Kompaniya yangiliklari
Matbuot xizmati
Ucell – Vestminster universitetidagi laboratoriya
30DEK2020

Ucell – Vestminster universitetidagi laboratoriya



30-dekabr. Toshkent xalqaro Vestminster universiteti (TXVU).

Bugun TXVU da yangi Ucell-laboratoriya loyihasining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Ucell-laboratoriya – COSCOM MChJ (Ucell savdo belgisi) va Toshkent xalqaro Vestminster universiteti (TXVU)ning yosh iste'dodlarni rivojlantirish va bo‘lajak mutaxassislar salohiyatini oshirishga qaratilgan qo‘shma loyiha.
 
Joriy yilning avgust oyida Ucell kompaniyasi va TXVU o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolangandi. Mazkur memorandum o‘zaro hamkorlik strategiyasini ishlab chiqishda poydevor vazifasini o‘tadi: yaqin kelajakda amalga oshiriladigan asosiy bosqichlar belgilab olindi. Universitetning yangi binosi asosida Ucell-laboratoriya loyihasini amalga oshirish ustuvor vazifalardan biri edi. Ucell-laboratoriya – axborot va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasi, shuningdek, menejment va marketing yo‘nalishida tajriba almashish hamda bilim olish imkoniyati.
 


Farhod Nurmuhamedov, «COSCOM» MChJ Bosh direktori o‘rinbosari:
– Bugun biz – Ucell jamoasi yangi loyihaning ochilish marosimida turibmiz. Oramizda Kompaniyaning yetakchi lavozimlarida mehnat qilayotgan Vestminister bitiruvchilari ko‘p. Biroq biz 28-avgustda imzolagan va ayni paytda ish olib borayotgan memorandumning maqsadlari Ucell yoki AKT sohasi uchun kadrlar tayyorlash bilan cheklanib qolmaydi. Hozir ta’kidlashning mavridi bo‘lmasa-da aytay, biz yurtimizning ijtimoiy ahamiyatga ega loyihalarida qatnashdik va qatnashishda davom etmoqdamiz. Negaki, biz qilayotgan barcha ishlar hamma uchundir. Xuddi shunday Ucellning Vestminster universiteti rivojiga qo‘shayotgan hissasi butun O‘zbekiston va barcha sohalarda kuchli kadrlarni tayyorlashga xizmat qiladi. “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili” deb e’lon qilingan yangi – 2021-yil arafasida yangi Ucell-лаборатория loyihasining ochilishi biz uchun yanada muhim ahamiyat kasb etadi.
 


Bahrom Mirqosimov, TXVU rektori:
 – Toshkent xalqaro Vestminster universitetining maqsadi – O‘zbekiston, umuman, Markaziy Osiyoning ijtimoiy-iqtisodiy va kasbiy rivojlanishiga hissa qo‘shadigan xalqaro ta’lim standartlari hamda ilmiy-tadqiqot imkoniyatlarini ta’minlashdan iborat. Yangi O‘zbekiston bilim berish va ta’lim olishning yangi metodlarini talab etadi. Ucell-laboratoriya loyihasi talabalar va o‘qituvchilar uchun yangi ta’limiy, ilmiy va innovatsion imkoniyatlarni taqdim etadi. Bu mobil aloqa tarmoqlarini boshqarish va innovatsion yechimlarni yetkazib berishda bilim va ko‘nikmalarni amaliy jihatdan qo‘llash imkonini beruvchi platforma. 2021 yil — Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili deb e’lon qilindi. Ucell-лаборатория telekommunikatsiya sohasida yosh mutaxassislarning bilimini yanada mustahkamlashga katta yordam beradi.
 
TXVU bilim berish, ta’lim va ilmiy-tadqiqot faoliyatini innovatsion yechimlar orqali integratsiya qilishda o‘qituvchi va talabalar uchun noyob imkoniyatlarni yaratmoqda. Universitet Markaziy Osiyo va boshqa mintaqalardagi yetakchi kompaniyalar bilan hamkorlikda talabalarga malaka oshirish hamda ishga joylashish imkoniyatlarini taqdim etadi. SAP kompaniyasi (Germaniya) bilan hamkorlikda yaratilgan Innovatsion tadbirkorlik laboratoriyasi (innoWIUT Entrepreneurship Lab) xalqaro darajadagi yuqori malakali kadrlarni tayyorlash, shuningdek, zamonaviy AKT va innovatsion biznes yechimlar sohasida amaliy tadqiqot faoliyatini kengaytiradigan platforma bo‘lib xizmat qiladi. Karyerani rivojlantirish markazi (Career Centre) – talaba va bitiruvchilarnining ishga joylashishiga ko‘maklashuvchi platforma. Hozirga kelib 400 dan ortiq xususiy va jamoat tashkilotlari bilan hamkorlik o‘rnatilgan. Diqqatga sazoaor yana bir muhim fakt: o‘tgan yili TXVU bitiruvchilarining 90 foizi universitetni bitirganidan keyin uch oy ichida ishga joylashdi.
 
