
Ucell mobil ilovasi: sakkiz million abonent uzoq kutgan yangilik.
“COSCOM” MCHJ (Ucell savdo belgisi) abonentlar tomonidan eng uzoq kutilgan mahsulot — mobil ilovani ishga tushirmoqda. U istalgan vaqt va istalgan joyda abonent raqamini mustaqil boshqarish imkoniyatini beradi.
Ilova yordamida foydalanuvchilar har doim quyidagi imkoniyatlarga ega bo‘ladi:
-
balansni kuzatish va to‘ldirish;
-
megabaytlar, minutlar va smslar sonini tekshirish;
-
tarif rejasini o‘zgartirish;
-
qo‘shimcha xizmatlarni yoqish va o‘chirish;
-
raqam bo‘yicha batafsil ma’lumotlarni olish, shuningdek, xarajatlar va hisobdan pul yechish tarixini monitoring qilish.
Ilova nafaqat tarif, xizmatlarni yoqish va monitoring qilish funksiyasini, balki to‘lov tizimlari funksiyalarini ham bajaradi. Abonentlar boshqa xizmatlarga kirmagan holda to‘lov amalga oshirishlari mumkin. Ucell mobil ilovasi kommunal xizmatlar uchun to‘lovni amalga oshirish va O‘zbekiston Respublikasi ichida kartadan kartaga pul o‘tkazish imkoniyatini beradi.
Qo‘shimcha afzallik: mamlakatimizning barcha mobil operatorlari hisobini to‘ldirish uchun
komissiya 0%.
Ushbu Ilovani Android va iOS platformalarida
quyidagi havola orqali yuklab olish mumkin. Foydalanuvchilarga cheksiz imkoniyatlar va qulayliklar yaratish uchun ilova muntazam ravishda yangilanib boriladi. Savol va takliflarni “Yordam” bo‘limida qoldirish mumkin.
Ucell kompaniyasi har doim har bir inson uchun hayotning yuqori sifatini yaratish maqsadida innovatsiyalarni joriy etishdan to‘xtamaydi.