Kompaniya haqida
Matbuot ofisi
Andijon shahrida “Ucell — Quvonch Makoni” bolalar maydonchasi foydalanishga topshirildi!
11MAR2016

Andijon shahrida “Ucell — Quvonch Makoni” bolalar maydonchasi foydalanishga topshirildi!

Ucell mobil aloqa operatorining yirik ijtimoiy tashabbuslaridan biri O‘zbekiston ahlini quvontirishda davom etmoqda. Barcha uchun qadrli Navro‘z bayrami tantanalari arafasida kompaniya o‘zining yosh do‘stlarini xursand qildi.
 
Alohida qayd etish joiz, Andijon shahridagi “Ucell — Quvonch Makoni” loyihasi shahar aholisi uchun yagona sovg‘a bo‘lgani yo‘q. “Sog‘lom ona va bola yili” Davlat dasturi doirasida, Andijon viloyati hokimligi ham loyihada qatnashdi va hamjihatlikdagi mehnat samarasi o‘laroq 2-kichik tumanda yangi basketbol maydonchasi ham foydalanishga topshirildi, shuningdek, oilaviy dam olib, hordiq chiqarish uchun mo‘ljallangan hudud obodonlashtirildi.
 
Rodiсa Verbeniuc, Ucell Kompaniyasining Korporativ aloqalar bo‘yicha Direktori shunday deydi: “Umumiy konsepsiyaga qaramay, har bir “Ucell — Quvonch Makoni” loyihasi o‘z ruhi va takrorlanmas o‘ziga xosligiga ega. Bugun Andijon shahrida haqiqiy bayram! Sog‘lom avlodni voyaga yetkazish uchun yangi maydonchalar foydalanishga topshirildi, bayramona sumalak esa alohida sovg‘a bo‘ldi. Shu munosabat bilan, mahalliy ma’muriyat va aholining bahamjihat, do‘stona, oilaviy faoliyatini alohida qayd etib o‘tish joiz. Andijon shahridagi bolalar uchun uyushtirilgan bugungi bayram — bunga yorqin dalildir”.
 
Maydonchaning ochilishini sabrsizlik bilan kutayotgan edim. Quruvchilar qanday ish olib borayotganini ko‘rib, kun sanadim. Bu maydoncha aynan bizning hovlimizda qurilganidan juda xursandman. Endi bizning bolalar maydonchamiz ham, basketbol va voleybol o‘ynash uchun alohida maydonimiz ham bor”, — dedi faxr va iftixor bilan 8 yoshli Rustam. U birinchilardan bo‘lib yangi arg‘imchoqlarda uchib ko‘rdi.
 
Endi farzandlarimizning yoqimli, eng muhimi, xavfsiz hordiq chiqarishidan xavotirlanmasak ham bo‘ladi. Biz bunday maydoncha, bunday ilg‘or texnologiyalar haqida faqat orzu qila olardik, xolos, — deydi andijonlik Maqsud va Nurangiz Ismoilovlar.Biz qo‘shni uyda istiqomat qilamiz. Hovlimizda bolalar ko‘p va ular bunday sovg‘adan juda ham mamnun”.
 
Bundan tashqari, Andijonda istiqomat qiluvchi Maftuna G‘ulomovaning fikricha, bolalar maydonchasi va uning atrofidagi obodonlashtirilgan hududda oilaviy dam olish uchun munosib sharoitlar yaratilgan.
 
Hozirgacha “Ucell — Quvonch Makoni” loyihasi doirasida 10 ta bolalar maydonchasi foydalanishga topshirildi. Mazkur ijtimoiy loyihani amalga oshirar ekan, Ucell bolalarning faol hordig‘i xavfsiz va himoyalangan bo‘lishiga alohida e’tibor qaratmoqda. Har doim — maydoncha uchun joy tanlashda, qurilish davomida, o‘yin va sport uskunalarini sotib olishda aynan shu omil asos birlamchidir.
 
Navbatdagi bolalar maydonchalari Namangan, Surxondaryo viloyatlarida va Toshkent shahrida foydalanishga topshiriladi. Ucell’ning ijobiy tashabbuslari davom etadi va O‘zbekiston aholisini o‘z loyihalari bilan xursand qiladi.
 
Ucell kompaniyasi qurilish bo‘yicha o‘z hamkori — Infranet Asia kompaniyasiga, shuningdek, Andijon viloyati hokimligiga alohida minnatdorchilik izhor qiladi.
Raqam tanlash

Istalgan telefon raqamni tanlang va band qiling!

Karyera

Katta oilaning bir qismi bo'ling!

Ofislarimiz va dilerlarimiz manzillari

Ucellning barcha ofislari Sizning xizmatingizda!

Firibgarlikning oldini olish va Speak-up tarmog‘i

Sifatli aloqa va raqamingiz xavfsizligi!

Biz bilan bog'lanish

Ucell bilan bog'lanish

Ushbu saxifada sizga ko'rsatilayotgan xizmatlar sifati borasida o'z fikr va muloxazalaringizni bildirish, hamda sizni qiziqtirayotgan savollarga javob olishingiz mumkin.

Ko'p so'raladigan savollarga javoblarni www.ucell.uz, saytida va «FAQ» bo'limida ham topishingiz mumkin.


Sizlardan Kompaniyaga murojaat etganingizda muloqotda axloq me’yorlariga amal qilishingizni so‘raymiz. Aks holda Kompaniya bunday murojaatlarni ko‘rib chiqmaslik huquqiga ega bo‘ladi.

Xabar qoldiring:

* bilan belgilangan joylar to’ldirilishi shart
Parolni olish uchun kiritilgan telefon raqamidan *233# raqamiga qo’ng’iroq qiling va ushbu yerga kiriting
Xabar uzunligi - 512 simvol.

Diqqat!

  • O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga binoan, zarur bo'lgan vaqtda, xizmat ko'rsatish, aloqa qamrovi va qo'shimcha xizmatlarga tegishli bo'lgan murojaatlarni ko'rib chiqish vaqti 30 kalendar kunigacha yetishi mumkin;
  • “Ucell bilan bog'lanish” formasi yordamida bir kun ichida maksimal murojaat etishlar soni 5 tagacha cheklagan;
  • “Ucell bilan bog'lanish” formasidan barcha Internet foydalanuvchilari foydalanishlari mumkin.