5G bilan dunyoni nima kutmoqda?
1. 1GB / s gacha yuqori tezlikda ulanish. Bu 4K formatida videofilmlarni uzatish va tomosha qilish, virtual haqiqat dunyosiga butunlay sho'ng'ish imkonini beradi.
2. Kam kutish vaqti. Bugungi kunda, insoniyat har bir millisekund muhim bo'lgan tanqidiy xizmatlar loyihalarini amalga oshirmoqda. 5G ularning O'bekistonda rivojlanishini ta'minlaydi.
3. Ulanishlar soni. Kelgusida innovatsion tarmoq tufayli har kvadrat kilometrda millionlab qurilmalar bilan faol aloqani saqlab qolish mumkin bo'ladi.
Vladimir Vladimirovich Kravchenko, Ucell Bosh direktori:
«Dunyo bir joyda turmaydi va axborot texnologiyalarni rivojlantirishni to'xtata bo'lmaydi. Shaxsan, bugungi kunda respublika hududida 1 GB / s tezlikga ega kanallarni tashkil qilishni so'rab kelayotgan xorijiy kompaniyalar mavjud. 5G tufayli buni amalga oshirish mumkin bo'ladi. Hozirgi kunda segment nisbatan shaxsiy bo'lib qoladi va "Xavfsiz shahar", "Aqlli uy" kabi biznes-loyihalarni amalga oshirishda, shuningdek Big Data va yuqori aniqlikda videolarni uzatish uchun ishlatiladi. Shartnoma asosida Toshkent Cityda 5 ta baza ishga tushadi».
Oddiy foydalanuvchiga kelsak, u hali beshinchi avlod tarmog'ining barcha imkoniyatlariga muhtoj emas, ammo vaqt talablariga ko'ra, ehtimol, 5-10 yildan keyin biz 5G formatida yashaymiz. "
