Kompaniya yangiliklari
Matbuot xizmati
Koronavirus profilaktikasi
16MAR2020

Koronavirus profilaktikasi



Ishonchimiz komilki, hukumat tomonidan koronavirus tarqalishiga qarshi kurashish bo'yicha barcha choralarni diqqat bilan kuzatib kelmoqdasiz.
Bosh vazir Abdulla Aripov boshqaruvida "Covid-19" kirib kelishi va tarqalishining oldini olish bo'yicha respublika maxsus komissiyasi faoliyat ko'rsatmoqda.

Quyida "COSCOM" MChJ (Ucell savdo belgisi) tomonidan kasallikning oldini olish va bartaraf etish bo'yicha ko'rilayotgan chora-tadbirlar haqida ma'lumotlar keltirilgan.

• Har uch soatda ichida ofisda sanitariya mualajalri o′tkazilayotganiga ko′pchilik ahamiyat berdi.
Ushbu amaliyot mamlakatdagi karantin tadbirlari yakuniga qadar davom etadi.
• Kompaniya yetarli miqdordagi tibbiyot niqoblari (maskalari) va antiseptik vositalar  sotib oladi.
• Kasallikni oldini olish maqsadida, kompaniya hodimlarinig rasmiy xizmat safarlari cheklanadi (favqulodda holatlardan tashqari).
• Xodimlar uchun treninglar va sport mashg'ulotlarni o'tkazish vaqtincha to'xtatiladi.
• Navro'z bayramini nishonlash bekor qilinadi. To′g′ri tushunishingizga umid qilamiz.
• Majlislar  vaqtincha taqiqlanadi. Barcha masalalarni  minimal ishtirokchilar bilan yuzma-yuz uchrashuvlarda yoki pochta, telefon va Skype for Business dasturi orqali hal qilishingizni so′raymiz.
• Qo'l bilan so′rashish va quchoqlashishdan voz keching. O'zbekistonda salomlashish uchun ko′ksingizga qo'l qo′yish kifoya.

Sog'lig'ingizni va boshqalarning sog'lig'ini himoya qilishning asosiy choralari.

Qo'lingizni doimiy ravishda yuving.

Qo'lingizni muntazam ravishda sovun va suv bilan yuvib turing, spirtli suyuqliklar bilan arting.
Gadjetlaringizni va ofis jihozlarini dezinfektsiya qiling.

Odamlar gavjum joylardan uzoqroq bo′lishga harakat qiling.
Gavjum joylarga keraksiz tashrif buyurmang.
Masofada to'lov usullarini va ro'yxatdan o'tish xizmatlarini tanlang.

Jamoat joylarida masofani saqlang.
Odamlardan kamida 1 metr uzoqlikda masofa saqlang.
Ayniqsa, ularda yo'tal, burun oqishi va isitma belgilari bo'lsa.

Iloji bo'lsa, ko'z, burun va og'zingizga tegmang.
Viruslar qo'ldan ko'z, burun va og'izga teginganingizda o′tishi mumkin.

Nafas olish gigienasi qoidalariga rioya qiling.
Nafas olish maskasining ehtiyoji  Xitoyda isbotlandi.
Buni, ayniqsa jamoat transporti, taksi va gavjum joylarda yodda tuting.

Birgalikda sinovlardan munosib ravishda o'tamiz.
Sog'lom bo'ling.

Hurmat bilan,
Yangiliklar

Kompaniya hayotidan olingan voqea va hodisalar

Karyera

Katta oilaning bir qismi bo'ling!

Ofislarimiz va dilerlarimiz manzillari

Ucellning barcha ofislari Sizning xizmatingizda!

Firibgarlikning oldini olish va Speak-up tarmog‘i

Sifatli aloqa va raqamingiz xavfsizligi!

Biz bilan bog'lanish

Ucell bilan bog'lanish

Ushbu saxifada sizga ko'rsatilayotgan xizmatlar sifati borasida o'z fikr va muloxazalaringizni bildirish, hamda sizni qiziqtirayotgan savollarga javob olishingiz mumkin.

Ko'p so'raladigan savollarga javoblarni www.ucell.uz, saytida va «FAQ» bo'limida ham topishingiz mumkin.


Sizlardan Kompaniyaga murojaat etganingizda muloqotda axloq me’yorlariga amal qilishingizni so‘raymiz. Aks holda Kompaniya bunday murojaatlarni ko‘rib chiqmaslik huquqiga ega bo‘ladi.

Xabar qoldiring:

* bilan belgilangan joylar to’ldirilishi shart
Parolni olish uchun kiritilgan telefon raqamidan *233# raqamiga qo’ng’iroq qiling va ushbu yerga kiriting
Xabar uzunligi - 512 simvol.

Diqqat!

  • O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga binoan, zarur bo'lgan vaqtda, xizmat ko'rsatish, aloqa qamrovi va qo'shimcha xizmatlarga tegishli bo'lgan murojaatlarni ko'rib chiqish vaqti 30 kalendar kunigacha yetishi mumkin;
  • “Ucell bilan bog'lanish” formasi yordamida bir kun ichida maksimal murojaat etishlar soni 5 tagacha cheklagan;
  • “Ucell bilan bog'lanish” formasidan barcha Internet foydalanuvchilari foydalanishlari mumkin.