Joriy yilning 9 va 10 chi dekabr kunlari Ucell Kompaniyasining ijtimoiy tashabbuslari qatoridan joy olgan “Ucell Quvonch Makoni” loyihasi doirasida Samarqand va Jizzaxda hisob bo’yicha 6 va 7 chi bolalar o’yingohlarining ochilish marosimlari bo’lib o’tdi.
Bolakay Kamron Karimov hissiyotlari bilan bo’lishdi, 5 yosh: “Menga maydoncha va arg’imchoqlar juda yoqdi. Ucell Kompaniyasiga bunday sovg’a uchun rahmat. Men sport bilan shug’ullanishni yaxshi ko’raman. Shuning uchun karatega boraman. Endi sport mashg’ulotlarimga borishdan avval maydonchaga kelib, chiniqib olish imkoni paydo bo’ldi”.
Samarqand va Jizzaxda bo’lib o’tgan tadbirlar uzoq kutilgan desak mubolag’a bo’lmaydi. Mahalliy aholining aytishiga qaraganda, bolalar bilan aylanish uchun maxsus joylarning yoq’ligi doimo muammo bo’lib kelgan. Masalan, bolalar aravachasi bilan uzoqqa ketib bo’lmaydi, faqatgina yaqin joylarnigina aylanish mumkin edi. Endi aholida bunday qiyinchiliklar yo’q, chunki respublika bo’ylab “Ucell Quvonch Makoni” maydonchalari - bolalar quvonchiga sherik bo’lmoqda.
Ucell Kompaniyasining korporativ aloqalar bo’yicha eksperti Umida Ziyamova: «Bugungi tadbir bolakaylarga nafaqat bugun, balki har kuni yaxshi kayfiyat va qo’shimcha quvvat beradi deb umid qilib qolamiz. Bejiz 2016 yil “Sog’lom ona va sog’lom bola yili” deb e’lon qilinmadi. O’zbekistonda munosib avlodni tarbiyalashda cheklovlar yo’q va eng asosiysi ularga har doim mehr va muhabbat hamroh. Barcha say-harakatlar sport va jismoniy madaniyatni rivojlantirishga qaratilgan. Ucell Kompaniyasi ushbu tashabbuslarni qo’llab-quvvatlaydi hamda o’zining ijtimoiy ko’mak dasturini rivojlantirishda davom etadi. Aloqa xizmatlarini taqdim etishdan tashqari Kompaniya jamiyat rivoji uchun o’z hissasini qo’shib kelmoqda”.
Tantanali ochilish marosimlari yosh ijrochilar, ota-onalar va bolalar, tashkilotchilar hamda mahalla faollari, mahalliy hokimiyat vakillarini o’z bag’riga oldi.
Mahalliy aholi bilan o’tkazilgan so’rovnoma
Maydoncha barchaga manzur bo’ladimi?
Holida Rasulova, Samarqand: Biz ushbu yangi maydonchaga yaqin yashaymiz. Avvallari bolalar bilan aylanishga joy yo’q edi. Ucell tashabbusi bilan endi bizda ajoyib, asosiysi havfsiz maxsus o’yingoh bor.
Anastasiya Sokolova, Jizzax: Men bu yerda katta bo’lganman, hozir boshqa manzilda istiqomat qilaman. Onamlarni endi ko’proq ko’rishga kelaman, chunki bu yerda ushbu ajoyib maydoncha bor.
Manzura Otabekova, Samarqand: Yoshligimda aynan shu yerda maydoncha bo’lishini orzu qilardim. Bugun esa mening emas, balki farzandlarimning orzusi ushaldi. Ishonchim komil, bu yerda tez-tez aylanib turamiz.
Ushbu loyiha Kompaniyaning ishlab chiqilgan yillik ijtimoiy-iqtisodiy dasturi tarkibiga kirib, rejaga ko’ra O’zbekiston bo’ylab 12 ta maydoncha qurilishi ko'zda tutilgan. Farg’ona, Qarshi, Buxoro va Urganch shaharlarida istiqomat qiluvchi bolalar o’z quvonch makonlariga baho berib ulgurdilar! Kompaniya loyihani amalga oshirishda o’z yordamini ayamagan Informatsion Texnologiyalar va Aloqalarni rivojlantirish Vazirligi, viloyat va shahar hokimliklari hamda ushbu loyihada ishtirok etgan joylardagi istiqomat qiluvchi aholiga o'z minnatdorchiligini bildiradi.
Iltimos, so’rov amalga oshishini kutib turing ...
Sessiya vaqti tugadi. Sahifani yangilang va qayta to’ldiring
Ichki hato ro’y berdi. Keyinroq xabar qoldirishga urinib ko’ring. Rahmat!
Xabar uzunligi - 512 simvol.