Kompaniya yangiliklari
Matbuot xizmati
Ucell ayollar ijtimoiy moslashuv markazlarini qo`llamoqda
11FEV2020

Ucell ayollar ijtimoiy moslashuv markazlarini qo`llamoqda



O'zining 20 yilligi munosabati bilan Ucell-Buxoro ofisi maxsus SIM-kartalar bilan jihozlangan 12 ta USB-modemlarni ayollar ijtimoiy moslashuv markazlariga topshirdi.

O'tgan yili bahorda, mamlakatimiz rahbari Buxoro viloyatiga tashrifi davomida xotin-qizlar orasida bandsizlik muammolarini hal qilish zarurligini ta'kidlagan edi. Shu maqsadda ayollar ijtimoiy moslashuvi markazlari tashkil etildi. Ular qiyin vaziyatga tushib qolgan ayollar va bolalarga tibbiy, psixologik va huquqiy yordam ko'rsatishga qaratilgan.



A`zam Bobojonov, viloyat hokimligi apparati bosh mutaxassisi:

— Ayollar ijtimoiy moslashuv markazlari kam ta`minlangan va bandsiz hotin-qizlarni kasbga o`rgatadigan joy. Bir-ikki oylik o`quv kurslari orqali tikuvchilik, pishiriqchilik, kompyuter savodhonligi va boshqa yo`nalishlarda ularni o`qitib, ulardan kadr tayyorlab, bandligini ta`mirlab beramiz.
Bizning tashkilotni Ucellga qanday aloqasi bor? Muassasa ochilganida biz electron dasturni qabul qilgan edik va uning asosida “Umid qanoti degan” loyihani ishlab chiqdik. Ushbu sayt endi har bir mahalla mutaxassining qo`lida, har biriga planshetlar olib berdik. Biz barcha aloqa operatorlarga murojaat bilan chiqdik. Ucell kompaniyasi hotin-qizlar qo`mitasidagi 567 kishi uchun maxsus arzon tarifni tayyorlab berdi. Qo`limdagi planshet orqali eng chekka qishloqda qanday muammo borligini ko`rib turaman.
Bugun esa reabilitatasiya markazlarining har bir tumandagi bo`limi uchun sim-kartalar bilan jixozlangan USB-modemlar taqdim etdilar. Ucellga kata rahmat aytib qolamiz.



Oliya Hayriyeva, Buxoro viloyati ayollar ijtimoiy moslashuv markazi rahbari:

— Ko`pgina viloyatlarda tarmoqga ulanish bilan qiyinchiliklar bor. Ucell Kompaniyasi yordamida endi doimiy ravishda aloqada bo`lib, barcha muammolarni tez bartaraf eta olamiz. Bizning muassasal ayolllarga har tamonlama yordam berishga yo`naltirilgan. Murojaatlar kundan kunga ko`payib bormoqda. Markazimizda barcha sharoitlar yaratilgan: bolalar o`yingohlari, tibbiy yordam punktlari, oshxonalar mavjud. Endi esa internetga ulanish imkoniyati ham bor.
 
Yangiliklar

Kompaniya hayotidan olingan voqea va hodisalar

Karyera

Katta oilaning bir qismi bo'ling!

Ofislarimiz va dilerlarimiz manzillari

Ucellning barcha ofislari Sizning xizmatingizda!

Firibgarlikning oldini olish va Speak-up tarmog‘i

Sifatli aloqa va raqamingiz xavfsizligi!

Biz bilan bog'lanish

Ucell bilan bog'lanish

Ushbu saxifada sizga ko'rsatilayotgan xizmatlar sifati borasida o'z fikr va muloxazalaringizni bildirish, hamda sizni qiziqtirayotgan savollarga javob olishingiz mumkin.

Ko'p so'raladigan savollarga javoblarni www.ucell.uz, saytida va «FAQ» bo'limida ham topishingiz mumkin.


Sizlardan Kompaniyaga murojaat etganingizda muloqotda axloq me’yorlariga amal qilishingizni so‘raymiz. Aks holda Kompaniya bunday murojaatlarni ko‘rib chiqmaslik huquqiga ega bo‘ladi.

Xabar qoldiring:

* bilan belgilangan joylar to’ldirilishi shart
Parolni olish uchun kiritilgan telefon raqamidan *233# raqamiga qo’ng’iroq qiling va ushbu yerga kiriting
Xabar uzunligi - 512 simvol.

Diqqat!

  • O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga binoan, zarur bo'lgan vaqtda, xizmat ko'rsatish, aloqa qamrovi va qo'shimcha xizmatlarga tegishli bo'lgan murojaatlarni ko'rib chiqish vaqti 30 kalendar kunigacha yetishi mumkin;
  • “Ucell bilan bog'lanish” formasi yordamida bir kun ichida maksimal murojaat etishlar soni 5 tagacha cheklagan;
  • “Ucell bilan bog'lanish” formasidan barcha Internet foydalanuvchilari foydalanishlari mumkin.