Kompaniya yangiliklari
Matbuot xizmati
O'zbekiston Prezidenti Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabga tashrif buyurdi
27DEK2019

O'zbekiston Prezidenti Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabga tashrif buyurdi



27 dekabr kuni O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Muhammad al-Xorazmiy nomidagi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yo'nalishini chuqur o'rganish bo'yicha ixtisoslashtirilgan umumta'lim maktabiga tashrif buyurdi.

Bu erda ilg'or o'quv dasturi uchun xonalar va shart-sharoitlardan tashqari, innovatsion metodlardan foydalangan holda fakultativ darslarni o'tkazish uchun keng imkoniyatlar yaratilgan. Ucell, Artel, ZTE va Huawei kompaniyalarining maxsus sinflari mavjud.

“COSCOM” MChJ (Ucell savdo belgisi) maktabga bir qator texnik jihozlar sovg'a qildi.

Bugun ushbu o'quv dargohi ostonasida mamlakat kelajagi bizning iqtidorli yoshlarimiz qo'lida ekanligi aniq bir kuch bilan sezamiz. Mamlakatimiz rahbariyati ta'lim sohasiga katta e'tibor qaratmoqda: yangi maktablar qurilmoqda, moddiy-texnik baza modernizatsiya qilinmoqda, o'quv jarayoni uchun zamonaviy sharoitlar yaratilmoqda. Mamlakatda ta'lim tizimi katta o'zgarishlarga duch keldi: nafaqat darsliklar tarkibida, balki tizim ham tubdan o'zgardi.



Bugungi kunga qadar Prezident maktablari Nukus, Namangan, Xiva va Toshkentda ochilgan. Prezident maktablarini tashkil etish tashabbusi jida barvaqt va zamon talabiga javob beradigan qaror edi. Ushbu innovatsion o`quv muassasalar maktablar isloxotining o`ziga hos lakomotivi bo`lib xizmat qilishiga ishonamiz.

Bunday maktablarning g`oyasi noyobdir:  Abu Ali ibn Sino, Al Xorazmiy, Abu Rayhon Beruniy va ko'plab buyuk olimlar va mutafakkirlarni dunyoga tanitgan Xorazm Ma'mun akademiyasi va Sharqiy Uyg'onish davridagi boshqa ta'lim markazlarining ulug'vor an'analarini tiklab, o'quv jarayoniga yangi texnologiyalarni jalb qilish.

“COSCOM” MChJ (Ucell savdo belgisi) Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent ixtisoslashtirilgan axborot-kommunikatsiya texnologiyalari maktabiga 19 monoblok, interfaol sensorli panel, televizor, kompyuter, virtual borlik ko`zoynaklari va boshqa jihozlarni taqdim etdi.



Vladimir Kravchenko, "COSCOM" MChJ bosh direktori v.b. (Ucell savdo belgisi):

— Bugungi kunda axborot texnologiyalari ta'lim tizimini rivojlanishining asosiy shartlaridan biri hisoblanadi. Ucell yordami bilan yangi texnologiyalar bilan jixozlangan hona Toshkentdagi Inha Universitetida ham mavjud. Yana bir loyihamiz: yaqinda ochilgan Amity universitetida ham kompyuter honasisni jixozlab berish. Biz bolalar yoshlikdan texnologiyalar bilan inoq bo`lishlarini istaymiz. Bu mamlakatimiz yoshlarining intellektual salohiyati, qiziquvchanligi va yuqori bilim faolligini ijobiy rivojlanishga yo'naltirishga imkon beradi. Kelajakda ularni qo'llab-quvvatlasga, o`qishlarida homiylik qilishga va ish joylarini taklif etishga tayyormiz Maktab o`quvchilari muvaffaqiyatli olimlar, matematiklar, astrofiziklar, aloqachilar — yangilanayotgan mamlakatga munosib fuqarolar bo'lishiga chin dildan ishonamiz.

Ucell kompaniyasi ushbu jihozlar o`quvchilarni zamonaviy kompyuterlar va innovatsion texnologiyalar olamiga jalb etishda yordam beradi, bilim va ko'nikmalarni barkamol shakllantirishga yordam beradi deb umid qilmoqda.




O'rnatish jarayoni
 
Yangiliklar

Kompaniya hayotidan olingan voqea va hodisalar

Karyera

Katta oilaning bir qismi bo'ling!

Ofislarimiz va dilerlarimiz manzillari

Ucellning barcha ofislari Sizning xizmatingizda!

Firibgarlikning oldini olish va Speak-up tarmog‘i

Sifatli aloqa va raqamingiz xavfsizligi!

Biz bilan bog'lanish

Ucell bilan bog'lanish

Ushbu saxifada sizga ko'rsatilayotgan xizmatlar sifati borasida o'z fikr va muloxazalaringizni bildirish, hamda sizni qiziqtirayotgan savollarga javob olishingiz mumkin.

Ko'p so'raladigan savollarga javoblarni www.ucell.uz, saytida va «FAQ» bo'limida ham topishingiz mumkin.


Sizlardan Kompaniyaga murojaat etganingizda muloqotda axloq me’yorlariga amal qilishingizni so‘raymiz. Aks holda Kompaniya bunday murojaatlarni ko‘rib chiqmaslik huquqiga ega bo‘ladi.

Xabar qoldiring:

* bilan belgilangan joylar to’ldirilishi shart
Parolni olish uchun kiritilgan telefon raqamidan *233# raqamiga qo’ng’iroq qiling va ushbu yerga kiriting
Xabar uzunligi - 512 simvol.

Diqqat!

  • O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga binoan, zarur bo'lgan vaqtda, xizmat ko'rsatish, aloqa qamrovi va qo'shimcha xizmatlarga tegishli bo'lgan murojaatlarni ko'rib chiqish vaqti 30 kalendar kunigacha yetishi mumkin;
  • “Ucell bilan bog'lanish” formasi yordamida bir kun ichida maksimal murojaat etishlar soni 5 tagacha cheklagan;
  • “Ucell bilan bog'lanish” formasidan barcha Internet foydalanuvchilari foydalanishlari mumkin.