Ucell bilan hamkorlikdagi Laboratoriya loyihasi telekommunikatsiyalar sohasida «professionallar fabrikasi»ni yaratishga poydevor bo‘lib xizmat qiladi. Hozirda laboratoriya ma'ruzalar, taqdimotlar, trening va seminarlar hududi, mustaqil bilim olish va o‘zini o‘zi rivojlantirish, shuningdek, kreativ fotozona kabilarni o‘z ichiga oladi.
 


Laboratoriyada interaktiv va ko‘p tarmoqli ta'limning yangi tendensiyalari ko‘zda tutilgan: videomateriallarni ko‘rsatuvchi ekran, maxsus interaktiv elektron doska (whiteboard), kitob almashish javonlari (book crossing). Bularning barchasi ijobiylik hamda yaxshi kayfiyat quvvati bilan to‘lib-toshgan: ijobiy emosiyalar ma'lumotni yaxshiroq o‘zlashtirishga va samarali ta’lim olishga yordam beradi. Laboratoriya auditoriyasining transformasion xususiyati yirik tadbirlar bilan bir qatorda, kichik guruhlarda vorkshoplar ham o‘tkazish imkonini beradi.  Bundan tashqari, xonalarning ekologik jihatiga ham e'tibor qaratilgan – ko‘plab tabiiy o‘simliklar kislorod muvozanatini saqlab turadi.
 
Bugun hamkorlikning kelgusi bosqichlari ham muhokama qilindi. Yangi 2021-yilda ham tajriba almashish, yoshlarning axborot hamda telekommunikatsiya texnologiyalari sohasiga qiziqishini rivojlantirish maqsadida Ucell xodimlari bilan talabalarning uchrashuvlarini o‘tkazish tajribasi davom ettiriladi. Bu kabi muntazam uchrashuvlar talabalarga Kompaniya faoliyati bilan yaqindan tanishish va Ucell da amaliyot o‘tash uchun muvaffaqiyatli nomzod bo‘lish imkoniyatini beradi.

Bizni kuzatib boring: TelegramInstagramFacebookTwitterOkVkYoutubeMover
 

Yangiliklar

Kompaniya hayotidan olingan voqea va hodisalar

Karyera

Katta oilaning bir qismi bo'ling!

Ofislarimiz va dilerlarimiz manzillari

Ucellning barcha ofislari Sizning xizmatingizda!

Firibgarlikning oldini olish va Speak-up tarmog‘i

Sifatli aloqa va raqamingiz xavfsizligi!

Biz bilan bog'lanish

Ucell bilan bog'lanish

Ushbu saxifada sizga ko'rsatilayotgan xizmatlar sifati borasida o'z fikr va muloxazalaringizni bildirish, hamda sizni qiziqtirayotgan savollarga javob olishingiz mumkin.

Ko'p so'raladigan savollarga javoblarni www.ucell.uz, saytida va «FAQ» bo'limida ham topishingiz mumkin.


Sizlardan Kompaniyaga murojaat etganingizda muloqotda axloq me’yorlariga amal qilishingizni so‘raymiz. Aks holda Kompaniya bunday murojaatlarni ko‘rib chiqmaslik huquqiga ega bo‘ladi.

Xabar qoldiring:

* bilan belgilangan joylar to’ldirilishi shart
Parolni olish uchun kiritilgan telefon raqamidan *233# raqamiga qo’ng’iroq qiling va ushbu yerga kiriting
Xabar uzunligi - 512 simvol.

Diqqat!

  • O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga binoan, zarur bo'lgan vaqtda, xizmat ko'rsatish, aloqa qamrovi va qo'shimcha xizmatlarga tegishli bo'lgan murojaatlarni ko'rib chiqish vaqti 30 kalendar kunigacha yetishi mumkin;
  • “Ucell bilan bog'lanish” formasi yordamida bir kun ichida maksimal murojaat etishlar soni 5 tagacha cheklagan;
  • “Ucell bilan bog'lanish” formasidan barcha Internet foydalanuvchilari foydalanishlari mumkin.