Kompaniya yangiliklari
Matbuot xizmati
Ucell Mobile Challenge 2019 g'oliblari e'lon qilindi
02DEK2019

Ucell Mobile Challenge 2019 g'oliblari e'lon qilindi



O'zbekiston Respublikasi Yoshlar ittifoqi binosida, Ucell va IT Park tomonidan tashkil etilgan "Ucell Mobile Challenge 2019" mobil ilovalarni ishlab chiqish bo'yicha tanlov g'oliblarini tantanali taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi.
Uzoq va samarali mehnatdan so'ng, nihoyat barcha bosqichlar ortda qoldi.

Tanlov g'oliblari:
1-o'rin - (300 mln. so'm) “Ucell Cashback System” — abonentlar bilan aloqada bo'lishga yordam beruvchi cashback tizimi. Ushbu platforma, shuningdek, to'lov tizimi yordamida Ucell abonent bazasi uchun chegirmalar, aksiyalar va boshqa ishonchlik dasturlari to'plamidir.

2-o'rin - (200 mln. so'm) “IZY” — ijtimoiy tarmoqlarda pul ishlash imkonini yaratuvchi onlayn hordiq agregatori. U turli xil hordiq chiqarish va ko'ngil ochish joylarini bitta platformada to'playdi. Restoran, kafe, kinoteatr, teatr va boshqa shunga o'xshash muassasalarning joylashuvi, sharhlari va reytinglari haqidagi ma'lumotlarni birlashtiradi.

3-o'rin - (100 million so'm) “Retail Research” — biznesni rivojlantirish uchun tez va qulay vosita. O'zbekiston bozori yangilik bo'lib, ilova mobil qurilmalar orqali ma'lumotlarni yig'ish va tashkillashtirish jarayonini avtomatlashtirishga imkon beradi.



Sherzod Xo'jaxmedov, "Ucell Cashback System" loyihasi backend dasturchisi:

— Tanlov juda qiziqarli o'tdi. Rostini aytsam, g'alabani kutmagan edik. Ilova to'liq kundalik ehtiyojlar va talablar asosida yozilgan. Biz oddiy Ucell abonentlari kabi o'yladik. Hamma yangi xizmatlar, qiziqarli imkoniyatlar bo`lishini istaydi. Sarflagan xizmatlar evaziga esa qandaydir mukofot va bonuslarni olish doim yoqimli. Bizning jamoamiz 4 kishidan iborat: bitta dizayner, ikkita mobil dasturchi va men.

Arsen Shayxametov, “IZY” loyihasi dizayneri:
— Ilova g'oyasi uzoq vaqt avval paydo bo'lgan edi. Xakatonda uni amalga oshirish imkoniyati paydo bo'ldi. Ilova poytaxt mehmonlari va aholisiga istalgan joyni tezda topishga yordam beradi. Bundan tashqari, faol foydalanuvchilar uchun mukofotlash tizimi mavjud. Masalan, joyda suratga tushib, bonusga ega bo'ling. Bu cash back emas, bu qiziqroq. Jamoada uchtamiz: ikkita dizayner va dasturchi.

Har bir g'olib jamoalar bilan shartnomalar imzolanadi. Loyiha mualliflari o'z mahsulotlarini 3 oy ichida tayyorlab, ilovalarni ishga tushirishda va kelgusida amalga oshirishda ishtirok etishlari kerak.


 

Yangiliklar

Kompaniya hayotidan olingan voqea va hodisalar

Karyera

Katta oilaning bir qismi bo'ling!

Ofislarimiz va dilerlarimiz manzillari

Ucellning barcha ofislari Sizning xizmatingizda!

Firibgarlikning oldini olish va Speak-up tarmog‘i

Sifatli aloqa va raqamingiz xavfsizligi!

Biz bilan bog'lanish

Ucell bilan bog'lanish

Ushbu saxifada sizga ko'rsatilayotgan xizmatlar sifati borasida o'z fikr va muloxazalaringizni bildirish, hamda sizni qiziqtirayotgan savollarga javob olishingiz mumkin.

Ko'p so'raladigan savollarga javoblarni www.ucell.uz, saytida va «FAQ» bo'limida ham topishingiz mumkin.


Sizlardan Kompaniyaga murojaat etganingizda muloqotda axloq me’yorlariga amal qilishingizni so‘raymiz. Aks holda Kompaniya bunday murojaatlarni ko‘rib chiqmaslik huquqiga ega bo‘ladi.

Xabar qoldiring:

* bilan belgilangan joylar to’ldirilishi shart
Parolni olish uchun kiritilgan telefon raqamidan *233# raqamiga qo’ng’iroq qiling va ushbu yerga kiriting
Xabar uzunligi - 512 simvol.

Diqqat!

  • O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga binoan, zarur bo'lgan vaqtda, xizmat ko'rsatish, aloqa qamrovi va qo'shimcha xizmatlarga tegishli bo'lgan murojaatlarni ko'rib chiqish vaqti 30 kalendar kunigacha yetishi mumkin;
  • “Ucell bilan bog'lanish” formasi yordamida bir kun ichida maksimal murojaat etishlar soni 5 tagacha cheklagan;
  • “Ucell bilan bog'lanish” formasidan barcha Internet foydalanuvchilari foydalanishlari mumkin.