Kompaniya yangiliklari
Matbuot xizmati
Ucell O'zbekistonda futbolni qo'llab-quvvatlaydi
05DEK2019

Ucell O'zbekistonda futbolni qo'llab-quvvatlaydi



Bugun “COSCOM” MChJ (Ucell savdo belgisi) hamda O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi vakillari uchrashuvi natijasida kompaniyalar o’rtasida hamkorlik to’g’risidagi Memorandum imzolandi.

O'zbekistonda futbol tarixining rivojlanishi XX asrning boshlariga tog`ri keladi. Futbol bo'yicha O'zbekistonning birinchi milliy jamoasi 1928 yilda tashkil etilgan. Bugungi kunda mamlakatda milliy o'yinning muxlislari juda ko'p.

Ucell  ijtimoiy mas'uliyatli korporativ fuqaro sifatida mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy hayotida faol ishtirok etib, madaniyat va sportni rivojlantirish, sport tadbirlarni tashkil etish va o'tkazishga qaratilgan loyihalarni qo'llab-quvvatlaydi. Memorandum har bir tomonning uzoq muddatli hamkorlik bo'yicha faoliyatini belgilaydigan hujjat bo`lib xizmat qiladi.

Ravshan Ermatov O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi vitse-prezidenti:

— Hozirgi zamonda ko'p narsa aloqa tizimining ishlashiga bog'liq. O`FA sportga innovatsiyalarni olib kelishga va zamon bilan hamqadam bo'lishga harakat qilmoqda. Bir necha kun oldin, Toshkentda mamlakatimizda VAR tizimini joriy etish va undan samarali foydalanish bo'yicha seminar tashkil etildi. Yangilik ijobiy qabul qilindi. Shuni ta'kidlash joizki, O'zbekistonda futbol auditoriyasi juda keng va millionlab muxlislarga ega. Ular yangiliklarni kutmoqdalar. Ucell voqea va ma'lumotlarni yaxshi yoritib berishi mumkin. Kelishuv nafaqat Ucell va O`FA, balki aholiga ham foyda keltiradi deb o'ylayman. Biz rivojlanish manfaati uchun hamkorlik qilamiz.



Farxod Nurmuhamedov, marketing va biznesni rivojlantirish bo`yicha bosh director o`rinbosari «COSCOM» MchJ (Ucell savdo belgisi):


— O'zbek futbolining g'ururi, dunyodagi eng taniqli futbol hakami Ravshan Sayfiddinovich Irmatovni Kompaniyamizda kutib olish biz uchun katta sharafdir. O'ylaymizki, O'zbekiston Futbol Assotsiatsiyasining rahbariyatiga Ravshan Sayfiddinovichning kelishi ushbu xalq o'yiniga yangi turtki beradi. Bugungi kunda O'zbekistonni ishonch bilan sport mamlakati deb atash mumkin. Yoshlar orasida sog'lom turmush tarzi keng tasdiqlanib, sportning ommaviylashtirilishi ta'minlanmoqda. Nufuzli xalqaro musobaqalarda yuqori g'alabalarga erishayotgan o'zbekistonlik sportchilar mamlakatimizning yuksak sport salohiyatini butun dunyoga namoyish etmoqda. Shunga qaramay yanada yuqori pog`onalarni egallashga intilishimiz o`rinli. Ucell mamlakatda sportni har tomonlama targ`ibot qilishga va qo'llab-quvvatlashga tayyor. Biz samarali hamkorlikga umid qilamiz.

Muzokaralar yakunlari bo'yicha O'zbekistonda futbol rivojlanish yo'nalishiga ijobiy baho berildi va hamkorlik to'g'risidagi memorandum imzolandi.

 
Yangiliklar

Kompaniya hayotidan olingan voqea va hodisalar

Karyera

Katta oilaning bir qismi bo'ling!

Ofislarimiz va dilerlarimiz manzillari

Ucellning barcha ofislari Sizning xizmatingizda!

Firibgarlikning oldini olish va Speak-up tarmog‘i

Sifatli aloqa va raqamingiz xavfsizligi!

Biz bilan bog'lanish

Ucell bilan bog'lanish

Ushbu saxifada sizga ko'rsatilayotgan xizmatlar sifati borasida o'z fikr va muloxazalaringizni bildirish, hamda sizni qiziqtirayotgan savollarga javob olishingiz mumkin.

Ko'p so'raladigan savollarga javoblarni www.ucell.uz, saytida va «FAQ» bo'limida ham topishingiz mumkin.


Sizlardan Kompaniyaga murojaat etganingizda muloqotda axloq me’yorlariga amal qilishingizni so‘raymiz. Aks holda Kompaniya bunday murojaatlarni ko‘rib chiqmaslik huquqiga ega bo‘ladi.

Xabar qoldiring:

* bilan belgilangan joylar to’ldirilishi shart
Parolni olish uchun kiritilgan telefon raqamidan *233# raqamiga qo’ng’iroq qiling va ushbu yerga kiriting
Xabar uzunligi - 512 simvol.

Diqqat!

  • O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga binoan, zarur bo'lgan vaqtda, xizmat ko'rsatish, aloqa qamrovi va qo'shimcha xizmatlarga tegishli bo'lgan murojaatlarni ko'rib chiqish vaqti 30 kalendar kunigacha yetishi mumkin;
  • “Ucell bilan bog'lanish” formasi yordamida bir kun ichida maksimal murojaat etishlar soni 5 tagacha cheklagan;
  • “Ucell bilan bog'lanish” formasidan barcha Internet foydalanuvchilari foydalanishlari mumkin.