“O’zRTXB” AJning mobilraqam.uzex.uz vebsaytida yangi platforma ishga tushirilgan paytidan buyon “COSCOM” MChJ (Ucell savdo belgisi) uyali aloqa operatorining … so’mlik 121 mobil raqamlari sotildi. Birjaning elektron savdolarida respublikamizning barcha hududlaridan xaridorlar ishtirok etdilar.
O’tgan savdo natijalariga ko’ra sotib olingan raqamlarning tarkibiy tuzilmasida poytaxt hududining xaridorlari peshqadamlik qilib, ularning umumiy sotuvlardagi ulushi …% tashkil etdi. Jizzax viloyati xaridorlarining ulushi 42%, Samarqand viloyatiniki 15% va Farg’ona viloyatiniki 7% tashkil etdi. Mobil raqamlar sotuvining sezilarli darajada o’sishi “COSCOM” MChJ (Ucell savdo belgisi) tomonidan yangi aksiya e’lon qilinganidan so’ng kuzatila boshladi. Mazkur aksiya doirasida “O’zRTXB” AJning mobilraqam.uzex.uz vebsaytida sotib olingan chiroyli sonlar kombinatsiyasiga ega uyali telefon raqamlar uchun 50% chegirma va qo’shimcha 10000 daqiqa taqdim etilgan.
Eslatib o’tamiz, “COSCOM” MChJ (Ucell savdo belgisi) 2019 yilning 4 iyunidan boshlan pullu toifadagi mobil raqamlarini mobilraqam.uzex.uz vebsaytida birjaning elektron savdo tizimiga qo’yib bormoqda. Elektron savdoda ishtirok etish uchun birjaning mobilraqam.uzex.uz vebsaytida ro’yxatdan o’tish va birjaning hisob-kitob kliring palatasiga zakalat mablag’ini kiritish lozim.