Kompaniya yangiliklari
Matbuot xizmati
Ucell. Joylarda abonentlar muammolari tezkorlik bilan yechim topmoqda
29OKT2019

Ucell. Joylarda abonentlar muammolari tezkorlik bilan yechim topmoqda



Bugungi kunda (“Ucell” savdo belgisi ostida) “COSCOM” MChJ 7, 5 milliondan ortiq abonentlarga xizmat ko’rsatib kelmoqda. Kompaniya tomonidan har bir taklif etilib kelinayotgan yangi mahsulot yoki qo’shimcha xizmat bu Kompaniyadagi barcha bo’linmalarning bahamjihatlik bilan amalga oshirgan ishining natijasidir. Har kuni Kompaniyaning yuqori malakali mutaxassislarini o’z ichiga olgan jamoasi innovatsion texnologiyalarni mamlakatimiz turli burchaklarida joriy etish maqsadida faoliyat olib boradilar. Bunga iste’molchilarning murojaatlari bilan bog’liq doimiy ravishda joylarga tashrif buyurishlar ham o’z xissasini qo’shib kelmoqda.

Aloqa va axborotlashtirish bozori dunyo bo’yicha va milliy iqtisodiyotning istiqbolli hamda jadal rivojlanib kelayotgan asosiy sohalardan biri bo’lib qolmoqda. Zamonaviy dunyoda telekommunikatsiyalar tizimni tashkil etuvchi soha sifatida ahamiyatga ega deb ta’kidlashimiz to’g’ri bo’ladi. Telekommunikatsiyalarni rivojlanishi barqaror rivojlanish manbai sifatida to’g’ri qabul qilinadi. Aynan shu sabab, bugungi kunda telekommunikatsiyalar zamonaviy jamiyat hayotida ijobiy o’zgarishlarga olib keladigan hal qiluvchi omillardan biri sifatida tan olingan.

O’zbekistonda telekommunikatsiya bozorida, bu ayniqsa so’ngi yillarda kuzatilmoqda, iqtisodiyotni rivojlanishiga va aholi ijtimoiy-iqtisodiy hayotini yaxshilanishiga alohida ahamiyat berilib kelinmoqda. Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalar tizimida olib borilayotgan ishlar taxliliga hamda sohani jadal rivojlantirish bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlarni aniqlashga bag’ishlangan yig’ilishda davlatimiz Prezidenti Shavkat Mirziyoev “Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalar barcha sohalarni jadal rivojlanishiga yordam beradi va odamlarga qulayliklar yaratadi” deb ta’kidlagan edilar.



O’zbekiston uyali aloqa bozorida iste’molchilar uchun raqobatli kurash olib borayotgan beshta operator faollik bilan o’z ishini olib bormoqda. Shubhasiz, uyali aloqa taraqqiy etishidagi yuksalishning asosiy omili bu texnologiyalarni takomillashishi va raqobat rivojidir. Har bir kompaniya bir xil texnik va texnologik asbob-uskunalar bilan jihozlangan bo’lib, hattoki bir xil narxlash siyosatiga ega bo’lgan sharoitlarda, kompaniyalarning yangi marketing tashabbuslariga, iste’molchilarning xohish va istaklarini o’rganilishiga katta e’tibor berilmoqda.

Bugungi kunda (“Ucell” savdo belgisi ostida) “COSCOM” MChJ 7, 5 milliondan ortiq abonentlarga xizmat ko’rsatib kelmoqda. Kompaniya tomonidan har bir taklif etilib kelinayotgan yangi mahsulot yoki qo’shimcha xizmat bu Kompaniyadagi barcha bo’linmalarning bahamjihatlik bilan amalga oshirgan ishining natijasidir. Kompaniyaning Toshkent va Farg’onadagi oyiga millionlab qo’ng’iroqlarni qabul qiladigan Call-markazlari ko’p holatlardan xabardor bo’lishga yordam beradi. Ishonch telefoni tunu-kun ishlaydi va abonentlar unga bepul qo’ng’iroq qilishlari mumkin. Har kuni Call-markaz operatorlari abonentlar bilan to’g’ridan – to’g’ri muloqotda bo’lib, “virtual kotib” xizmatini taqdim etib keladilar.

Call-markaz orqali kelib tushadigan axborotdan tashqari, Kompaniya mutaxassislari O’zbekistonning barcha aholi punktlarida aloqa va xizmat sifatini doimiy ravishda sinovdan o’tkazib kelmoqda.
Har kuni Kompaniyaning yuqori malakali mutaxassislarini o’z ichiga olgan jamoasi innovatsion texnologiyalarni mamlakatimiz turli burchaklarida joriy etish maqsadida faoliyat olib boradilar. Bunga iste’molchilarning murojaatlari bilan bog’liq doimiy ravishda joylarga tashrif buyurishlar ham o’z xissasini qo’shib kelmoqda. Uyali aloqa abonentlari bilan muloqotning odatiy qarashlarini o’zgartirgan holda, “Ucell” Kompaniyasi har doimgidek davlatimizdagi raqamli texnologiyalar bo’yicha yo’l ko’rsatuvchi maqomini tasdiqlaydi.

