Kompaniya yangiliklari
Matbuot xizmati
Ucell Toshkentda 5G tarmog‘ini ishga tushiradi
14APR2021

Ucell Toshkentda 5G tarmog‘ini ishga tushiradi



Ucelldan 5G tezligini sinab ko‘rishga tayyormisiz? Ucell kompaniyasi O‘zbekistonda birinchi bo‘lib beshinchi avlod tarmog‘ini ishga tushirayotganini xabar qilishimizdan xursandmiz, u orqali siz nafaqat bu tarmoqni sinovdan o‘tkazishingiz, balki undan doimiy foydalanishingiz mumkin bo‘ladi. Bundan tashqari, bugungi kunda 2500 ga yaqin Ucell abonentlari 5G texnologiyasini qo‘llab-quvvatlovchi gadjetlarni ishlatib kelishmoqda.
5G tarmog‘i butun dunyoda jadal rivojlanib, iqtisodiyotning turli sohalariga qo‘shimcha qiymat olib kelmoqda.

Beshinchi avlod aloqasi — bu shunchaki tezkor Internet emas, balki umuman boshqacha sifatdagi xizmatlar va umuman yangicha hayot tarzi. Uyali aloqaning real sharoitlarida olingan 5G tezligi taxminan 1 Gbit/sni tashkil qiladi. SpeedTest servisi yordamida o‘tkazilgan o‘lchovlar bu tarmoq tezligini 1,3 Gbit/s gacha ko‘rsatdi. Bu shuni anglatadiki, ma’lumotlar uzatish tezligi 4G dan 10-100 baravar tezroq. Bundan tashqari, tarmoq ma’lumotlarni yuklab olish uchun juda kam vaqt sarflaydi va sun’iy intellekt ham virtual reallikni eng yaxshi qo‘llab-quvvatlashni taklif etadi.



Sergey Melnikov, Bosh direktorning texnik masalalar bo‘yicha o‘rinbosari v.b.:

—Ucell Kompaniyasi O’zbekistonda ilk bor 5G aloqasini Tashkent City hududida ishga tushirdi. Biz o‘rnatgan innovatsion baza stansiyalari 500 metr radiusda ishonchli qamrovni ta’minlay olishi mumkin bo‘ladi. Ucell bugungi kunda eng mashhur CBand chastota diapazonidan foydalanmoqda. Diapazon 5G qurilmasining barcha yirik ishlab chiqaruvchilari tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi va keng qamrovni egallaydi, uning sig‘imi katta, ya’ni bir vaqtning o‘zida ko‘plab qurilmalar ishlashi mumkin.

Texnik ta’minot va O‘zbekiston bozorida beshinchi avlod tarmog‘ini tatbiq etishni qo‘llab-quvvatlash masalalarida Ucell AKT yechimlari sohasida jahon yetakchisi bo‘lgan Huawei ning ko‘p yillik tajribasiga tayangan. Xitoy allaqachon butun mamlakat bo‘ylab 160 million 5G ulanishini qo‘llab-quvvatlovchi 600 mingdan ortiq tayanch stansiyalarni o‘rnatgan. 5G xizmatlarining keng spektri 20 dan ortiq sohalarda qo‘llaniladi.



Chju Szyunglyang, Huawei ning O‘zbekistondagi direktor o‘rinbosari:

— Biz Ucell aloqa operatori uchun 5G tijorat tarmog‘ini ishga tushirishda va shu bilan O‘zbekiston aholisiga beshinchi avlod tarmoqlari tajribasi bilan tanishish imkoniyatini taqdim etishda ishtirok etayotganimizdan mamnunmiz. 5G texnologiyalari odamlar turmush tarzi va muloqot qilish shaklini o‘zgartirishga qodir, shuningdek, tarmoq iste’mol bozoridan tashqarida ham qo‘shimcha qiymat yarata oladi, chunki 5G xizmatlaridan iqtisodiyotning turli sohalari, jumladan elektr energiyasi, tog‘-kon sanoati, ishlab chiqarish, sog‘liqni saqlash, ta’lim, aqlli va xavfsiz shaharlar yaratishda foydalanish mumkin.
Beshinchi avlod tarmog‘ining tijoriy ishga tushirilishi sharafiga Ucell o‘z abonentlariga aksiya taklif qiladi: 5G qamrov zonasida cheksiz Internet 5 kun muddatga 5 ming so‘mdan.



