Hozirgi kunda COVID-19 virusi to'g'risida xabardor bo'lish va uyda, ishda xavfsiz qolish juda muhimdir.
23 iyul kuni Ucell akademiyasi tarkibida kompaniya xodimlari uchun "COVID-19. Nimani bilishingiz kerak?" Veb-seminari bo'lib o'tdi. Vebinarni Ucell kompaniyasining shifokori - Yuldasheva Barno Baltabaevna olib bordi.
Barno Baltabaevna – yuqori toifali shifokor, 20 yillik ish tajribasiga ega terapevt va kardiolog. Axborot sessiyasida bir vaqtning o'zida Kompaniyaning 30 ga yaqin xodimi ishtirok etdi.
Vebinar ikkita asosiy bo′limdan iborat edi: birinchisi – o′quv qism, ikkinchi qism savol-javoblar. Ishtirokchilar kasallikning oldini olish va alomatlari haqida savollar berishdi va shifokordan tavsiyalar oldilar: sog'liqni saqlash uchun qanday profilaktik choralar ko'rish kerak.
Kompaniya shifokori uyda kasalliklarning oldini olish usullari bilan tanishtirdi. Immunitetni qo'llab-quvvatlashga yordam beradigan maslahatlar berdi. Shuningdek, davolanish va kasallikga bo′lgan yondashuv haqida ko'plab misollar keltirdi. Doktor Yo'ldoshevaning ta'kidlashicha, biron bir shubha bo'lsa, shifokor bilan maslahatlashish juda muhimdir.
Farhod Isroilov, Loyihalarni boshqarish bo'yicha mutaxassis:
– Kompaniya o'z xodimlariga g′amhorlik qilishi, mamlakatdagi epidemiologik vaziyatga ma′suliyatli munosabatda bo′lishi kata ahamiyatga ega.
Ucellning barcha ofislarida xavfsiz ishlash uchun sharoitlar o'z vaqtida yaratilgan: ko'pchilik xodimlar masofaviy ish tarziga ko'chirilgan, ofisda qolganlar esa har kuni zarur himoya vositalari bilan ta'minlanmoqda.
"COVID-19. Nimani bilishingiz kerak?" vebinari ham Kompaniyaning xodimlariga bo'lgan e'tiborining yana bir belgisidir. Savollar ko'p edi. Barno Baltabaevna barchasiga to'liq va batafsil javob berdilar. Ishonchim komilki, ko'pchilik kerakli va foydali ma'lumotga ega bo′ldi.
Axborot vebinarida qatnasha olmagan barcha xodimlar HRM tizimining yangi yechimidan foydalangan holda videoni onlayn video kutubxonasida ko'rishlari mumkin.