Mijozlarga g’amxo’rlik ularni tinglashdan boshlanadi. “Ucell” Kompaniyasi Bosh direktor vazifasini bajaruvchi Vladimir Kravchenkodan ibrat olib, Kompaniya mintaqaviy filiallar rahbariyati yordam so’rab murojaat etgan abonentlar bilan doimiy ravishda uchrashib turadilar. Abonentlar bilan uchrashuvlardan asosiy maqsad bu murojaatlarni o’rganish bilan hozirgi aloqa sifatini yaxshilash. Quyida mutaxassislarimiz tashrif buyurgan bir nechta manzillar keltirilgan:
• Qoraqalpog’iston Respublikasi. Qanliko’l tumani “Boston” QFY.
• Andijon viloyati. Qo’rg’ontepa tumani “Navro’z” QFY va Ulug’nor tumani “Mingbuloq” QFY.
• Jizzax viloyati. Forish tumani “Qizilqum” va “Qoratosh” QFY.
• Buxoro viloyati. Qorako’l tumani “Xo’jalar” QFY. Forish tumani Fayziobod ko’chasi.
• Qashqadaryo viloyati. Nishon tumani “Shirinobod” QFY.
• Namangan viloyati. Yangiqo’rg’on tumani “Qizil yozi” QFY. Namangan shahri Islom Karimov va Kosonsoy ko’chalari.
• Samarqand viloyati. Ishtixon tumani “Beshbola” mahallasi, Qo’shrabot tumani “Qiyqim” QFY va Kattaqo’rg’on shahri.
• Sirdaryo viloyati. Yangiyer shahri “Binokor” mahallasi, Mirzaobod tumani “Baxoriston” QFY.
• Farg’ona viloyati. Furqat tumani “Chilgijiyda” QFY, “Jangketmon” QFY va “Navbahor” QFY, Quva tumanidagi “Akbarobod” QFY va Farg’ona shahri “Sulxtepa” mahallasi.
• Xorazm viloyati. Yangiariq tumani “Ostona” shaharchasi.

Joylardagi har bir uchrashuvlardan so’ng, mobil aloqani yaxshilash bo’yicha aniq amaliy choralar ko’rilmoqda. Texnologik uskunalar o’rnatilib, sozlash ishlari olib borilmoqda, yangi tarif va xizmatlar ishlab chiqilmoqda.
O’tkazilgan uchrashuvlar natijasidan bir misol: 18 oktyabrdan Farg’ona, Qashqadaryo, Surxandaryo va Sirdaryo viloyatlarida qulay abonent to’lovini o’z ichiga olgan “Marhamat” nomli yangi tarif rejasini joriy etilishi.



Yarim yil ichida Kompaniya “ZTE” va “Huawei” Xitoylik hamkorlari bilan birgalikda O’zbekistonning yettita viloyatida mavjud 4G bazasini zamonaviylashtirish bo’yicha 40 milliondan ortiq AQSh dollarlik katta hajmdagi ishlarni amalga oshirdi. Yil oxirigacha barcha viloyatlarda 4G aloqa ishga tushiriladi. 2020 yilning oxiriga kelib, “Ucell”ning barcha tayanch stansiyalari ushbu texnologiyalar asosida ishlaydi. Yaqin kelajakda mijozlar mobil internet tezligi oshganligini amalda ko’rib, ishonch hosil qilishi mumkin.

Kelgusi yilda mamlakatimizning chekka hududlarida ham aloqa sifatini oshirish uchun yangi tayanch stantsiyalarni qurish, ularni texnik jihozlash Kompaniya rejasida bor.
Eslatib o’tish joizki, “Ucell” Kompaniyasi Davlat Soliq Qo’mitasi tomonidan mamlakatimizdagi eng yirik soliq to’lovchisi sifatida qayd etilgan.

“Ucell” mutaxassislari doimo har bir abonent fikrini tinglab, inobatga olishga harakat qilishadi. Mamlakatdagi eng yirik uyali aloqa operatorlaridan biri bo’lgan “Ucell” Kompaniyasi joriy etilib kelinayotgan zamonaviy texnologiyalar yordamida hayotning eng yaxshi tarafi hamma joyda va barcha uchun foydali bo’lishiga intiladi.
 
Yangiliklar

Kompaniya hayotidan olingan voqea va hodisalar

Karyera

Katta oilaning bir qismi bo'ling!

Ofislarimiz va dilerlarimiz manzillari

Ucellning barcha ofislari Sizning xizmatingizda!

Firibgarlikning oldini olish va Speak-up tarmog‘i

Sifatli aloqa va raqamingiz xavfsizligi!

Biz bilan bog'lanish

Ucell bilan bog'lanish

Ushbu saxifada sizga ko'rsatilayotgan xizmatlar sifati borasida o'z fikr va muloxazalaringizni bildirish, hamda sizni qiziqtirayotgan savollarga javob olishingiz mumkin.

Ko'p so'raladigan savollarga javoblarni www.ucell.uz, saytida va «FAQ» bo'limida ham topishingiz mumkin.


Sizlardan Kompaniyaga murojaat etganingizda muloqotda axloq me’yorlariga amal qilishingizni so‘raymiz. Aks holda Kompaniya bunday murojaatlarni ko‘rib chiqmaslik huquqiga ega bo‘ladi.

Xabar qoldiring:

* bilan belgilangan joylar to’ldirilishi shart
Parolni olish uchun kiritilgan telefon raqamidan *233# raqamiga qo’ng’iroq qiling va ushbu yerga kiriting
Xabar uzunligi - 512 simvol.

Diqqat!

  • O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga binoan, zarur bo'lgan vaqtda, xizmat ko'rsatish, aloqa qamrovi va qo'shimcha xizmatlarga tegishli bo'lgan murojaatlarni ko'rib chiqish vaqti 30 kalendar kunigacha yetishi mumkin;
  • “Ucell bilan bog'lanish” formasi yordamida bir kun ichida maksimal murojaat etishlar soni 5 tagacha cheklagan;
  • “Ucell bilan bog'lanish” formasidan barcha Internet foydalanuvchilari foydalanishlari mumkin.