Kompaniya yangiliklari
Matbuot xizmati
"Ucell" abonentlar soni bo'yicha "Beeline"dan o'zib ketdi
06AVG2020

"Ucell" abonentlar soni bo'yicha "Beeline"dan o'zib ketdi

6 avgustda O‘zbekiston mobil aloqa bozorida keyingi yillarda birinchi marta yetakchi o‘zgardi. “Beeline”, abonentlar soni bo‘yicha yetti yillik ustunlikdan so‘ng, yetakchilikni “Ucell”ga topshirib, ikkinchi o‘ringa tushdi. Va aftidan, bu raqobat kurashidagi alohida epizod emas, balki barqaror trendni ko‘rsatuvchi ramziy chegaradir.



Bugun “VEON Group” (“Beeline Uzbekistan”ning ona kompaniyasi) 2020 yil II chorakdagi operatsion va moliyaviy faoliyati yakunlarini e'lon qildi. Ekspertlar taxmin qilganlaridek, “Unitel” MChJ abonent bazasi kamayishda davom etgan: “Beeline”ga  ulangan SIM-kartalar soni ketma-ket o‘ninchi chorakdan beri kamayib bormoqda.

Biroq, agar o‘tgan yil boshiga qadar salbiy dinamika uzoq vaqt bir chorakda 50-100 mingtadan oshmagan bo‘lsa, 2019 yil martdan boshlab bu son uch barobarga o‘sdi. Bir yilgina oldin “Beeline” 8 669 199 nafar kishiga xizmat ko‘rsatgan bo‘lsa, bugunga kelib bu raqam bor-yo‘g‘i 7 091 302 nafarni tashkil qilmoqda.
 
Tahririyatning “Unitel”dagi manbalari tanazzulning asosiy sabablari qatorida boshqaruvdagi inqirozni va marketologlarning, ovozli xabar va internetdagi raqobatbardosh tarif rejalari zarariga, ko‘proq qo‘shimcha digital-servislarga e'tibor qaratganliklari o‘zini oqlamaganligini keltirmoqdalar. Keyingi oylarda “sariq-qora”lar o‘zlariga xos bo‘lmagan “yetib oluvchi” rolini o‘zlashtirishga – o‘z narx takliflarini raqobatchilar yangiliklariga moslashtirib borishga majbur bo‘ldilar, bu esa yakuniy natijaga ta'sir ko‘rsatmay qolmadi. Shubhasiz, COVID-19 avj olishi tufayli “Beeline” call-markazining yopilishi bilan bog‘liq ommaviy mojaro ham izsiz o‘tmadi, lekin keskin tanazzulning asosiy omili “Unitel”ning past daromadli deb hisoblash urf bo‘lgan abonentlarga munosabati bo‘ldi. Bu haqda, jumladan, o‘tgan yil noyabrda “VEON” strategiya bo‘yicha direktori Aleksandr Kazbegi ochiq-oydin bayonot bergandi va kompaniya, qaysidir ma'noda, “past darajada”gi ayrim abonentlarini ongli ravishda qo‘ldan chiqarganligini aytgandi.

Nima bo‘lganda ham, bularning bari “Unitel” korporativ hisobotidagi navbatdagi raqamlar to‘plamigina bo‘lishi mumkin edi, ammo tahririyatimiz o‘z ma'lumotlarini bunchalik muntazam chop etmaydigan boshqa GSM-operatorlarga oldindan murojaat qilishga qaror qildi. Birinchi qo‘llardan axborotga ega bo‘lgan “UZZOOM” ekspertlari “Beeline” ko‘rsatkichlarining apreldan iyunga qadar pasayishi kompaniyani ko‘p yillik yetakchilikdan mahrum qilgan omil bo‘lganligini aniqladilar.

