Kompaniya yangiliklari
Matbuot xizmati
“Ucell bilan orzular sari” aksiyasi g’oliblarini tantanali taqdirlash marosimi
10MAR2015

“Ucell bilan orzular sari” aksiyasi g’oliblarini tantanali taqdirlash marosimi

10 mart kuni Next savdo va ko’ngilochar markazida “Ucell bilan orzular sari” aksiyasi g’oliblarini tantanali taqdirlash marosimi bo’lib o’tdi.
Eslatib o’tamiz, 3 oy davomida aksiyada butun Respublika bo’yicha 6 milliondan ortiq noyob abonentlar raqamlari ishtirok etdi. Aksiya doirasida har payshanba soat 20.20 da “Yoshlar” telekanalining to’g’ridan-to’g’ri efirida 12 ta o’yin bo’lib o’tdi. Kompaniya tomonidan maishiy texnika va elektronikadan iborat  84 ta yutuq, shuningdek 50 million so’mlik 11 ta sertifikat va albatta bosh yutuq – Kia Sportage avtomobili o’z egalariga topshirildi. Aksiya 2014 yilning 1 dekabridan 2015 yilning 22 fevraliga qadar o’tkazildi. 

Ucell Kompaniyasi Direktori Tonu Gryunberg ta’kidlaydi: ''Abonentlarimizning turli hil aksiyalarda ishtirok etayotganlari quvonarli hol albatta! Bu bizni yangi g’oyalar va xizmatlarni taklif etishimizda, yangiliklarni amalda sinashimizda, qiziqarli loyihalarni tashkil etishimizda muhim rol o’ynaydi. Biz O’zbekiston ahlini nafaqat aloqa va Internet bilan ta’minlaymiz, balki abonentlar hayotining har bir kuniga bayram kayfiyatini olib kirishni istaymiz. Ushbu aksiyada respublika bo’yicha 6 milliondan ortiq abonentlar ishtirok etdilar, bu bizga bildirilgan ishonchdan darak. Albatta biz buni yuqori baholaymiz. Men 3 oy davomida biz bilan orzu qilishdan charchamagan barcha ishtirokchi va g’oliblarni tabriklayman. Tilagimiz kichik quvonchlaringiz katta baxtga aylanaversin. Biz hayotingizdagi baxtli onlaringizning bir qismi ekanligimizdan juda ham xursandmiz!”.

Taqdirlash marosimi doirasida viloyatdan tashrif buyurgan go’lib abonentlar yaxshi kayfiyat markaziga tashrif buyurishganiga yana bir bor amin bo’lishdi. Ucell Bosh Direktori Tonu Gryunberg Qashqadaryo viloyatidan tashrif buyurgan avtomobil g’olibi Alanazar Pirmatovga Kia Sportage kalitini shaxsan o’zi topshirdi.

Kia Sportage avtomobili g’olibi Alanazar Pirmatov hayajonlari bilan bo’lishdi:Har payshanba, “Ucell bilan orzular sari” aksiyasining har bir o’yini uyimizda katta bayramga aylanardi! Biz avtomobil xarid qilishdek orzuimiz ushalishiga ishondik, umid qildik! Bu men va oilam uchun ishtirok etgan ilk aksiya hisolanadi. Aksiya bo’lib o’tgan 3 oy davomida hayajonimiz cheksiz bo’ldi. Ucell sharofati bilan xonadonimizda qo’shaloq bayram: 60 yoshni qarshi oldim, mashina esa bu sanaga katta sovg’a bo’ldi! Barcha g’oliblarni chin dildan muborakbod etaman. Tilagim orzu qilishda davom eting va ular Ucell bilan albatta amalga oshadi!”.

Har bir abonent haqida qayg’urgan holda Ucell aksiyasining faol ishtirokchilariga qo’shimcha bonuslar belgiladi. G’olib abonentning so‘nggi 5 raqamiga mos kelgan boshqa abonent raqami egalariga, ya’ni 7 500 abonentga tarmoq ichida suhbat, SMS va Internet uchun - 50 ming so‘m belgilanadi. Aksiya natijalariga ko‘ra, aksiya davomida hisobini eng ko‘p mablag‘ga to‘ldirgan birinchi 100 ta abonentga 1GB Internet-trafik belgilandi.

Bo’stonliqlik 50 million sertifikat g’olibi Xusniddin Muzaffarov o’z hayajonlari bilan bo’lishdi: “Menga qo’ng’iroq qilib, yutuq haqida xabar qilishganida, to’g’risi ishonmadim! Men 50 millionlik sertifikat yutib oldim. Menda biznes reja bor, endi uni amalga oshirishim mumkin! Orzu qiling va ular albatta amalga oshadi!”.

Shuningdek, Ucell ijtimoiy tarmoqlarda #Ucellbox nomli tanlov ham o’tkazdi. Tanlov shartlari oddiy bo’lib, final o’yinda ishtirok etuvchi abonentlarning umumiy sonini topish kerak edi. Taqdirlash marosimi doirasida, final o’yinga qadar aniq songa eng yaqin variantni taqdim etgan 2 nafar g’olibga 3G Modemlar topshirildi. Eslatib o’tamiz, final o’yinda o’z hisobini 2015 yilning 22 fevral sanasiga qadar 5000 so’m va undan ko’proq mablag’ga to’ldirgan 2 137 802 abonent raqamlari ishtirok etdi.

 
Yangiliklar

Kompaniya hayotidan olingan voqea va hodisalar

Karyera

Katta oilaning bir qismi bo'ling!

Ofislarimiz va dilerlarimiz manzillari

Ucellning barcha ofislari Sizning xizmatingizda!

Firibgarlikning oldini olish va Speak-up tarmog‘i

Sifatli aloqa va raqamingiz xavfsizligi!

Biz bilan bog'lanish

Ucell bilan bog'lanish

Ushbu saxifada sizga ko'rsatilayotgan xizmatlar sifati borasida o'z fikr va muloxazalaringizni bildirish, hamda sizni qiziqtirayotgan savollarga javob olishingiz mumkin.

Ko'p so'raladigan savollarga javoblarni www.ucell.uz, saytida va «FAQ» bo'limida ham topishingiz mumkin.


Sizlardan Kompaniyaga murojaat etganingizda muloqotda axloq me’yorlariga amal qilishingizni so‘raymiz. Aks holda Kompaniya bunday murojaatlarni ko‘rib chiqmaslik huquqiga ega bo‘ladi.

Xabar qoldiring:

* bilan belgilangan joylar to’ldirilishi shart
Parolni olish uchun kiritilgan telefon raqamidan *233# raqamiga qo’ng’iroq qiling va ushbu yerga kiriting
Xabar uzunligi - 512 simvol.

Diqqat!

  • O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga binoan, zarur bo'lgan vaqtda, xizmat ko'rsatish, aloqa qamrovi va qo'shimcha xizmatlarga tegishli bo'lgan murojaatlarni ko'rib chiqish vaqti 30 kalendar kunigacha yetishi mumkin;
  • “Ucell bilan bog'lanish” formasi yordamida bir kun ichida maksimal murojaat etishlar soni 5 tagacha cheklagan;
  • “Ucell bilan bog'lanish” formasidan barcha Internet foydalanuvchilari foydalanishlari mumkin.