisdagi aylana 360˚ videotasvirli selfie platformasi va XX asrning 1920-yillar modasiga o`xshash texnik ofisdagi foto zona bayramning noananaviy qismi bo′ldi.
Diqqat
Iltimos, so’rov amalga oshishini kutib turing ...
Hato
Yopmoq
Sessiya vaqti tugadi. Sahifani yangilang va qayta to’ldiring
Ichki hato ro’y berdi. Keyinroq xabar qoldirishga urinib ko’ring. Rahmat!
Mobil telefon raqamini +xxx xx xxxxxxx formatida kiriting!
To’ldirilmadi
Noto’g’ri adres
Noto’g’ri parol
Xabar sarlavhasini kiriting
512 simvoldan oshmaydigan xabar kiriting!
Xabar uzunligi - 512 simvol.
%n simvol qoldi
Savol turini kiriting
Shikoyat toifasini tanlang