Kompaniya yangiliklari
Matbuot xizmati
Webinar: uydan ishlaganda kiberxavfsizlik
16APR2020

Webinar: uydan ishlaganda kiberxavfsizlik



Ucell Akademiyasi karantinga qaramay, xodimlar uchun qiziqarli treninglarni o'tkazishni davom etmoqda. COSCOM MChJ (Ucell savdo belgisi) Kompaniyasida "Uydan ishlaganda kiberxavfsizlik" mavzusida birinchi veb-seminar Tarmoq va axborot texnologiyalari xavfsizligi bo'limi boshlig'i Andrey Shishkin ishtirokida bo'lib o'tdi.

Onlayn ma'ruzaning maqsadi — uydan ishlaganda xavfsizlik darajasini ofisdagidek saqlashga yordam berish. Bugungi kunda Kompaniya xodimlarining yarmidan ko'pi masofadan turib faoliyat olib bormoqda. Bunday choralar umumiy xavfsizlik uchun ehtiyotkorlik bilan qabul qilingan. Biroq, hujumlar nafaqat hayotda, balki kiberfazoda ham bo'lishi mumkinligini yodda tutish kerak.



Murabbiyimizning axborot xavfsizligi va umuman IT sohasidagi katta tajribasi haqida avval ham aytib o′tgan edik. Andrey 20 yil davomida ushbu yo'nalishda izlanib kelmoqda va yosh talabalar bilan bilim ulashib turadi. Uning ishtirokida Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va Toshkent shahridagi Inha universitetida mini-sessiyalar tashkil etilgan.

Bugun xodimlar uyda samarali ishlashni, ma'lumotlarni himoya qilishni va kiber jinoyatchilarning tuzoqlariga tushmaslik yo′llarini o'rgandilar.

Andrey Shishkin, Xavfsizlik va tarmoq va axborot texnologiyalari bo'limi boshlig'i:
— Ma'lumot asosiy stantsiyalar, SIM-kartalar yoki Kompaniyadagi boshqa biron-bir aktiv bilan bir xil qiymatga ega. Har bir xodim tajovuzkor qo′lida kirish uchun boshlang'ich nuqta bo'lishi mumkin, o′zingizni ahamiyatsizman deb o′ylamang. Buni ham ofisda, ham masofadan turib ishlaydigan barcha xodimlar tushunishlari kerak.

Bu kabi vebinar birinchi marotaba o′tkazilmoqda. Unda Ucelldagi barcha istak bildirgan xodimlar qatnashishi mumkin edi. Tinglovchilar soni 40 dan ziyod bo′ldi. Ma'ruza yozib olindi va umumiy foydalanish uchun ichki portalga yuklanadi.
 

Yangiliklar

Kompaniya hayotidan olingan voqea va hodisalar

Karyera

Katta oilaning bir qismi bo'ling!

Ofislarimiz va dilerlarimiz manzillari

Ucellning barcha ofislari Sizning xizmatingizda!

Firibgarlikning oldini olish va Speak-up tarmog‘i

Sifatli aloqa va raqamingiz xavfsizligi!

Biz bilan bog'lanish

Ucell bilan bog'lanish

Ushbu saxifada sizga ko'rsatilayotgan xizmatlar sifati borasida o'z fikr va muloxazalaringizni bildirish, hamda sizni qiziqtirayotgan savollarga javob olishingiz mumkin.

Ko'p so'raladigan savollarga javoblarni www.ucell.uz, saytida va «FAQ» bo'limida ham topishingiz mumkin.


Sizlardan Kompaniyaga murojaat etganingizda muloqotda axloq me’yorlariga amal qilishingizni so‘raymiz. Aks holda Kompaniya bunday murojaatlarni ko‘rib chiqmaslik huquqiga ega bo‘ladi.

Xabar qoldiring:

* bilan belgilangan joylar to’ldirilishi shart
Parolni olish uchun kiritilgan telefon raqamidan *233# raqamiga qo’ng’iroq qiling va ushbu yerga kiriting
Xabar uzunligi - 512 simvol.

Diqqat!

  • O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga binoan, zarur bo'lgan vaqtda, xizmat ko'rsatish, aloqa qamrovi va qo'shimcha xizmatlarga tegishli bo'lgan murojaatlarni ko'rib chiqish vaqti 30 kalendar kunigacha yetishi mumkin;
  • “Ucell bilan bog'lanish” formasi yordamida bir kun ichida maksimal murojaat etishlar soni 5 tagacha cheklagan;
  • “Ucell bilan bog'lanish” formasidan barcha Internet foydalanuvchilari foydalanishlari mumkin.