Timur Yadgarov, Mobil internetni rivojlantirish bo‘limi boshlig‘i:

— Xizmatni yoqish uchun abonent kompaniyaning xizmat ko‘rsatish ofislaridan biriga yoki Call-markazga murojaat qilishi kifoya. Ro‘yxatdan o‘tgandan so‘ng, abonentlarga tarmoqqa ulanish taklifi bilan SMS-xabar keladi. Biz 5G qurilmalari bilan stendni Tashkent Cityda o‘rnatamiz, bu yerda har bir foydalanuvchi imkoniyatlar farqini — «og‘ir» kontentni yuklab olish tezligini, 4K sifatli videolarni tomosha qilishni, virtual va kengaytirilgan reallik xizmatlarini taqqoslash imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Kompaniya 5G zonalari sonini bosqichma-bosqich oshirib boradi: Ucell bilan birgalikda yangiliklar to‘lqinida bo‘ling.



Ma’lumot:
2019 yildan beri foydalanuvchi bazasi va 5G tarmoqlaridagi tijorat maqsadlarida foydalaniladigan qurilmalar soni keskin oshdi. 2020 yil oxiriga kelib 5G moslamalarini qo‘llab-quvvatlaydigan 380 qurilma jahon bozoriga chiqdi — bu o‘tgan yilga nisbatan 8 baravar ko‘p. 5G uyali aloqa foydalanuvchilari 220 millionga, simsiz keng polosali ulanish 1,05 millionga o‘sdi, bu o‘tgan yilga nisbatan 17 va 21 baravar ko‘p degani. 5G ni qo‘llab-quvvatlaydigan telefonlarining narxi ham sezilarli darajada pasaymoqda. Bozorda 150 dollardan past narxga ega qurilmalar allaqachon paydo bo‘lgan, shuningdek, 300 dollardan past narx oralig‘idan 30 ga yaqin variant mavjud. Tarmoq kengayib, foydalanuvchi bazasi o‘sib borishi bilan 5G quvvatlanadigan mobil telefonlarning ekotizimi kelgusi ikki yil ichida 4G kabi yuqori bo‘ladi.

 

Yangiliklar

Kompaniya hayotidan olingan voqea va hodisalar

Karyera

Katta oilaning bir qismi bo'ling!

Ofislarimiz va dilerlarimiz manzillari

Ucellning barcha ofislari Sizning xizmatingizda!

Firibgarlikning oldini olish va Speak-up tarmog‘i

Sifatli aloqa va raqamingiz xavfsizligi!

Biz bilan bog'lanish

Ucell bilan bog'lanish

Ushbu saxifada sizga ko'rsatilayotgan xizmatlar sifati borasida o'z fikr va muloxazalaringizni bildirish, hamda sizni qiziqtirayotgan savollarga javob olishingiz mumkin.

Ko'p so'raladigan savollarga javoblarni www.ucell.uz, saytida va «FAQ» bo'limida ham topishingiz mumkin.


Sizlardan Kompaniyaga murojaat etganingizda muloqotda axloq me’yorlariga amal qilishingizni so‘raymiz. Aks holda Kompaniya bunday murojaatlarni ko‘rib chiqmaslik huquqiga ega bo‘ladi.

Xabar qoldiring:

* bilan belgilangan joylar to’ldirilishi shart
Parolni olish uchun kiritilgan telefon raqamidan *233# raqamiga qo’ng’iroq qiling va ushbu yerga kiriting
Xabar uzunligi - 512 simvol.

Diqqat!

  • O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga binoan, zarur bo'lgan vaqtda, xizmat ko'rsatish, aloqa qamrovi va qo'shimcha xizmatlarga tegishli bo'lgan murojaatlarni ko'rib chiqish vaqti 30 kalendar kunigacha yetishi mumkin;
  • “Ucell bilan bog'lanish” formasi yordamida bir kun ichida maksimal murojaat etishlar soni 5 tagacha cheklagan;
  • “Ucell bilan bog'lanish” formasidan barcha Internet foydalanuvchilari foydalanishlari mumkin.