“Ucell” taqdim etgan axborotga ko‘ra, ushbu operatorning abonentlar bazasi 7 940 000 nafarni tashkil qiladi, bu “binafsharang”larni mijozlar soni bo‘yicha birinchi o‘ringa olib chiqadi.  Avvalda ham “Ucell” qisqa muddat shunday natijaga erishgandi – bu hali u “TeliaSonera” korporatsiyasining bir qismi ekanligi davrida, 2012 yilda – MTS inqirozi ketidan ro‘y bergandi. Biroq, qayd etish kerakki, mana bir yarim yildan beri “Ucell” davlat operatori sanaladi va bu, kamida, telekommunikatsion tarmoqdagi davlat boshqaruvi samaradorligiga nisbatan an'anaviy salbiy qarashlarni o‘zgartirishga majbur qiladi.

“Uzmobile” rivojlanish dinamikasi ham shuni ko‘rsatadi: yarim yillik yakunlariga ko‘ra “O‘zbektelekom” GSM-bo‘linmasining abonentlar bazasi 5 850 000 dona SIM-kartani tashkil qildi. Shu tariqa, “Uzmobile” tarmoq uchun rekord bo‘lgan o‘sish sur'atini namoyish etmoqda va shu sur'atni saqlab qolsa, u yil oxiriga borib “Beeline” bilan bozordagi ulush hajmi bo‘yicha ikkinchi o‘rin uchun kurashishi mumkin bo‘ladi.

3 000 000 abonentga ega “Mobiuz” alohida e'tiborga loyiq. Ekspertlar bu operatordan yetakchilik uchun poygada ishtirokni emas, balki oldinroq e'lon qilingan strategiyani amalga oshirishni – raqamli davlat xizmatlarini rivojlantirish va respublikani tezkor mobil internet bilan qoplashni kutadilar.

Quvonarlisi shundaki, O‘zbekiston uyali aloqa bozori yana yuqori raqobatli bo‘lmoqda – bu, hech bo‘lmasa, yangi va qiziqarli servislar joriy etilishiga, 5G standarti ishga tushirilishining yaqinlashuviga, narxlar pasayishiga va iste'molchi e'tibori uchun kurashning boshqa maftunkor jihatlarini ko‘rishga umid uyg‘otadi.

Manbaa: https://uzzoom.uz/posts/105-ucell-abonentlar-soni-boyicha-beelinedan-ozib-ketdi-video
Video: https://www.youtube.com/watch?time_continue=8&v=bVlr-1JPNTA&feature=emb_logo

Yangiliklar

Kompaniya hayotidan olingan voqea va hodisalar

Karyera

Katta oilaning bir qismi bo'ling!

Ofislarimiz va dilerlarimiz manzillari

Ucellning barcha ofislari Sizning xizmatingizda!

Firibgarlikning oldini olish va Speak-up tarmog‘i

Sifatli aloqa va raqamingiz xavfsizligi!

Biz bilan bog'lanish

Ucell bilan bog'lanish

Ushbu saxifada sizga ko'rsatilayotgan xizmatlar sifati borasida o'z fikr va muloxazalaringizni bildirish, hamda sizni qiziqtirayotgan savollarga javob olishingiz mumkin.

Ko'p so'raladigan savollarga javoblarni www.ucell.uz, saytida va «FAQ» bo'limida ham topishingiz mumkin.


Sizlardan Kompaniyaga murojaat etganingizda muloqotda axloq me’yorlariga amal qilishingizni so‘raymiz. Aks holda Kompaniya bunday murojaatlarni ko‘rib chiqmaslik huquqiga ega bo‘ladi.

Xabar qoldiring:

* bilan belgilangan joylar to’ldirilishi shart
Parolni olish uchun kiritilgan telefon raqamidan *233# raqamiga qo’ng’iroq qiling va ushbu yerga kiriting
Xabar uzunligi - 512 simvol.

Diqqat!

  • O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga binoan, zarur bo'lgan vaqtda, xizmat ko'rsatish, aloqa qamrovi va qo'shimcha xizmatlarga tegishli bo'lgan murojaatlarni ko'rib chiqish vaqti 30 kalendar kunigacha yetishi mumkin;
  • “Ucell bilan bog'lanish” formasi yordamida bir kun ichida maksimal murojaat etishlar soni 5 tagacha cheklagan;
  • “Ucell bilan bog'lanish” formasidan barcha Internet foydalanuvchilari foydalanishlari mumkin.