2015 yilning 15 dekabr kuni Chirchiq shahrida Ucell Kompaniyasining yangi ofisi ochildi. Tantanali ochilish marosimida faxriy mehmonlar, mijoz va kompaniya hamkorlari ishtirok etdilar. Yangi ofisning ochilishi – abonentlarga xizmat ko’rsatish sifat va saviyasini ko’tarish sari katta qadam bo’ldi desak mubolag’a bo’lmaydi.
Ofis dizayni Teliasonera kompaniyalarining guruhi tomonidan so’nggi halqaro standart asosida ishlab chiqilgan. Yangi dizayn skandinav uslubi va mahalliy koloritni o’zida jamlagan. 2015 yil davomida respublika bo’ylab mana shunday yangi uslubda 2 ta ofis ochilib, Chirchiqdagi ofis hisob bo’yicha 3-chi bo’ldi. Yil so’nggiga qadar 4-chi ofisning ochilishi ham kutilmoqda.
Chirchiqdagi Ucell abonentlari uchun mo’ljallangan ofisda - shinam xizmat ko’rsatish zali hamda javobga shay kompaniya xodimlari xizmat ko’rsatadi. Ofisning shahar markazida joylashgani, ma’qul ish tartibi, har bir mijoz uchun alohida yondashuvning mavjudligi - abonentga o’z vaqtida kerak va tezkor ma’lumotga ega bo’lishi uchun xizmat qiladi.
Ushbu ofisda abonentlar uchun keng miqyosli xizmatlar to’plami taqdim etilib, bu yerda Ucell tarmog’iga ulanish, hisobni to’ldirish, qo’shimcha xizmatlarga ulanish va mutaxasis maslahatini olish, mobil Internetdan foydalanish uchun modem xarid qilish mumkin.
Ucell Kompaniyasining asosiy vazifasi – mijozlarga hamroh bo’lish! Abonentlar kerak xizmatlariga uylariga yiroq bo’lmagan holatda, ya’ni qulay tartibda ulanishlari kerak. Shuning uchun kompaniya o’zi uchun hududiy rivojlanish yo’lini tanlagan. Qo’shimcha qilib aytadigan bo’lsak, Ucell nafaqat yangi ofislar ochish balki barcha nuqtalarda abonentlarga xizmat ko’rsatish sifatini oshirishga ham harakat qiladi.
Ma’lumot: Bugungi kunga kelib Kompaniyaning hisobida 22 ta xususiy xizmat ko’rsatish ofislari joy olgan. Dilerlik tarmog’I 1700 dan ortiq sotuv punktlariga ega. Tog’li va uzoq hududlarda istiqomat qiluvchi mijozlar uchun 45 mobil ofislar xizmat ko’rsatib kelmoqda.
Ushbu saxifada sizga ko'rsatilayotgan xizmatlar sifati borasida o'z fikr va muloxazalaringizni bildirish, hamda sizni qiziqtirayotgan savollarga javob olishingiz mumkin.
Ko'p so'raladigan savollarga javoblarni www.ucell.uz, saytida va «FAQ» bo'limida ham topishingiz mumkin.
Sizlardan Kompaniyaga murojaat etganingizda muloqotda axloq me’yorlariga amal qilishingizni so‘raymiz. Aks holda Kompaniya bunday murojaatlarni ko‘rib chiqmaslik huquqiga ega bo‘ladi.
Diqqat!