Kompaniya yangiliklari
Matbuot xizmati
Ucell Termizda 1070 ta daraxt ekdi
09APR2021

Ucell Termizda 1070 ta daraxt ekdi



Ucell tomonidan Termizda o'tkazilayotgan ikkinchi ekologik aksiya. Kecha va bugun Termizda 1070 ta daraxt, jumladan 500 tup hind nastarini, 500 tup katalpa va 70 tup bagryannik ko'chatlari ekildi.

Ushbu mavsum daraxt ekishga juda boy bo'ldi. 2021 yil boshidan buyon Ucell 1720 ta daraxt ekib, uchta eko-aksiyani o'tkazishga ulgurdi.

Birinchi aksiya Toshkent viloyatining O'rtachirchiq tumanida joylashgan va Kompaniya tomonidan otalikga olingan Axborot texnologiyalarini chuqur o'rganishga ixtisoslashtirilgan 3-sonli maktabga o’tkazildi. Navro'z bayrami arafasida 170 tub nastarin nihollari, 40 ta pavlovniya va 10 ta kashtan ko'chatlari ekildi.
O'tgan hafta Qarshida yana bir aksiya tashkil etildi va  500 ta Eldar qarag'aylari ekildi.



O'tgan yilning kuzida Al-Hakim at-Termiziy va Abu Iso at-Termiziy tavalludining 1200 yilligi sharafiga 1200 ta kashtan daraxtlari ekilgan edi. Birinchi keng miqyosli ekologik kampaniya edi.

Bugun Termizning Islom Karimov, Istiklol, Barkamol avlod va At Termiziy ko'chalarida Ucelldan mingta yangi ko'chatlar ekildi.



Bobir Xasanov, "Ucell-Termiz" mintaqaviy ofis direktori:

— Bu Ucell tomonidan Termizda o'tkazilayotgan ikkinchi ekologik aksiya. O'tgan yili shahar, hozirda ildiz otgan va birinchi barglarini chiqargan, 1200 kashtan bilan boyigan. Termizni obodonlashtirishni davom ettirishga va'da bergan edik va so'zimiz ustidan chiqdik. Termizni obodonlashtirish bo'limi agronomlari bilan maslahatlashib, ikki turdagi ko’chatlarni tanladik: hind nastarini va katalpa. Katalpa deyarli baland o'sadi. Daraxtlar soyasi tufayli havo haroratini bir necha darajaga pasaytiradi, bu soyada issiqlik 50 darajadan yuqori bo'ladigan mintaqamizning an'anaviy issiq iqlimi uchun juda muhimdir.



Fayzullaev Asadullo, Termiz shahar obodonlashtirish bo'limi muhandisi:

— Bugun atrof-muhitni va yashil infratuzilmani muhofaza qilish masalalariga doimiy e'tibor qaratish har doimgidan ham muhimroq. So'nggi yillarda butun dunyo hamjamiyati tomonidan ekologiya masalasi keng muhokama qilinmoqda. Ko'kalamzorlashtirish masalasi O'zbekiston xalqi uchun yangilik emas, balki madaniyatning va davlat siyosatining bir qismi. Ucell kompaniyasi kabi mas'uliyatli tashkilotlar atrof-muhitni muhofaza qilib, xayriya eko aktsiyalarini tashkil etayotgani va daraxtlar ekayotganini odamni hursand qiladi. Ishonchim komilki, Ucell amaliyoti yaxshi namunaga aylanadi va fuqarolarning tabiiy resurslarni saqlash uchun javobgarligini oshiradi.


Daraxtlarni ekish — atmosferada karbonat angidrid hajmani kamaytirishning eng yaxshi usuli. Bitta katta daraxt o'n kilogrammgacha karbonat angidridni bog'laydi, besh kilogrammgacha havoni ifloslantiruvchi moddalarni yutadi va yiliga 130 kilogrammgacha kislorod chiqaradi.

Ko'kalamzorlashtirish aksiyalarini va bog’larni kengaytirish bo’yicha ishlar mamlakatning yashil infratuzilmasini ko'payishiga hissa qo’shadi deb umid qiladi Ucell.


 

Yangiliklar

Kompaniya hayotidan olingan voqea va hodisalar

Karyera

Katta oilaning bir qismi bo'ling!

Ofislarimiz va dilerlarimiz manzillari

Ucellning barcha ofislari Sizning xizmatingizda!

Firibgarlikning oldini olish va Speak-up tarmog‘i

Sifatli aloqa va raqamingiz xavfsizligi!

Biz bilan bog'lanish

Ucell bilan bog'lanish

Ushbu saxifada sizga ko'rsatilayotgan xizmatlar sifati borasida o'z fikr va muloxazalaringizni bildirish, hamda sizni qiziqtirayotgan savollarga javob olishingiz mumkin.

Ko'p so'raladigan savollarga javoblarni www.ucell.uz, saytida va «FAQ» bo'limida ham topishingiz mumkin.


Sizlardan Kompaniyaga murojaat etganingizda muloqotda axloq me’yorlariga amal qilishingizni so‘raymiz. Aks holda Kompaniya bunday murojaatlarni ko‘rib chiqmaslik huquqiga ega bo‘ladi.

Xabar qoldiring:

* bilan belgilangan joylar to’ldirilishi shart
Parolni olish uchun kiritilgan telefon raqamidan *233# raqamiga qo’ng’iroq qiling va ushbu yerga kiriting
Xabar uzunligi - 512 simvol.

Diqqat!

  • O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga binoan, zarur bo'lgan vaqtda, xizmat ko'rsatish, aloqa qamrovi va qo'shimcha xizmatlarga tegishli bo'lgan murojaatlarni ko'rib chiqish vaqti 30 kalendar kunigacha yetishi mumkin;
  • “Ucell bilan bog'lanish” formasi yordamida bir kun ichida maksimal murojaat etishlar soni 5 tagacha cheklagan;
  • “Ucell bilan bog'lanish” formasidan barcha Internet foydalanuvchilari foydalanishlari mumkin.