Kompaniya yangiliklari
Matbuot xizmati
O‘zbekiston va Singapur oʻrtasida startaplarni qo‘llab-quvvatlash yoʻnalishidagi hamkorlik muhokama qilindi
24YAN2023

O‘zbekiston va Singapur oʻrtasida startaplarni qo‘llab-quvvatlash yoʻnalishidagi hamkorlik muhokama qilindi


 IT Park direktori Farhod Ibragimov boshchiligidagi IT Park vakillari Singapur hukumati Savdo va sanoat vazirligi huzuridagi “Enterprise SG” davlat tashkiloti ofisiga tashrif buyurdi.
Ushbu tashkilot 2018-yildan buyon kichik va o‘rta korxonalar rivojini qo‘llab-quvvatlash, imkoniyatlar yaratish va innovatsiyalarni rag‘batlantirish uchun mas’uldir.

Tashrifdan ko‘zlangan maqsad – tashkilot faoliyati bilan yaqindan tanishish va kompaniyalar o‘rtasida hamkorlik aloqalarini o‘rnatishdan iborat. Uchrashuvda IT Park vakillari xorijlik hamkasblariga hukumat tomonidan mamlakatni mintaqaviy IT-xabga aylantirish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar haqida so‘zlab berdi.
O‘z navbatida, “Enterprise SG” vakillari mehmonlarga o‘zlarining asosiy vazifalari va istiqbollari haqida so‘zlab berdi. Xususan, “Enterprise SG” rahbariyati mahalliy startaplarda o‘zbekistonlik IT-mutaxassislarni ishga olishdan manfaatdorligini bildirdi.

IT Park rahbariyati uchrashuv davomida O‘zbekistonda xorijiy kompaniyalar uchun alohida biznes sharoitlari va maxsus imtiyozlar mavjudligini, shuningdek, Singapur startaplarini Markaziy Osiyo bozoriga kirishda qo‘llab-quvvatlovchi davlatga aylanishi mumkinligini ta'kidlashdi.
O‘zbekiston uchun ham filiallar ochilishi ish o‘rinlari sonining ko‘payishi, xorijlik hamkasblar bilan tajriba almashish kabi qator afzalliklarga ega.
Muhokama, shuningdek, IT va startap ekotizimini rivojlantirish bilan bogʻliq tomonlarni qiziqtirgan boshqa yoʻnalishlar, jumladan, Singapur startap ekotizimini rivojlantirishga qaratilgan “Startup SG” (“Enterprise SG” boʻlimi) tomonidan tashkil etilgan tadbirlarda startaplarning ishtirokini ham oʻz ichiga oldi.

Uchrashuv yakunlari bo‘yicha “Enterprise SG” 2023-yil mart oyida mamlakat IT sanoati bilan tanishish, IT-kompaniyalar imkoniyatlarini o‘rganish va ma’lum loyihalarni ishga tushirishni muhokama qilish uchun O‘zbekistonga taklif qilindi.
 
Manbaa: https://mitc.uz/uz/news/view/4285
Yangiliklar

Kompaniya hayotidan olingan voqea va hodisalar

Karyera

Katta oilaning bir qismi bo'ling!

Ofislarimiz va dilerlarimiz manzillari

Ucellning barcha ofislari Sizning xizmatingizda!

Firibgarlikning oldini olish va Speak-up tarmog‘i

Sifatli aloqa va raqamingiz xavfsizligi!

Biz bilan bog'lanish

Ucell bilan bog'lanish

Ushbu saxifada sizga ko'rsatilayotgan xizmatlar sifati borasida o'z fikr va muloxazalaringizni bildirish, hamda sizni qiziqtirayotgan savollarga javob olishingiz mumkin.

Ko'p so'raladigan savollarga javoblarni www.ucell.uz, saytida va «FAQ» bo'limida ham topishingiz mumkin.


Sizlardan Kompaniyaga murojaat etganingizda muloqotda axloq me’yorlariga amal qilishingizni so‘raymiz. Aks holda Kompaniya bunday murojaatlarni ko‘rib chiqmaslik huquqiga ega bo‘ladi.

Xabar qoldiring:

* bilan belgilangan joylar to’ldirilishi shart
Parolni olish uchun kiritilgan telefon raqamidan *233# raqamiga qo’ng’iroq qiling va ushbu yerga kiriting
Xabar uzunligi - 512 simvol.

Diqqat!

  • O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga binoan, zarur bo'lgan vaqtda, xizmat ko'rsatish, aloqa qamrovi va qo'shimcha xizmatlarga tegishli bo'lgan murojaatlarni ko'rib chiqish vaqti 30 kalendar kunigacha yetishi mumkin;
  • “Ucell bilan bog'lanish” formasi yordamida bir kun ichida maksimal murojaat etishlar soni 5 tagacha cheklagan;
  • “Ucell bilan bog'lanish” formasidan barcha Internet foydalanuvchilari foydalanishlari mumkin.