Kompaniya yangiliklari
Matbuot xizmati
Endi Ucell dilerlari sug'urta xizmatlarini ham taklif etadilar
15YAN2020

Endi Ucell dilerlari sug'urta xizmatlarini ham taklif etadilar



O'tgan yili 8-noyabrda"COSCOM" MChJ (Ucell savdo belgisi) va "Apex Insurance" MCHJ hamkorlik to'g'risida memorandum imzolagan edilar. Uning asosida uyali aloqa operatorining 72 dileri bilan sug'urta xizmatlarini taqdim etish to'g'risida shartnomalar tuzildi. Birinchi punkt Toshkentning Yunusobod tumanida ochildi.

Endi savdo nuqtalarida SIM-kartani sotib olish bilan birga avto sug'urtasini to`ldirish imkoniyati paydo bo'ldi.

Birinchi sug'urta xizmat ko'rsatish punkti Yunusobod tumani, Amir Temur ko'chasida, "International Hotel Tashkent" mehmonxonasi ro'parasida, "Zero To Limits" dilerlik sotuv shahobchasi oldida ochildi. Ochilish marosimida “COSCOM” MChJ nomidan:
- Doniyor Mo'minov, sotuvlar va dilerlar tarmog'ini rivojlantirish bo'limi boshlig'i;
- Kamoliddin Karimov, Toshkent shahar bo`yicha savdo xizmatlar rahbari;
- Dilshod Jo'raev, hududlar bo'yicha savdo boshqarmasi boshlig'i;
- Azamat Safaev, savdo vakili qatnashdilar.
Marosimda "Apex Insurance" sug'urta kompaniyasining bosh direktori o'rinbosari Sherzod Saidaxmetov ishtirok etdi.

Eslatib o'tamiz, bu kabi hamkorlik O'zbekistonda birinchi marotaba tuzilmoqda .
Bugungi kunda avtomobilni Toshkent shahri va Toshkent viloyatidagi 72 ta dilerlik do'konlarida sug'urta qilish mumkin.
Yil davomida ushbu imkoniyat Respublikaning boshqa hududlarida mavjud bo'ladi.

 

Yangiliklar

Kompaniya hayotidan olingan voqea va hodisalar

Karyera

Katta oilaning bir qismi bo'ling!

Ofislarimiz va dilerlarimiz manzillari

Ucellning barcha ofislari Sizning xizmatingizda!

Firibgarlikning oldini olish va Speak-up tarmog‘i

Sifatli aloqa va raqamingiz xavfsizligi!

Biz bilan bog'lanish

Ucell bilan bog'lanish

Ushbu saxifada sizga ko'rsatilayotgan xizmatlar sifati borasida o'z fikr va muloxazalaringizni bildirish, hamda sizni qiziqtirayotgan savollarga javob olishingiz mumkin.

Ko'p so'raladigan savollarga javoblarni www.ucell.uz, saytida va «FAQ» bo'limida ham topishingiz mumkin.


Sizlardan Kompaniyaga murojaat etganingizda muloqotda axloq me’yorlariga amal qilishingizni so‘raymiz. Aks holda Kompaniya bunday murojaatlarni ko‘rib chiqmaslik huquqiga ega bo‘ladi.

Xabar qoldiring:

* bilan belgilangan joylar to’ldirilishi shart
Parolni olish uchun kiritilgan telefon raqamidan *233# raqamiga qo’ng’iroq qiling va ushbu yerga kiriting
Xabar uzunligi - 512 simvol.

Diqqat!

  • O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga binoan, zarur bo'lgan vaqtda, xizmat ko'rsatish, aloqa qamrovi va qo'shimcha xizmatlarga tegishli bo'lgan murojaatlarni ko'rib chiqish vaqti 30 kalendar kunigacha yetishi mumkin;
  • “Ucell bilan bog'lanish” formasi yordamida bir kun ichida maksimal murojaat etishlar soni 5 tagacha cheklagan;
  • “Ucell bilan bog'lanish” formasidan barcha Internet foydalanuvchilari foydalanishlari mumkin.