O'zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 30 yilligiga “COSCOM” MChJ (Ucell savdo belgisi) tomonidan mamlakatning barcha burchaklaridan kelgan xodimlar ishtirokida videorolik tayyorlandi.
Shu kunlarda mamlakat bo'ylab hasharlar o'tmoqda, shaharlar muhim sana arafasida o'zgarmoqda va kiyinmoqda. Bayram muhiti qalblarni quvonchga to'ldirmoqda. Ammo bilamizki, bugungi kunga yetish oson boʹlmadi. Har yili xalq hayotini tubdan yaxshilash, inson huquq va erkinliklarini ta'minlash, qonun ustuvorligi va ijtimoiy adolat, innovatsion rivojlanish bo'yicha harakatlar amalga oshirildi.
Ucellning yosh mutaxassislari mustaqillikning 30 yilidagi eng muhim o'zgarishlarni nishonlashga qaror qilishdi. Videorolikni yaratishda barcha viloyat idoralaridan yigit–qizlar ishtirok etishdi.
Ucellda ishonishadi-ki, biz qiyin, lekin shu bilan birga ulug'vor yo'lni eslasak, kelajakka, o'z kuchimiz va imkoniyatlarimizga bo'lgan ishonch yanada oshadi.
Videoni Ucellning barcha ijtimoiy sahifalarida, shuningdek, YouTube kanalida
havola orqali ko'rishingiz mumkin.